Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi
Respublika bo‘yicha mehnat bozori va aholi bandligito‘g‘risida ma’lumot
Download 3.9 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston 133693 124558
- Harakatlar strategiyasida m
- SHuningdek, Harakatlar strategiyasida o‘
Respublika bo‘yicha mehnat bozori va aholi bandligito‘g‘risida ma’lumot
(2016 yil)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi ma’lumotlari // www.mehnat.uz.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 20 apreldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 117-sonli qaroriga ilovada ishsiz darajasini baholash mezoni keltirilgan. Unga ko‘ra, respublikada ishsizlik darajasi (5,2foyzi) mo‘‘tadil hisoblanadi. Ammo respublikada ishsizlik darajasi birmuncha yuqori bo‘lgan, tog‘li, chegara oldi hududlarida joylashgan, ishlab chiqarish va ijtimoiy soha etarli darajada rivojlanmagan34 ta tuman mavjud. Mazkur tumanlarda ish o‘rni tashkil etishga aholi bandligini ta’minlash dasturlarini alohida e’tibor qaratilgan va 2017 yilda aynan shu tumanlarda 46,8 mingta ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan (4.1.2-rasm). YAngi ish o‘rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalarning ham o‘rni katta. Xususan, mamlakatimizda“Navoiy” “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi4931-sonli farmoni bilan «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi96. Bu iqtisodiy zonalarda meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga zamin yaratadi. Aytish joizki, 2017 yilda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining 508,8 ming nafar bitiruvchisini ishga joylashtirish mo‘ljallangan. YAqin kelajakda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: bitiruvchilarni biriktirish ishlarini puxta tashkil etish; bitiruvchilar bandligini ta’minlashda yangi samarali shakllar va uslublarni davom ettirish; bitiruvchilar bandligini ta’minlashda belgilangan imtiyozlardan kengroq foydalanish; bitiruvchilarga o‘z binesini tashkil etishlari uchun mikrokreditlar ajratish amaliyotini davom ettirish. Mehnat va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‘lgan tuman va shaharlar ro‘yxati aniqlanadi, unga muvofiq aholi bandligi dasturlarining manzilli ro‘yxatlari, kichik sanoat zonalari, xizmatlar sohasini rivojlantirish, chorvachilik, parrandachilik va issiqxona xo‘jaliklarini barpo etish, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun «start-ap» loyihalarini amalga oshirishga mikrokreditlar va lizing asosida ishlab chiqarish vositalarini ajratish ishlari amalga oshiriladi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘quv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan. SHuningdek, Harakatlar strategiyasida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo‘nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash imkonini beradi. Hududlarda aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish quyidagi sohalarda nazarda tutilgan: fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht etishtirish parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish ixcham issiqxonalar tashkil etish urug‘ va ko‘chatlar etishtirish Buning natijasida aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligi oshadi, ishlab chiqariladigan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi ko‘payadi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling