7
Davlat budjeti daromadlari manbalariga ko’ra bo’linishi
Budjetning daromadlar qismini to’ldirishning manbalaridan biri budjet tizimida boshqa darajada turgan budjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi budjetning daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham budjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi.
Hozirgi amaliyotda Davlat budjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinayapti:
To’g’ri (bevosita) soliqlar.
Egri (bilvosita) soliqlar.
Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i.
Ustama foydadan olinadigan soliq.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq.
Boshqa daromadlar.
Milliy iqtisodiyotda qo’llanilayotgan Davlat budjeti daromadlari tizimining samaradorligi mablag’larning budjetga tushumini tashkil etishga bevosita bog’liq. Bu narsa o’z ichiga quyidagilarni oladi:
budjetga tegishli bo’lgan daromadlarni (soliqlar, to’lovlar, bojlar;
ajratmalar va boshqalar) huquqiy jihatdan rasmiylashtirish;
mablag’lar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibi;
daromadlarni (to’lovlarni) budjetga o’tkazish tartibi;
budjetga daromadlarni to’lovchilarni hisobga olish;
budjetga daromadlarni to’lovchilarning javobgarligi;
budjetga daromadlarni o’z vaqtida va to’liq o’tkazilishini ta’minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimi;
budjetga daromadlarni undirishda soliq organlarining huquq va majburiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |