Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditining nazariy-huquqiy asoslari
Download 83.65 Kb.
|
Tovar moddiy zahiralari hisobi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “SUG`URTA” FAKULTETI “Sug`urta ishi” yo`nalishi SSI-92/21 guruh talabasi Karlibayev Janabay Kenjebayevichning Buxg’alteriya hisobi Qayta o’zlashtirish Mavzu: Tovar moddiy zahiralari hisobi Toshkent-2023 MUNDARIJA Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditining nazariy-huquqiy asoslari. Tovar moddiy zaxiralar ombor xo’jaligi auditida inventarizatsiya va uni o’tkazish tartibini takomillashtirish. Auditning xalqaro standartlari bo’yicha tovar-moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligi auditini takomillashtirish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Mavzuning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo'jalik faoliyati jarayonining yakuniy bosqichidan olinadigan tayyor mahsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom ashyo va materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish muhim o'rin tutadi, chunki talab va taklifdan kelib chiqqan holda ularga o'rnatilgan baho mahsulotlarning xaridorgirlik darajasini belgilaydi. Ushbu muomalalar va talablardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni tashkil qilayotganda tabiiy va moddiy resurslardan unumli foydalanish, ikkilamchi resurslarni va yondash mahsulotlarni keng talab qilishi lozim. Bu bo'limda sub'ektga tegishli bo'lgan tovar-moddiy zahiralari, shu jumladan, yo'ldagi va qayta ishlashga berilgan, ishlanadigan, qayta ishlanadigan, ishlab chiqarish va boshshqa xo'jalik maqsadlari uchun ishlatiladigan mehnat buyumlari, xom ashyo va materiallar, aylanma mablag'larning tarkibiga kiritilgan mehnat buyumlarining tarkibi, miqdori, harakati, ularni tayyorlash, sotib olish, qayta baholash jarayonlari to'g'risidagi ma'lumotlarni umumlashtirishning tartib va qoidalari o'rganiladi. O'rganish jarayonida tovar-moddiy zahiralarining tarkibi, holati,harakati, miqdori, sotib olinishi yoki ishlab chiqarilishi, baholash va qayta baholash tartiblariga e'tibor berishi lozim.Buxgalteriya hisobining ma'lumotlari o'zida mahsulotning tannarxini kamaytirish imkoniyatlarini-moddiy boyliklardan unumlm foydalanish, sarflar me'yorini pasaytirish,tovar-moddiy qiymatliklarning talabga javob beradigan darajadagi saqlash va qo'riqlash va boshqalar to'g'risidagi ma'lumotlarni umumlashtirishi lozim. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqot ishining asosiy maqsadi-O'zbekistonda tovar-moddiy zahiralarni baholash va uning auditini o'tkazishning hozirgi kundagi holatini tahlil qilish, qilingan tahliliy ma'lumotlarga asoslangan holda, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, tovar-moddiy zahiralarni baholash va uni audit qilishning bugungi kundagi muammolarini hal qilish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda dissertatsiyada quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirilgan: -Tovar-moddiy zahiralarni baholash va ularni nazoratini o'tkazishning mohiyati, uning milliy iqtisodiyot korxonalari uchun ahamiyatini ochib berish, xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish; -Korxonalar hisob siyosatida tovar-moddiy zahiralarni baholash va auditorlik tekshiruvidan o'tkazish yo'nalishlarini o'rganib chiqish va uni hozirgi kundagi holatini tahlil qilish; -O'zbekistonda tovar-moddiy zahiralarni baholashning kontseptual asoslari va auditini takomillashtirish bo'yicha fikr-mulohazalar bildirish va takliflar kiritishdan iboratdir. Shu bilan birgalikda, korxonalar hisob siyosatida tovar-moddiy zahiralarni baholanishi belgilash xususiyatlari va uning auditi yuzasidan tahlil ishlari olib boriladi va ushbu faoliyatni hozirgi kundagi haqiqiy holati haqida xulosalar beriladi. Yuqoridagi tahliliy ishlardan kelib chiqqan holda Respublikamiz korxonalari faoliyatida tovar-moddiy zahiralarni baholash va auditini takomillashtirish yuzasidan tegishli xulosalar beriladi. Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati. Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, Respublikamiz korxonalari hisob tizimida tovar-moddiy zahiralarni baholash va auditini takomillashtirish bo'yicha bayon qilingan fikr-mulohazalar Respublikamizda ushbu hisob va nazorat tizimini olib borish va takomillashtirish jarayonlarida qo'llanilishi mumkin. Tadqiqot ishining predmeti. Mazkur tadqiqotning predmeti bo'lib korxonalar tomonidan tovar-moddiy zahiralarni qay darajada to'g'ri baholanalayotganligi hamda ular tomonidan tovar-moddiy zahiralar baholanishining hisobi va auditi qay darajada yuritilayotganligi va Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishda tovar-moddiy zahiralar baholanishi va uning auditini rivojlangan mamlakatlar bilan qiyosan o'rganish va tahlil qilish hisoblanadi. Shuningdek, ushbu masalalar bo'yicha yangiliklarni ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq etish hisoblanadi. Tadqiqot ishining ob'ekti – “Amulet Audit” mas’uliyati cheklangan jamiyati auditorlik tashkilotida olib borilayotgan faoliyat natijalari hisoblanadi. Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari. Dissertatsiya predmetini tadqiq qilishda O'zbekiston Respublikasi buxgalter va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan tovar-moddiy zahiralar baholanishi tartibi va uning auditini tashkil qilish bo'yicha ishlab chiqilgan yo'riqnomalar, assotsiatsiyaning choraklik, yillik hisobotlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining ushbu sohaga taalluqli bahosio'lgan qarorlari hamda me'yoriy hujjatlaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O'zbekistonda tovar-moddiy zahiralarni baholash va uni auditini o'tkazishning hozirgi kundagi holatini tahlil etish, qilingan tahliliy ma'lumotlarga asoslangan holda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib tovar-moddiy zahiralarni baholash va uning auditini tashkil etishga oid muammolarni hal etish quyidagi aniq tadqiqot natijalarida ko'rinadi: -Korxonalarda tovar-moddiy zahiralarni baholash va uning hisobini tashkil etish holati va uni qay darajada hisob tamoyillariga muvofiq kelishi o'rganildi; -Milliy iqtisodiyot korxonalari uchun tovar-moddiy zahiralar to'g'ri baholanishi va uning auditini tashkil etishning ahamiyati ochib berildi hamda buxgalteriya hisobi sohaga oid xorijiy davlatlar tajribasi o'rganildi; -Tovar-moddiy zahiralar baholanishi va uning auditini tashkil etish bo'yicha ishlab chiqilgan xalqaro milliy standartlar qiyosiy tahlil etildi; -O'zbekistonda tovar-moddiy zahiralarni baholashning kontseptual asoslari va auditini takomillashtirish bo'yicha tegishli xulosa va takliflar berildi; Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijasida erishilgan natijalar ahamiyati tadbiq etilsa, korxonalarda tovar-moddiy zahiralarni baholash tartibi va uning auditini tashkil etish bo'yicha sodir bo'lgan muammolarni hal etish hamda korxonalarda tovar-moddiy zahiralarni hisobga olish va ular holati va harakatini boshqarish nazorat qilishda yengillik va qo'layliklar yaratiladi. Tadqiqotning tarkibi. Ilmiy tadqiqot ishi 3ta bob va 8ta paragrafdan hamda kirish, xulosa va takliflar, adabiyotlar ro'yhatidan iboratdir. Download 83.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling