Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoyitida iqtisodiyotni davlat tomonidan qollab-quvvatlash mexanizimining elementlari va dastaglari
O`zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash strategiyasining yaratilishi
Download 355.74 Kb.
|
byudjet.ataxanov
O`zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash strategiyasining yaratilishi
O`zbekistonda mustaqillik e`lon qilingandan so`ng ijtimoiy yo`naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Yurtboshimiz rahbarligida ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida mashaqqatli taraqqiyot yo`li bosib o`tildi. Birinchi prezidentimiz mustaqil taraqqiyot yo`li va galdagi vazifalarning mazmun-mohiyati, ahamiyati nuqtai nazaridan bu yo`lni ikki bosqichga bo`lish lozimligini asoslab berdi. Dastlabki bosqich - 1991-2000 yillar o`tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bo`gliq birinchi galdagi islohot va o`zgarishlarni o`z ichiga oladi. 2001 yildan to hozirgacha bo`lgan muddatni o`z ichiga olgan ikkinchi bosqich faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bo`lib, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta`minlashda muhim rol o`ynadi1. Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish asosida uni chuqur tanazzuldan chiqarib, barqaror rivojlantirishga, aholi turmush farovonligiga erishishga qaratilgan tub o`zgartirishlar siyosatining strategik maqsadlari birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” nomli asarida quyidagicha izohlab berildi: 1. Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta`minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish. 2. Ko`p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo`lishiga barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo`lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta`minlash. 3. Korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo`jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma`muriy buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va ra`gbatlantirish vositalaridan keng foydalanish. 4. Iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ta`minlaydigan chuqur strukturaviy o`zgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo`shilib borish. 5. Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o`zgartirish, har bir kishiga o`z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish”2 . O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tish yo`li ijtimoiy-yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo`lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan: - iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustuvorligini ta`minlash; - o`tish davrida davlatning bosh islohotchi bo`lishi; - butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligining ta`minlanishi; - bozor munosabatlariga o`tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish; - bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma`muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berildi, milliy davlatchilikni shakllantirishning puxta huquqiy asoslari yaratildi, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari tashkil etildi, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yo`lga qo`yildi, iqtisodiyotni erkin bozor munosabatlariga o`tkazish jarayoni amalga oshirildi . Ushbu bosqichda, birinchi navbatda, qishloq xo`jaligi tubdan isloh qilinib, mamlakatimiz iqtisodiyoti va ekologiyasiga katta zarar yetkazgan paxta monopoliyasiga barham berildi. Qishloq xo`jaligi ekinlari tarkibi o`zgartirildi. Mamlakatda `galla mustaqilligiga erishildi. Buning natijasida O`zbekiston o`zining `gallaga bo`lgan ehtiyojini qoplabgina qolmasdan, qo`shni MDH mamlakatlariga, Af`goniston, Eron kabi davlatlarga `galla va un mahsulotlarini eksport qilmoqda. Mamlakatimizda yangi neft -gaz konlarini aniqlash, bu sohaga investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy sarmoyalarni jalb etish orqali yirik korxonalarning qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi natijasida neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1990 yilga nisbatan 3 barobar ortdi. Respublika energetika mustaqilligiga erishdi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va isloh etishni yanada chuqurlashtirish, investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, shuning negizida iqtisodiy o`sishni ta`minlab, bozor munosabatlarini to`liq joriy qilish maqsad qilib qo`yildi. Shu maqsaddan kelib chiqib, birinchi prezidentimiz I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalarni ko`rsatib berdi: - iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish; - davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish; - iqtisodiy o`sishni va makroiqtisodiy mutanosiblik hamda barqarorlikni ta`minlash; - milliy valyuta – so`mni yanada mustahkamlash; - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o`zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o`tish, mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash. O`tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta`minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko`rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo`l davom ettirildi . Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko`zda tutdi: - iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o`tkazish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; - xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish; - mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo`naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish; - iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta`minlash; - yurtimizda transport kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish; - soliq yukini kamaytirish, faol investitsiya, faol eksport siyosatini yuritish; - aholi turmush darajasini oshirish, avvalo, qishloq joylarda kishilarning turmush sharoitini izchil yaxshilash; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o`rin egallashiga erishish; - mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko`lamda integratsiyalashuvini ta`minlash; - iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o`zgarishlarni izchil davom ettirish. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat: - mulkiy munosabatlarni isloh qilish; - agrar islohotlar; - moliya-kredit va narx-navo islohoti; - boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish; - tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; - ijtimoiy islohotlar. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish eng asosiy vazifamiz . Mamlakatimizda olib borilayotgan isloxotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning xar tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda xayotning barcha soxalarini liberallashtirish bo‘yicha mutlaqo yangicha yondoshuv hamda tamoyillar ishlab chiqishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning mamlakatda olib borilayotgan barcha islohotlar to‘g‘ririsida shunday fikr bildiradilar “Islohot –islohot uchun emas inson manfaatlari uchun xizmat qilishi kerak” demak yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlarning barchasi insonlar uchun insonning manfaatlari uchun xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonini e’lon qilindi. Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda, yurtumizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo’yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. 1-yo‘nalish: Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish 2-yo‘nalish: Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 3-yo‘nalish: Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish 4-yo‘nalish: Ijtimoiy sohani rivojlantirish 5-yo‘nalish:Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. Download 355.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling