Iqtisodiyotni rivojlantirish


Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur


Download 34.5 Kb.
bet4/6
Sana02.01.2022
Hajmi34.5 Kb.
#196087
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2017 yil ozb docx

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur  
o‘ylangan o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat.  
Har qanday mamlakatda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini ta’minlashda eng  
avvalo,  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag‘rikenglikni  ta’minlash  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  
Xususan, mazkur holatlar yurtimizda o‘ziga xos yondashuvni taqoza etadi. Ayniqsa, ko‘p millatli  
mamlakatimizda tinchlik, xotirjamlik va barqarorlikni ta’minlanishi o‘z navbatida osuda hayotni  
hukm surishiga zamin yaratadi. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik milliy mafkuramizning  
asosiy  g‘oyalaridan  biri  hisoblanadi.  O‘tmishdan  ma’lumki,  yurtimizda  azaldan  zardushtiylik,  
buddaviylik, nasroniylik, moniylik hamda islom dini vakillari o‘zaro inoq va tinch – totuvlikda  
istiqomat qilishgan.  
Xususan,  yurtimizdagi  madaniyat  markazlari  hisoblangan  ko‘plab  shaharlarda  masjid,  
cherkov, sinagoglar faoliyat ko‘rsatgan. O‘z navbatida, ushbu muqaddas maskanlarda turli dinga  
mansub millat va elatlar o‘zlarining diniy marosimlarini emin-erkin ado etishi milliy xavfsizlikni  
ta’minlashga  zamin  yaratadi.  O‘zbekiston  Respublikasi  o‘zining  davlat  mustaqilligini  e’lon  
qilgach,  millatlararo  totuvlik,  diniy  bag‘rikenglikni  ta’minlash  orqali  tinchlik  va  barqaror  
taraqqiyot  asoslarini  mustaxkamlashda  barcha  din  vakillari  orasida  diniy  asosda  mojarolar  
bo‘lmaganligiga tarix guvohdir.  
Mazkur  sohada  amalga  oshirilayotgan  ishlarning  ijobiy  davomi  sifatida  O‘zbekiston  
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini  
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi qabul qilingan farmoni muhim  
ahamiyat kasb etadi. Mazkur farmonga muvofiq 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini  
rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasining  “Xavfsizlik,  
millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va  
amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida davlatimiz  
mustaqilligi  va  suverenitetini  mustahkamlash,  O‘zbekistonning  yon  –  atrofida  xavfsizlik,  
barqarorlik  va  ahil  qo‘shnichilik  muhitini  shakllantirish,  mamlakatimizning  xalqaro  nufuzini  
mustahkamlash strategik vazifa sifatida belgilanganligini aytib o‘tish lozim.  
Ayniqsa,  mazkur  yo‘nalish  doirasida  respublikaning  konstitutsiyaviy  tuzumini,  
suverenitetini,  hududiy  yaxlitligini  himoya  qilishga  doir  chora-tadbirlarni  ro‘yobga  chiqarish,  
kiberxavfsizlik  sohasida  axborot,  normativ-huquqiy  asoslar  tizimini  takomillashtirish,  aholini  
favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining  
oqibatlarini  yumshatish,  shuningdek  Millatlararo  munosabatlar  sohasidagi  siyosatning  ustuvor  
yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish  
nazarda tutilgan edi.  
Aynan,  mazkur  omillar  yurtimizda  jamiyat  xavfsizligi  va  mamlakat  barqarorligini  
ta’minlashda  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag‘rikenglik  holatini  ijobiy  ko‘rinishda  ekanligini  
namoyon  etadi.  Bu  borada,  fikr  yuritganda  O‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  Shavkat  
Mirziyoev qayd etganidek: 

Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling