3. «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi. Qonun quyidagilarni nazarda tutadi:
xususiy sektorda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasi tuzish jarayonini soddalashtirish, muddatli mehnat shartnomasi tuzish asoslarini kengaytirish;
ishga olishning yangi shakllarini (bir martalik, soatbay), shuningdek, soatbay ish haqi to‘lash tartibini joriy etish;
xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagani, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, xodimni ijtimoiy sug‘urta qilish bo‘yicha talablarni buzgani uchun ish beruvchining javobgarligini kuchaytirish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mehnat stajini hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta to‘lovlari davriyligini ro‘yxatga olish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi ishlab chiqiladi va kiritiladi. Mazkur qaror mehnat stajini elektron tarzda ro‘yxatga olish hamda davlat ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarning yagona reestrini yuritishning imkonini yaratadi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nisbatan sust rivojlangan tumanlarning ishsiz yoshlarini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi (Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag‘lari hisobidan tashkil etilgan) kasb-hunarga o‘qitish markazlarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga qayta o‘qitish orqali ularning bandligi ta’minlanishi nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2012 yil 13 sentyabrdagi “Toshkent shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 270-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazida bugungi kunga qadar 2 ming nafardan ortiq band bo‘lmagan fuqarolar quyidagi yo‘nalishlarda kasb-hunarga qayta o‘qitilgan va to‘liq ishga joylashtirilgan:
“Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyalari” (tokarlar, frezerchilar, payvandchilar, metallga ishlov berish mutaxassislari);
“Elektronika va elektrotexnika” (elektron qurilmalar, maishiy elektron texnika, radio va teleapparatlarni ta’mirlash va servis xizmati ko‘rsatish mutaxassislari);
“Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish” (avtochilangarlar, motorchilar, avtotransport vositalarini diagnostika qilish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish);
“Axborot texnologiyalari va tizimlari” (kompyuterlarni dasturlash, kompyuter va boshqa tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash).
Do'stlaringiz bilan baham: |