№3 2022
63
Xulosa va takliflar
Tashki savdoni tartibga solishda eng ko`p qo`llaniladigan
usul importga tarif
belgilash bo`lib, buning natijasida ichki baholarning o`sishi kuzatiladi. Importga
tariflarni joriy qilishdan iste`molchilar ko`rgan zarar ishlab chiqaruvchilar va davlat
ko`rgan foydadan katta bo`ladi. Importga tariflarni joriy kilishdan ko`riladigan foyda
va zararlar nisbati munozarali masaladir. Ammo import
tariflari ichki ishlab
chikaruvchilarni himoya qilish, to`lov balansini tartibga solish maqsadlarida keng
qo`llaniladi. Ichki ishlab chikaruvchilarni himoya
qilish maksadida ishlab
chikaruvchilarga subsidiyalar berish usuli xam qo`llaniladi. Eksportga subsidiyalar
valyuta tushumini ko`paytirish, ortikcha maxsulotdan kutulish,
tashki bozorni
egallash uchun qo`llaniladi. Eksport subsidiyalarini ko`llash dempingga olib
kelmasligi kerak, chunki demping xalqaro savdo qoidalariga ko`ra ta`qiqlangan.
Tashki iqtisodiy faoliyatni litsenziyalash va kvotalar o`rnatish xalqaro savdoni
tartibga solishning bevosita usullaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: