Iqtisodiyotni rivojlantirish


“Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar


Download 34.5 Kb.
bet5/6
Sana02.01.2022
Hajmi34.5 Kb.
#196087
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2017 yil ozb docx

“Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar  
davomida  turli  millat  va  elat,  madaniyat  va  din  vakillari  tinch-totuv  yashab  kelgan.  
Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga  
doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi” -, deya bejiz ta’kidlamagan edi.  
Mazkur holat, o‘z navbatida O‘zbekistonda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik inoqlik  
va  birdamlikning  nodir  timsoli  sifatida  namoyon  bo‘lib,  barcha  din  vakillariga  nisbatan  
bag‘rikenglikning ijobiy namunasi ekanligidan dalolat beradi. Binobarin, dunyodagi mavjud dinlar  
o‘z  mohiyatiga  ko‘ra,  o‘zida  ezgulik,  tinchlik,  yaxshilik,  do‘stlik  hamda  bunyodkor  g‘oyalarni  



mujassam  etadi.  Ayniqsa,  din  insonlarni  halollik  va  poklikka,  mehr-shafqat,  birodarlik  va  
bag‘rikenglikka da’vat etadi.  
Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elatlar o‘zaro inoq,   totuvlikda yashab  
kelmoqda. Respublika ko‘p konfessiyali mamlakatdir, hozirda O‘zbekistonda 16 ta konfessiyaga  
mansub  2  ming  243ta  diniy  tashkilotlar  rasman  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  O‘z  navbatida,  mazkur  
konfessiyalarning o‘z faoliyatini amalga oshirish va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun  
hamma  imkoniyatlar  mavjud.  Ayniqsa,  yurtimizda  ko‘plab  millat  va  elatlar  madaniy  
markazlarining erkin faoliyat olib borayotganligi fikrimizning tasdig‘idir.  O‘zbekistonda vijdon  
erkinligi, har kimning xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki qilmaslik huquqi to‘liq ta’minlangan  
va  qonuniy  kafolatlangan.  Mazkur  holat,  ko‘p  millatli,  ko‘p  konfessiyali  bo‘lgan  mamlakatda  
o‘ziga xos yondashuv bo‘lib, shu ma’noda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda O‘zbekiston  
o‘ziga xos boy tajriba ortirganligini ta’kidlash o‘rinlidir.  
Ta’kidlash  joizki,  mustaqillik  yillarida  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalari  qatori  
O‘zbekistonning  diniy-madaniy  hayotida  ham  ijobiy  o‘zgarishlar  amalga  oshirilmoqda.  O‘tgan  
qisqa  davr  mobaynida  ko‘plab  masjid,  cherkov,  sinagoga  va  ibodatxonalar  qurildi  va  qayta  
ta’mirlandi.  Ayniqsa,  shular  qatoriga  Toshkent,  Samarqand,  Navoiy  shaharlaridagi  pravoslav  
cherkovlari, Toshkentdagi katolik kostyoli, Samarqanddagi arman apostol cherkovi, Toshkentdagi  
Budda ibodatxonasini aytib o‘tish lozim.  
Mazkur ijobiy ishlar samarasi Respublikada barcha din vakillari uchun diniy bag‘rikenglik  
muhitini mustahkamlash, mamlakat fuqarolari o‘rtasidagi o‘zaro birdamlik, totuvlik va inoqlikni  
ta’minlashda  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Binobarin,  millatlararo  totuvlik  va  diniy  
bag‘rikenglik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash va mustahkamlash, mamlakat milliy g‘oyasi –  
“Ozod va obod  Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish” ning muhim tarkibiy qismi va shartidir.  
O‘z navbatida, davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar,  
har  xil  e’tiqodlarga  mansub  diniy  tashkilotlar  o‘rtasida  o‘zaro  murosa  va  hurmat  o‘rnatilishiga  
ko‘maklashadi,  diniy  va  o‘zga  mutaassiblikka  hamda  ekstremizmga  munosabatlarni  qarama- 
qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan  
xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi.  
Ayniqsa, mazkur holat O‘zbekistonda barcha dinlararo munosabatlarda bag‘rikenglikning  
ta’minlanishi, avvalo, dinlararo ziddiyatlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etib, turli din  
vakillarida o‘zaro hamkorlik, birdamlik va hamjihatlikning shakllanishiga zamin yaratadi. Mazkur  
omil  yurt  tinchligi  va  taraqqiyotiga,  umuminsoniy  madaniyat  va  ma’naviyat  rivojiga  bevosita  
xizmat qiladi.  
Zero, O‘zbekiston Respublikasida diniy maqsadlarni o‘zida namoyon etuvchi siyosiy partiya  
va jamoat harakati, shuningdek, respublikadan tashqarida tuzilgan diniy partiyalarning filiallari va  
bo‘limlarini  tuzishga  va  ularning  faoliyat  yuritishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Binobarin,  diniy  
tashkilotlar amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari shart.  
O‘z  navbatida,  dindan  davlatga  va  konstitutsiyaga  qarshi  targ‘ibot  olib  borishda,  
dushmanlik,  nafrat,  millatlararo  adovat  uyg‘otish,  axloqiy  me’yorlarni  va  fuqaroviy  totuvlikni  
buzishda, bo‘xton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi o‘ydirmalarni tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima  
chiqarishda  hamda  davlatga,  jamiyat  va  shaxsga  qarshi  qaratilgan  boshqa  xatti-harakatlarda  
foydalanishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Terrorizm,  narkobiznes  va  uyushgan  jinoyatchilikka  
ko‘maklashadigan, shuningdek, har xil g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar,  
sektalar va boshqalarning faoliyati man etiladi. Bu haqda Islom Karimov “O‘zbekiston XXI asr  
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” deb nomlangan  
asarida dinning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida to‘xtalar ekan: 
“Biz din bundan buyon ham  
aholini oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlaridan, tarixiy va madaniy merosidan bahramand  
qilishi tarafdorimiz.  Lekin biz  hech qachon dinning davlat hokimiyati  uchun kurashga,  siyosat,  
iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Chunki, bu  
holni  davlatimizning  xavfsizligi,  barqarorligi  uchun  jiddiy  xavf-xatar  deb  hisoblaymiz”,  deb  
ta’kidlagan edi. Binobarin, O‘zbekistonda barcha din vakillari uchun diniy bag‘rikenglik muhitini  
mustahkamlash,  avvalo,  mamlakatimiz  fuqarolari  o‘rtasidagi  o‘zaro  birdamlik,  totuvlik  va  



inoqlikni  ta’minlashda  muhim  o‘rin  tutadi.  Xususan,  2014  yil  12  noyabrda  Toshkent  islom  
universitetida  Toshkent  islom  universiteti,  Din  ishlari  bo‘yicha  qo‘mita,  YUNESKOning  
O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida 

Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling