Iqtisodiyotni modernizatsiya sharoitida tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish istiqbollari


Kichik biznes faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari


Download 281.74 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi281.74 Kb.
#1488699
1   2   3   4
Bog'liq
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYA SHAROITIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI.

1.2. Kichik biznes faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining mamlakat iqtisodiyoti rivojida naqadar muhim ekanini yuqorida ko’rib o’tdik. Endigi masala kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy va huquqiy asoslari bilan tanishib chiqish. Kichik biznes faoliyatining tub mohiyati tadbirkorlik faoliyatiga borib taqaladi. “Tadbirkorlik faoliyati - tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” 11.
Mikrofirma va kichik korxonalar kichik biznesning asosiy sub’ektlari hisoblanadilar. Kichik biznesning ushbu sub’ektlari mamlakatimiz qonunchiligida ishchilar soniga ko’ra guruhlanadilar.
Bunday tartib mustaqillikning ilk yillaridan boshlab qonunchilikda belgilab qo’yilgan. Iqtisodiyotda band bo’lgan aholi sonining o’sishi sayin mikrofirma va kichik korxonalarda ishchilar soni ham ortmoqda. Quyidagi jadvalda mikrofirma va kichik korxonalarning ishchilar soniga ko’ra tasniflanishi ko’rsatilgan.
Ushbu qonuning 5-moddasiga asosan kichik tadbirkorlik sub’ektlari: - yakka tartibdagi tadbirkorlar (hodim yollab ishlatish huquqiga ega emas) yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs tomonidan tadbikrolik faoliyatining amalga oshirilishi;

  • oilaviy tadbirkorlar;

  • dehqon xo’jaliklari;

  • fermer xo’jaliklari;

  • ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan hodimlarining o’rtacha yillik soni 20 kishidan oshmagan mikrofirmalar;

  • quyidagi tarmoqlarning o’rtacha yillik hodimlari soni : fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan sohalar - 25 kishidan; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kime sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari - 50 kishidan; yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati - 100 kishidan oshmagan kichik korxonalardir.

3-jadval

Faoliyat tarmoqlari

Ishchilar soni

1998 yil 1 iyuldan

2004 yil 1 yanvardan

Mirofirmada

Kichik korxonada

Mikrofirmada

Kichik korxonada

Yonilg’i, oziq-ovqat, metallni qayta ishlash va asbobsozlik,
yog’ochni qayta
ishlash, mebel va
qurilish materiallari sanoatida

10 kishigacha

40 kishigacha

20 kishigacha

100 kishigacha

Mashinasozlik, metallurgiya,
yoqilg’i-energetika, kimyo sanoati,
qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini
yetishtirish va qayta ishlash, qurilish va
boshqa sanoat ishlab chiqarish tarmog’ida

10 kishigacha

40 kishigacha

20 kishigacha

50 kishigacha

Qishloq xo’jaligi

10 kishigacha

20 kishigacha

10 kishigacha

50 kishigacha

Ishlab chiqarishni boshqa tarmoqlari

10 kishigacha

20 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Fan va ilmiy xizmat

5 kishigacha

10 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Noishlab chiqarish

5 kishigacha

10

10 kishigacha

25

tarmoqlari




kishigacha




kishigacha

Chakana savdo

5 kishigacha

10 kishigacha

5 kishigacha

25 kishigacha

Ulgurji savdo

5 kishigacha

10 kishigacha

5 kishigacha

25 kishigacha

Xizmat ko’rsatish tarmog’i

5 kishigacha

10 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Transport

5 kishigacha

10 kishigacha

10 kishigacha

25 kishigacha

Yuqoridagi jadvalda ko’rsatilishicha, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi 1987-sonli "Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga ko’ra mikrofirmalar va kichik korxonalarda ishlovchilar soni mos ravishda 5 kishidan 10 kishigacha va 10 kishidan 40 kishigacha faoliyatlar guruhlanar edi. Keyinchalik ushbu farmonga kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektor ulushini oshirish, ishlab chiqarish sohasida aholi bandligini to’laroq ta'minlash uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi 3305-sonli farmoniga asosan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilib, ishlovchilar soni 2-2,5 barobar oshirildi. Unga ko’ra, hozirda mikrofirmalarda, agar ular ishlab chiqarish tarmoqlarida faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, band bo’lgan hodimlarning o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yigirma kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan hodimlarning o’rtacha yillik soni ko’pi bilan o’n kishidan, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlarida esa band bo’lgan hodimlarning o’rtacha yillik soni ko’pi bilan besh kishidan oshmasligi lozim.
Xulosa
Mamlakatimizda xususiy sektorning ulushi tobora ortib bormoqda. Bu borada Respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlar samara berayotganligini ko’rib o’tdik.
Mavzuni o’rganish davomida olingan natijalarga ko’ra, olingan ilmiy xulosalar quyidagilardan iborat:

  1. Tijorat banklarining kichik biznesga berayotgan moliyaviy ko’maklarini yil sayin kengaytirib borish iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini orttirishga qaratilgan tub islohotlar ko’rinishiga aylantiradi.

  2. Mavzuni o’rganish davomida shu narsa ayon bo’ldiki, tadbirkorlarning kredit olish uchun hujjatlarni yig’ish bilan bog’liq xarajatlarini kamaytirish, tijorat banklari kreditlarining jozibadorligini oshiradi.

  3. Joylarda aholining yangi mahsulot turiga bo’lgan talabini aniqlash tizimini joriy qilib, shu mahsulotlarni ishlab chiharishga ixtisoslashgan kichik korxonalarga alohida imtiyozli kreditlar berishni kengaytirish kichik tadbirkorlikning tobora rivojlanishiga turtki beradi.

  4. Tijorat banklari lizing xizmatlarining rivojlanishi tadbirkorlarga zamonaviy uskunalarni sotib olishlarida soliq va bojhona imtiyozlarini qo’llashni kengaytirish tartibotlarida namoyon bo’ladi.

  5. Kichik biznes subektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq muammolarga barham berish eng avvalo huquqiy bazaning mukammal yaratilishi sharoitida erishiladi.

  6. Budjetdan tashqari jamg’armalarning davlat budjeti mablag’lari hisobidan subsidiyalanishi kichik biznesni kreditlashda mazkur jamg’armalarning hissasini orttiradi.

  7. Tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlarning qaytmaslik muammosi kreditlar birlamchi ta'minot asosida qaytarilish imkoniyatining oshishi natijasida hal etiladi.

  8. Kichik korxonalarda hisob yuritish bazasining mukammal ishlab chiqilishi bankdan olgan kreditlarni qaytarishga qulaylik yaratadi.

  9. Garov ta’minotini to’g’ri tan olish va uni baholash kreditlarni to’liq qaytarilishiga olib keladi.

  10. Jahon amaliyotida kreditlarni ta'minlashning qulay garov turlarini mamlakatimiz amaliyotiga qo’llash, tadbirkorlarimizning garovni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarini kamaytirishga erishishimiz mumkin.

  11. Yirik va kichik biznes o’rtasidagi manfaatdorlik hissini uyg’otish, kichik korxonalarning to’xtab qolish holatlarini oldini olishda yordam beradi.

  12. Kichik biznes faoliyatining rivojlanishiga ta'sir qiluvchi beshta asosiy jarayonni ko’rsatish mumkin: davlat nazorati asosida davlat va biznes manfaatlarining muvozanatlashuvi, ro’yhatdan o’tkazishning sodda va tushunarli bo’lishi, soliq qonunchiligining barqarorligi, banklarning imtiyozli kreditlar bilan ta'minlashi, samarali eksport-import jarayoni.

Bitiruv malakaviy ishi davomida aytib o’tilgan takliflarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga amaliyotga tadbiq etilsa, o’ylaymizki bu kichik biznesni moliyaviy qo’llab-quvvatlash taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shadi.


Download 281.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling