Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


-2020 yillarda Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturida ko‘zda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishiga erishish istiqbollari


Download 3.9 Mb.
bet82/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

2017-2020 yillarda Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturida ko‘zda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishiga erishish istiqbollari

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

hisobot

baho

Prognoz

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

YAlpi hududiy
mahsulot (YAHM)

mlrd. so‘m

21 812,1

26 648,7

29 233,6

32 127,8

35 372,7

39 016,0

43 034,7

O‘tgan yilga nisbatan
o‘sish sur’ati

foiz

111,8

111,6

109,7

109,9

110,1

110,3

110,5

YAHM tarkibi:

























Tarmoqlarda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ)

foiz

86,6

85,5

85,6

85,8

86,0

86,2

86,4

Mahsulot va eksport-import operatsiyalaridan olingan sof soliqlar

foiz

13,4

14,5

14,4

14,2

14

13,8

13,6

Tarmoqlarda yaratilgan YAQQ tarkibi

foiz

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Sanoat (shu jumladan, qurilish)

foiz

38,3

36,0

36,1

36,6

37,1

37,6

38,1

Sanoat

foiz

29,9

29,7

30,0

30,6

31,2

31,8

32,4

Qurilish

foiz

8,4

6,3

6,1

6,0

5,9

5,8

5,7

Xizmatlar

foiz

61,7

64

63,9

63,4

62,9

62,4

61,9

Savdo, yashash va oziq-ovqat bo‘yicha xizmatlar

foiz

18,6

16,2

16,3

16,4

16,5

16,6

16,7

Tashish va saqlash, axborot va aloqa

foiz

18,1

15,3

15,4

15,5

15,6

15,7

15,8

Qolgan xizmatlar turi

foiz

25,0

32,5

32,2

31,5

30,8

30,1

29,4

Izoh: 2016 yilda Toshkent shahar hududiy eksport dasturi doirasidagi vazifalar bo‘yicha 2016-2020 yillardagi prognoz ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan.
Manba: Toshkent shahar hokimiyati ma’lumotlari asosida
Olmazor tumanidagi texnopark metallarni qayta ishlash texnologiyasi, energiya tejamkorligi, muqobil energiya manbalari va elektron o‘lchov asboblari, robot-texnikasi, mashinasozlik va elektronikani rivojlantirishga xizmat qiladi.
Innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, ichki va tashqi bozorda talab katta, yuqori texnologiyali, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun etakchi sanoat va kichik innovatsion korxonalar tashkil etish ularning asosiy vazifalari sirasiga kiradi. Bundan tashqari, ular zamonaviy xorij texnologiyalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilarga joriy etish, ushbu maqsad uchun yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etishga qodir mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etish bilan ham shug‘ullanadi89.
Texnoparklar zimmasiga ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalar samaradorligini oshirish uchun oliy ta’lim muassasalari, akademik fanlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zaro uzviy aloqani yo‘lga qo‘yish, ushbu maqsadda olimlar, yuqori malakali mutaxassislar, amaliyotchilar hamda talabalarni jalb etish vazifasi ham yuklatilgan. Texnopark qatnashchilari er solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslarning mulk solig‘i, ijtimoiy infrastrukturani obodonlashtirish va rivojlantirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod etiladi.
14-jadval
Navoiy viloyatida asosiy xomashyo resurslarini qazib olish prognozlari
(ming tonna)90

T/r

Mineral xomashyo
turi

2015 yil fakt

2016 yil
baho

Prognoz

2017
yil

2018 yil

2019 yil

2020
yil

Tog‘ kon xomashyolarni qazib olish

1.

Bazalt

0,6

0,6

0,7

0,7

0,7

0,8

2.

Bentonitli gil

22,1

23,2

24,3

25,5

26,8

28,1

3.

Granit

0,3

0,5

0,5

0,6

0,6

0,7

4.

Kvars jilasi

0,0

3,7

3,9

4,1

4,3

4,5

5.

Kvarsli qum

87,7

53,7

53,8

53,9

54,0

54,1

6.

Gips

238,6

222,2

221,6

221,6

221,6

221,6

7.

Diabaz

1 217,7

967,8

934,4

942,7

929,9

904,0

8.

Lyossimon jinslar

10,4

10,9

11,5

12,0

12,6

13,3

9.

Marmar

22,9

25,0

26,5

28,0

29,7

31,5

10.

Marmarlashgan ohaktosh

0,0

0,1

0,6

0,7

0,7

0,7

11.

Mineral tuz

46,3

52,9

55,4

57,9

60,6

63,4

12.

Ohaktosh

4 941,1

5 006,4

4 983,4

5 130,4

5 185,5

5 185,1

13.

Slanets

302,1

365,4

354,9

365,0

363,5

354,6

14.

Tabiiy qum

35,4

37,2

39,0

41,0

43,0

45,2

15.

Tuffit

0,0

123,3

203,0

217,5

232,0

246,5

16.

Fosforit rudasi

1 347,2

1 347,2

3 100,5

3 100,5

3 500,8

6 000,2

Manba: Navoiy viloyatini 2017-2020 yillarda kompleks rivojlantirish dasturida belgilab o‘tilgan ko‘rsatkichlar asosida keltirilgan.
Innovatsion texnoparklar xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sub’ektlari faoliyati rivojida ahamiyatli tomoni shundaki, aynan ushbu soha vakillari tomonidan yangi fikrlar tashabbusi natijasida innovatsion ishlanmalarni joriy etish orqali ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni diversifikatsiya qilishda ustivor ahamiyatga ega.
Respublikamiz iqtisodiy tarmoqlarida amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida o‘tgan 2014-2015 yillar oralig‘ida yalpi hududiy sanoat mahsulotining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari kamayib borish dinamikasiga ega bo‘ldi. Xususan, bu ko‘rsatkich 2014 yildagi 111,8 %dan, 2015 yilda 111,6 % gacha kamaydi (13-jadval). Deyarli bu pasayish dinamikasi asosan sanoat tarmoqlari hisobiga yuzaga kelgan.
SHiddatli raqobat muhiti sharoitida jahon mamlakatlari iqtisodiyotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar aynan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga tez fursatlarda yangi innovatsion texnologiyalarning kirib kelishi va rivojlanishi, mehnat bozori, tovar va xizmatlar bozoridagi raqobatning kuchayishi, har bir faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektidan ishlab chiqarishni tarkiban yangilash, modernizatsiya qilish, tarmoqlarda diversifikatsiyani to‘g‘ri amalga oshirgan holda ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Dunyo amaliyotida o‘zini oqlagan boshqaruv usullarini rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo‘li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirishni taqozo etmoqda.
Navoiy viloyati sanoatlashgan hududlardan biri bo‘lib, aynan “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga asosan hudud erkin industrial-iqtisodiy zona aylantirildi.91 Ushbu Farmon ijrosi yuzasidan yangi ishlab chiqarish tarmoqlari va zamonaviy korxonalar bunyod etildi hamda xorijiy investorlarga soliq va boj to‘lovlari bo‘yicha strategik ahamiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar belgilab berildi. Xorijiy investorlarning hududga qiziqishi yillar o‘tgan sari ortib bormoqda va buning natijasida hududda yirik logistika markazlari tashkil etildi hamda qo‘shma korxonalar soni ortib borishi kuzatilmoqda. Hudud tabiiy va mineral xomashyo resurslariga boy bo‘lganligi bilan boshqa hududlardan ajralib turadi (3.5.4-jadval). Navoiy viloyatida asosiy xomashyo resurslarini qazib olish prognozlari bo‘yicha keltirilgan statistik ma’lumotlarga tahliliy yondashadigan bo‘lsak, 2017-2020 yillar davomida aynan sanoat va qurilish sohalari uchun zarur bo‘lgan mineral xomashyo resurslarini qazib olish hajmi ortib borishi jadvalda o‘z aksini topgan. 2017-2020 yillarda Nurota tumanida ham “Zafar granite mining” QK tomonidan granit toshni qayta ishlab, bardyur va zina ishlab chiqarish, loyiha qiymati 1,2 milliard so‘m loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
“SHu maqsadda kimyo sanoatini, rangli va nodir metallar, uglevodorod xomashyosi, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, to‘qimachilik, charm-poyabzal, farmatsevtika, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga qaratilgan 8 ta maxsus dastur qabul qilindi va amalga oshirilmoqda. YAqin besh yilda umumiy qiymati qariyb 40 milliard dollar bo‘lgan 657 ta investitsiya loyihasini amalga oshiramiz. Bu choralar sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,5 barobar ko‘paytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish yakuniga etkazildi”92. Albatta, bu kabi dasturlarni amalga oshirishda erkin iqtisodiy zonalarni ahamiyati katta.
SHuningdek, 2012 yil 13 dekabrdagi “Angren maxsus industrial zonani barpo etish to‘g‘risida” gi, 2013 yil 18 martdagi “Jizzax maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida"gi, 2016 yil 26 oktyabrdagi PF-4853-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi hamda 2017 yil 12 yanvar PF-4931-sonli “«Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari hududlarda ishlab chiqarishning yangi bosqichga o‘tishiga muhim poydevor qo‘ydi.
2016 yil 26 oktyabrdagi PF-4853-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bevosita hududlarda xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektorlariga investitsiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar uchun yagona huquqiy rejimni belgilash, soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalarni birxillashtirishga to‘rtki bo‘ldi93.
SHuningdek, hududlardagi mahalliy mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlaydigan va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yuqori texnologiyali va mahalliylashtiriladigan zamonaviy korxonalarni tashkil qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, erkin iqtisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini qo‘llab-quvvatlash va ularda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga zamin yaratadi.
Hududlarda yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarining samaradorligini oshirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hajmi oshishiga, aholining bandligi ortishiga erishiladi.
Hududlarda kichik sanoat zonalariga ularning ixtisoslashuvi natijasida resurs salohiyatidan oqilona foydalanish yaxshilanadi, hududning resurs salohiyatini inobatga olgan holda, ishlab chiqarishning to‘liq siklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish va ixtisoslashuvidan kelib chiqib joylashtirish mexanizmini takomillashtirishga erishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod SHavkat Mirziyoevning saylovoldi dasturida “CHuqur tahlillar asosida har bir hududning o‘ziga xos xususiyat va imkoniyatlari, talab va ehtiyojlarini inobatga olgan, har bir mahallani nazarda tutgan holda, 2017–2021 yillarda tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturlari qabul qilinadi. Bu dasturlarni amalga oshirish natijasida subvensiya oladigan 81 ta tuman moliyaviy jihatdan o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlaydigan hududga aylanadi, shuningdek, 41 ta tuman va shahar bo‘yicha subvensiya darajasi sezilarli ravishda kamayadi”– deb ta’kidlagan edi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi va «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilab berilgan talablardan kelib chiqib, tarmoqlar va xo‘jalik birlashmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda, birinchi navbatda, ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda amalga oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish dolzarb masala sifatida belgilangan. Viloyat va tumanlarda engil sanoatda 85 ta, charmpoyabzal sohasida 31 ta, qurilish materiallari ishlab chiqarishda 16 ta, oziq-ovqat sanoatida 78 ta, farmatsevtika sohasida 18 ta, elektrotexnika sanoatida 17 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan.
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish, hududlarda aholining o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini to‘liq qondirishga erishishga, hududiy korxonalar faoliyatiga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tadbiq etishga, hududiy raqobatdosh va xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga, hududlarda ishlab chiqarishni ixtisoslashuvni to‘g‘ri tashkil etish va ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishga, hududlarning tabiiy resurs salohiyatidan oqilona foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishga, hududlardagi mavjud mineral-xomashyo resurslari imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash va qazib olish hamda qayta ishlash borasida tejamkor texnologiyalarni joriy qilishga, hududlarda kichik sanoat zonalarini tashkil etish mexanizmini yanada takomillashtirish va ishlab chiqarishning to‘liq siklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini shakllantirishishga, hududlarda kichik sanoat zonalari hududida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini kengaytirishga, hududlarning turistik imkoniyatlarini qayta ko‘rib chiqish va xorijiy tajribalarga tayangan holda, yangi hamda zamonaviy yoshlarbop turistik zonalarni bunyod etish, ichki turizmni rivojlantirish borasida davlat dasturlarini keng joriy qilishga, hududlarda qishloq xo‘jaligini ustuvor rivojlantirish asosida sanoatni qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirishga va aholini sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilashga, hududlardagi mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlashga erishishga xizmat qiladi.



Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling