Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Download 3.9 Mb.
bet92/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Erishiladigan natijalar:

  1. CHora-tadbirlar natijasida bolalar sportining ommaviyligi oshadi.

  2. Musiqa va san’at ta’limini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

Umuman, umumiy o‘rta ta’limi tizimi islohotlarini yanada demokratlashtirish tufayli chet tillar hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqur o‘rganish yoshlarning bilim va salohiyatini yanada oshirishga, mamlakatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Tizimda rahbar va pedagog kadrlarning masofadan malaka oshirishi bo‘yicha zamonaviy metodlar joriy etilgan. Birgina 2016 yilda 93 mingdan ortiq rahbar va pedagog kadrlar 140 ta malaka toifasi asosida o‘z mahoratini oshirdi.
Hozirgi kunda yurtimizdagi umumta’lim maktablarida 389 ming 740 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda. Jumladan, 2016 yilda o‘vituvchilar bilim darajasini o‘rganish bo‘yicha sinovlar o‘tkazildi. Jami 20 ming 119 nafar o‘qituvchidan 17250 (89,5 foizi) nafari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Qolgan 2869 nafar o‘qituvchi navbatdan tashqari malaka oshirish kurslarida o‘z bilimini oshirib bormoqda.
2017 yil 14 yanvarda bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida davlatimiz rahbari ta’lim-tarbiya tizimida o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligini qayd etdi. Ta’lim muassasalarida darslarni samarali tashkil etishda, etuk kadrlar bilan bir qatorda ta’limga doir me’yoriy hujjatlar, o‘quv-uslubiy ta’minotning o‘rni katta. Prezidentimiz tomonidan o‘qitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish, o‘quvchilarning ongli ravishda kasb-hunar tanlash ishtiyoqini kuchaytirish, darsliklarni yaratishga butunlay yangicha yondashish kabi dolzarb vazifalar aynan shu maqsaddan kelib chiqqan holda qo‘yilmoqda. Haqiqatan ham, globallushuv jarayonining jadallashuvi o‘quv dsaturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni, keng bilimga ega bo‘lgan, mantiqiy fikrlay oladigan yoshlarni voyaga etkazishga xizmat qiladigan, takomillashgan me’yoriy hujjatlar, o‘quv-metodik majmualarni yaratishni taqozo etmoqda.
Metodik xizmatning o‘qituvchi ehtiyojiga asoslangan yangi shakllarini yaratish, ta’lim sifatini baholash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish ham muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu kabi ishlarning yo‘lga qo‘yilishi ayni paytda aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan bir qator muammolarni, jumladan, o‘quv muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonidagi kamchiliklarning barham topishiga xizmat qiladi.
Maktab o‘quvchilariga chet tilini o‘rgatish borasida o‘ziga xos yondashuvlar tanlandi, xususan, bolalar chet tilini o‘rganish barobarida, milliy qadriyat va an’anlaramizga solishtirgan holda, tili o‘rganilayotgan xalq madaniyati bilan tanishadi. Darsliklarga o‘zbek hamda jahon adabiyoti ijodkorlari ijodidan namunalar ham kiritilganki, bu bolalarda mutolaa madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Kasb-hunar kolleji talabalarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish.2017-2021 yillardaamalga oshiriladigan tadbirlar tufayli mamlakatimizdagi 135 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi.So‘nggi yillarda kollej bitiruvchilari tomonidan o‘z biznesini tashkil etishga bo‘lgan intilish kuchayib borayotganini yaqqol kuzatish mumkin. Bitiruvchilarning o‘z biznesini tashkil etish istagi oshib borishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda:

  1. Kollejlarda ta’lim-tarbiya ishi zamon talablari darajasida tashkil etilayotgani, o‘quv ustaxonalarining sohaga oid eng ilg‘or vositalar bilan jihozlangani natijasida bitiruvchilarda o‘zi tanlagan mutaxassislik bo‘yicha etarli bilim va kasbiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkoni kengayib bormoqda.

  2. Kichik biznes va tadbirkorlikdavlat tomonidan har tomonlama qo‘llab quvvatlamoqda.

  3. Bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida hududlarda “Mikrokreditbank”, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” YOIH bilan hamkorlikda “YOsh tadbirkoryurtga madadkor”, “Mening biznes g‘oyam” kabi mavzularda turli seminarlar va ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda.

  4. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar berilmoqda.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasiga davlat rahbarining bevosita jon kuydirishi bejiz emas. Bu - mamlakat ertasining hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlar hayoti, qolaversa, ularning ortida turgan odamlar, oilalar taqdiriga daxldor bo‘lgan masaladir.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining korxonalarni tanlashi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida amalga oshirilmoqda:

  • bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi;

  • o‘quvchi va talabalar uchun ish o‘rinlarini tashkil etish imkoniyatining mavjudligi;

  • mehnat bozorida raqobatdosh, yuqori talabga ega mutaxassislikka o‘rgatish imkoniyatining mavjudligi;

  • doimiy ish o‘rniga qabul qilish imkoniyatining mavjudligi;

  • kasb-hunar o‘qitish, malaka oshirish sharoitlarining mavjudligi.

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” kichik biznes su’bektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bankning o‘z mablag‘lari hisobidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga 26,6 millard so‘m miqdorida kredit va mikrokreditlar taqdim etdi (“Xalq so‘zi”, 2017 yil 26 yanvar). (4.4.4-rasm)

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling