Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish


Kurs ishining obyekti va predmeti


Download 0.66 Mb.
bet2/16
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1568137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Academic Paragraph Structure

Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishining obyekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi bozor qitisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sohasidagi amaliy islohotlar hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlari ishtrokchilari va davlatning bozor munosabatlarini tartibga solishdagi ahamiyati hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishiga maqsadi zamonaviy bozor tizimini chuqur o’rganib uni O’zbekiston bozor tizimiga joriy qilish uchun ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun kurs ishida quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, maqsadi va vazifasi

  • Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari

  • O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari

  • O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan choratadbirlar va kelgusida amalga oshirilishi belgilangan rejalar

Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borgani sari ijtimoiy siyosiy sohalarda davlatning ro’li pasayib boradi. Shu sababli ham iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning vazifasi muhum ahamiyat kasb etadi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiy funksiyalari mavzusiga doir bir qancha o’zbek va jahon iqtisodchilar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Bular Malikov T.S2,Tojiboyeva D3,Abdurahmonov Q.X4, Hamroyev O.H5, H.Abulqosimov 6. Shu jumladan bir qancha iqtisodiy maqola va internet saytlarida journalist va iqtisodchilar fikrlari inobatga olindi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi tarkibiy jihatdan kirish, ikkita bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.


1 Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalar
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish haqida ko’plab iqtisodchilar turli fikrlarni bildirganlar. Ya’ni, bozorning kamchiliklari, uning ko’plab iqtisodiy muammolarni hal eta olmaslik holatini ko’rsatadilar. Bular ma’lum ma’noda to’g’ri bo’lsada, biroq, iqtisodiyotga davlat ta’sirining obektiv zarurligini eng avvalo ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning obektiv asosi bo’lib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi. Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o’zaro aloqasi va o’zaro bog’liqligi yanada kuchayadi;
-ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasia alohida xo’jalik birliklarining mayda bo’laklarga ajralib ketish holatlari barham topadi;
-ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to’planuvi jarayoni o’sadi; -turli iqtisodiy mintaqalar o’rtasidagiiqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi jadallashadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling