Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi
– Ma’ruza. Iqtisodiy rivojlanishning nazariy asoslari
Download 3.9 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
2 – Ma’ruza. Iqtisodiy rivojlanishning nazariy asoslari.
Reja: Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari Iqtisodiy o‘sishning omillari Iqtisodiy o‘sish modellari Mamlakatimizda 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirish asosida iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash Tayanch so’z va iboralar: iqtisodiy o’sish, iqtisodiy o’sish modellari, iqtisodiy o’sish omillari. 1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot hajmining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari har bir birligi hisobiga o‘sishi, sifatining yaxshilanishi va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi. Iqtisodiy o‘sishni YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda biron bir mamlakat iqtisodiy o‘sishini YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali o‘lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi. Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko‘rsatkichlar (real YAIM va aholi jon boshiga real YAIMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YAIM va aholi jon boshiga YAIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof-muhitga va inson hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi. SHunga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning barcha tavsifi yillik o‘sish sur’atlarining foizdagi o‘lchovida to‘liq o‘z ifodasini topadi: , bu erda: O‘S – iqtisodiy o‘sish sur’ati, foizda; YAIMbazis davr – taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YAIM hajmi; YAIMjoriy davr – joriy davr (yil)dagi real YAIM hajmi. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar natijasida 1996 yildan boshlab oldingi yilga nisbatan, 2001 yildan boshlab esa 1991 yildagi darajaga nisbatan YAIM hajmining barqaror ravishda o‘sishiga erishildi. Investitsiya tovarlari 0 Y2000 Y2008Iste’mol tovarlari Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling