Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
-rasm. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari
Download 82.5 Kb.
|
Urinov O. sug\'urtaiqt.davlat.tom. mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning hozirgi bosqichiga xos xususiyatlar va tamoyillar.
1-rasm. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘’lab o‘rta va yirik korxonalar aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari Respublika qimmatli qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki aktsiyadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari bar’o etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan mablag‘larini o‘ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini ‘asaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag‘larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni tahkidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil koo‘erativlar, shirkatlar, mashuliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik va o‘rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi. Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan obhektlar ro‘yxatiga kirmagan barcha obhekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish mahsulotlarining 95 foizdan ortiqrog‘i davlatga qarashli bo‘lmagan sektorga to‘g‘ri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolarning shaxsiy mulki bo‘lib qoldi. Xususiylashtirish jarayonlarining to‘rtinchi bosqichi (1998-2003 yillar)ning asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni yo‘naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi. 2.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning hozirgi bosqichiga xos xususiyatlar va tamoyillar. Xususiylashtirishning hozirgi bosqichiga xos xususiyatlar va tamoyillar: • xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilishga doir qonunchilikni yanada mustahkamlash; • xususiylashtirish ishlariga nisbatan munosabat va yondashuvlarni tubdan oʼzgartirish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga qarashli korxonalarning aktsiyalarini kimoshdi savdosiga qoʼyish; • davlat mulkini xususiy investorlarga sotish samarasini taʼminlashda investorlarning korxonalarni rivojlantirishga qaratilgan investitsiya majburiyatlari bilan jalb etilishi ustuvorligi; • zarar koʼrib ishlayotgan, past rentabelli, istiqbolsiz davlat korxonalari va ulardagi davlat ulushini investitsiya majburiyatlari evaziga nolga teng xarid qiymati boʼyicha xususiy mulkka sotish. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mexanizmini takomillashtirish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 iyuldagi “2007-2010 yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish boʼyicha choralar toʼgʼrisida”gi PQ-672 sonli Qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrda “Iqtisodiyot real sektori korxonalari moliyaviy barqarorligini yanada oshirish boʼyicha choralar toʼgʼrisida”gi PF-4053-sonli Farmoni, 2008 yil 24 apreldagi “Baholash tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ularning koʼrsatiladigan xizmatlar sifati uchun masʼuliyatini oshirish toʼgʼrisidagi PQ-843-sonli Qarori qabul qilingan. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 yanvardagi “Davlat aktivlarini sotish mexanizmini takomillashtirish boʼyicha choralar toʼgʼrisida”gi 27-sonli Qarori bilan “Birja savdolarida davlat aktivlarini sotish tartibi toʼgʼrisida”gi va “Birjadan tashqari savdolarda davlat aktivlarini sotish toʼgʼrisida”gi tartiblar tasdiqlangan. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi PQ-843-sonli Qaroriga binoan Davlat mulk qoʼmitasi BMT Rivojlanish dasturi bilan “Oʼzbekiston Respublikasida baholash metodologiyasi va amaliyotini rivojlantirishni qoʼllab-quvvatlash” loyihasi amalga oshirish boʼyicha shartnoma imzolangan. Ushbu loyiha doirasida Oʼzbekiston Respublikasining uchta milliy standarti, yaʼni “Xususiylashtirish maqsadida mulkning qiymatini baholash”, “Biznes qiymatini baholash”, “Koʼchmas mulk qiymatini baholash”standartlari Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligida roʼyxatdan oʼtkazildi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 102-sonli Qaroriga binoan Davlat mulkini ijaraga berish markazlari tashkil etildi. Ushbu markazlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilangan: - davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish; - ijaraga berilayotgan davlat mulki hamda uni ijaraga berishdan tushadigan mablagʼlarni hisobga olish va manitoringi olib borish; - ijaraga beriladigan davlat mulki boʼyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish; - ijara obʼektlaridan maqsadli foydalanish va ularning saqlanishini, shuningdek, ijara toʼlovi oʼz vaqtida va toʼliq toʼlanishini nazorat qilish; - ijaraga beriladigan davlat mulkini har choraklik asosda xatlovdan oʼtkazish; - foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi toʼgʼrisidagi eʼlonlar va ijaraga berilayotgan davlat mulki roʼyxatini respublika va viloyat davriy nashrlarida hamda Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʼmitasi, monopoliyadan chiqarish, raqobatni rivojlantirish davlat qoʼmitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida har chorakda eʼlon qilish. Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling