Iqtisodiyotni rivojlantirish
“Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar
Download 34.5 Kb.
|
2017 yil ozb docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga
“Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar
davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi” -, deya bejiz ta’kidlamagan edi. Mazkur holat, o‘z navbatida O‘zbekistonda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik inoqlik va birdamlikning nodir timsoli sifatida namoyon bo‘lib, barcha din vakillariga nisbatan bag‘rikenglikning ijobiy namunasi ekanligidan dalolat beradi. Binobarin, dunyodagi mavjud dinlar o‘z mohiyatiga ko‘ra, o‘zida ezgulik, tinchlik, yaxshilik, do‘stlik hamda bunyodkor g‘oyalarni mujassam etadi. Ayniqsa, din insonlarni halollik va poklikka, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elatlar o‘zaro inoq, totuvlikda yashab kelmoqda. Respublika ko‘p konfessiyali mamlakatdir, hozirda O‘zbekistonda 16 ta konfessiyaga mansub 2 ming 243ta diniy tashkilotlar rasman faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, mazkur konfessiyalarning o‘z faoliyatini amalga oshirish va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun hamma imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, yurtimizda ko‘plab millat va elatlar madaniy markazlarining erkin faoliyat olib borayotganligi fikrimizning tasdig‘idir. O‘zbekistonda vijdon erkinligi, har kimning xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki qilmaslik huquqi to‘liq ta’minlangan va qonuniy kafolatlangan. Mazkur holat, ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali bo‘lgan mamlakatda o‘ziga xos yondashuv bo‘lib, shu ma’noda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda O‘zbekiston o‘ziga xos boy tajriba ortirganligini ta’kidlash o‘rinlidir. Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida ijtimoiy hayotning barcha sohalari qatori O‘zbekistonning diniy-madaniy hayotida ham ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan qisqa davr mobaynida ko‘plab masjid, cherkov, sinagoga va ibodatxonalar qurildi va qayta ta’mirlandi. Ayniqsa, shular qatoriga Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlaridagi pravoslav cherkovlari, Toshkentdagi katolik kostyoli, Samarqanddagi arman apostol cherkovi, Toshkentdagi Budda ibodatxonasini aytib o‘tish lozim. Mazkur ijobiy ishlar samarasi Respublikada barcha din vakillari uchun diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, mamlakat fuqarolari o‘rtasidagi o‘zaro birdamlik, totuvlik va inoqlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Binobarin, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash va mustahkamlash, mamlakat milliy g‘oyasi – “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish” ning muhim tarkibiy qismi va shartidir. O‘z navbatida, davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga munosabatlarni qarama- qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Ayniqsa, mazkur holat O‘zbekistonda barcha dinlararo munosabatlarda bag‘rikenglikning ta’minlanishi, avvalo, dinlararo ziddiyatlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etib, turli din vakillarida o‘zaro hamkorlik, birdamlik va hamjihatlikning shakllanishiga zamin yaratadi. Mazkur omil yurt tinchligi va taraqqiyotiga, umuminsoniy madaniyat va ma’naviyat rivojiga bevosita xizmat qiladi. Zero, O‘zbekiston Respublikasida diniy maqsadlarni o‘zida namoyon etuvchi siyosiy partiya va jamoat harakati, shuningdek, respublikadan tashqarida tuzilgan diniy partiyalarning filiallari va bo‘limlarini tuzishga va ularning faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Binobarin, diniy tashkilotlar amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari shart. O‘z navbatida, dindan davlatga va konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy me’yorlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo‘xton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi o‘ydirmalarni tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek, har xil g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning faoliyati man etiladi. Bu haqda Islom Karimov “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” deb nomlangan asarida dinning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida to‘xtalar ekan: “Biz din bundan buyon ham aholini oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlaridan, tarixiy va madaniy merosidan bahramand qilishi tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon dinning davlat hokimiyati uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Chunki, bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz”, deb ta’kidlagan edi. Binobarin, O‘zbekistonda barcha din vakillari uchun diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, avvalo, mamlakatimiz fuqarolari o‘rtasidagi o‘zaro birdamlik, totuvlik va inoqlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Xususan, 2014 yil 12 noyabrda Toshkent islom universitetida Toshkent islom universiteti, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida Download 34.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling