Iqtisodiyotni rivojlantirish
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur
Download 34.5 Kb.
|
2017 yil ozb docx
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur
o‘ylangan o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat. Har qanday mamlakatda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini ta’minlashda eng avvalo, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, mazkur holatlar yurtimizda o‘ziga xos yondashuvni taqoza etadi. Ayniqsa, ko‘p millatli mamlakatimizda tinchlik, xotirjamlik va barqarorlikni ta’minlanishi o‘z navbatida osuda hayotni hukm surishiga zamin yaratadi. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik milliy mafkuramizning asosiy g‘oyalaridan biri hisoblanadi. O‘tmishdan ma’lumki, yurtimizda azaldan zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik hamda islom dini vakillari o‘zaro inoq va tinch – totuvlikda istiqomat qilishgan. Xususan, yurtimizdagi madaniyat markazlari hisoblangan ko‘plab shaharlarda masjid, cherkov, sinagoglar faoliyat ko‘rsatgan. O‘z navbatida, ushbu muqaddas maskanlarda turli dinga mansub millat va elatlar o‘zlarining diniy marosimlarini emin-erkin ado etishi milliy xavfsizlikni ta’minlashga zamin yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini e’lon qilgach, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash orqali tinchlik va barqaror taraqqiyot asoslarini mustaxkamlashda barcha din vakillari orasida diniy asosda mojarolar bo‘lmaganligiga tarix guvohdir. Mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlarning ijobiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi qabul qilingan farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur farmonga muvofiq 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon – atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash strategik vazifa sifatida belgilanganligini aytib o‘tish lozim. Ayniqsa, mazkur yo‘nalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilgan edi. Aynan, mazkur omillar yurtimizda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini ta’minlashda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik holatini ijobiy ko‘rinishda ekanligini namoyon etadi. Bu borada, fikr yuritganda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoev qayd etganidek: Download 34.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling