Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Download 3.9 Mb.
bet16/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning natijalari



O’zbekiston Respublikasi islohatlarining iqtisodiy, sotsial va ijtimoiy natijalari, umuman ijobiy bo‘lib, ularning jaxon miqyosida tan olinishi.
Respublika islohatlarining iqtisodiy natijalari:
-bozor munosabatlariga o‘tish davrida iqtisodiy inqirozning qiyinchiliklariga qaramasdan, bu davrda respublikada ijtimoiy ishlab chiqarishni xaddan tashkari orqaga ketishiga yo‘l quyilmaganligi;
-xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga yega bo‘lgan qurilish, yenergetika, yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarini to‘xtovsiz rivojlanishini ta’minlanishi;
-neft va don bo‘yicha respublikaning mustaqilligini ta’minlanishi;
-o‘tish davrining qiyinchiliklariga qaramasdan respublika aholisi turmush darajasini xaddan tashkari pasayishiga yo‘l qo‘yilmaganligi;
-xalq xo‘jalik moliyaviy xolatini yaxshilash- olingan foydani ko‘payishi, zarar ko‘radigan korxonalar sonini kamayishi, inflyatsiya sur’atlarini qisqartirilishi, davlat byujeti kamomadini optimallashtirilishi;
-respublika eksportini import ustidan ustivorligini ta’minlanishi va umuman respublika tashki iqtisodiy aloqalarini rivojlanishi;
-respublika xalq xo‘jaligini barkarorlanishi, iqtisodiy inqirozdan chiqish va respublika ijtimoiy ishchlab chiqarish taraqkiyotini ta’minlash;

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ko‘plab mamlakatlarni, jumladan, rivojlangan davlatlarni tang ahvolga solib qo‘ydi. Xalqaro ekspertlar va iqtisodchilar o‘z tahlil va xulosalarida inqirozning dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga og‘ir ta’siri tobora pasayib borayotganini qayd etsa-da, aksariyat davlatlarda ishsizlar soni hamon oshayotgani, aholining xarid qobiliyati esa pasayib, dong‘i chiqqan kompaniyalar o‘z korxonalarini yopayotgani haqidagi xabarlar kamaymayotir.


Mana shunday murakkab sharoitda yurtimizda iqtisodiy barqarorlik, yuksalish sur’atlari izchil davom etmoqda. Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida mamlakatimizni rivojlantirish, yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha tanlagan strategiyamizni va Inqirozga qarshi choralar dasturimizni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iktisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, xalqimizning moddiy farovonligini yuksaltirishga erishganini alohida ta’kidladi.
Kutilganidek, 2009 yil yakunlariga ko‘ra, O’zbekiston MDXda eng yuqori iqtisodiy o‘sishga erishdi. MDH davlatlararo statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlar tahlil qilinsa, o‘tgan yili Hamdo‘stlikda iktisodiy o‘sish qayd etilgan kamsonli davlatlar bilan solishtirganda ham mamlakatimiz erishgan natija sezilarli darajada yuqoridir. (1-jadval)
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2015 yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 8,1 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 9 foizga ko‘paydi,qishloq xo‘jaligidagi o‘sish 5,7 foizni tashkil etdi, chakana savdo aylanmasi 16,6 foiz, aholiga pullik xizmat ko‘rsatish 12,9 foizga oshdi. Aholining real daromadlari esa 26,5 foizga, oylik ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar o‘rtacha 40 foizga oshgani qayd etildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘tgan yili iqtisodiyotga investitsiyalar kiritish hajmi 8,2 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2008 yilga nisbatan 24,8 foizdan ko‘p demakdir. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 68 foizga o‘sdi, eng muhimi, ularning asosiy qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilgan investitsiyalar bo‘lib, ularning hajmi 1,8 barobar oshdi. Eksport hajmi esa 2,4 foizga ko‘paydi.
Mamlakatimizda inflyatsiya darajasi 7,4 foizni tashkil etib, 2009 yil uchun belgilangan prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmadi. 2002 yilda bu ko‘rsatkich 21,6 foizni tashkil qilgan edi (2-grafik).



Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling