Iqtisodiyotning globallashuv sharoitida bozor munosabatlarini amal qilishi


Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari


Download 92.62 Kb.
bet3/9
Sana07.05.2023
Hajmi92.62 Kb.
#1438483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Презентация1 (1)

Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari

  • Bozor iqtisodiyotiga o'tishning ham, uning samarali amal qilishining ham yagona va universal tamoyili yo‘q, deb aytish mumkin. Har bir mamlakatning, har bir xalqning faqat o'ziga xos bo'lgan tarixiy, ijtimoiy va milliy qadriyatlari va xususiyatlari mavjud. Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri ham har bir mamlakatda o'ziga xos tarzda kechadi va uning amal qilishida muayyan tafovutlar bo'lishi tabiiy. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyotini tizim sifatida belgilab beruvchi bir qator tamoyillar mavjud bo‘lib, ularning asosiylari xususida to'xtalib o‘tamiz

Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari

  • Xususiy mulkchilikning ustuvorligi. Iqtisodiy munosabatlar tizimida mulkchilik muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste'mol qilish xarakteri, asosan, mulkchilik munosabatlariga bog'liq. Mulkchilikning subyektlari va obyektlari mavjud bo'lib, uning birinchisiga davlat, jismoniy va yuridik shaxslar kiradi. Ikkinchisiga esa, ya'ni obyektlariga tabiiy resurslar, bino va inshootlar, asbob-uskunalar, qimmatbaho qog'ozlar, pul mablag‘lari va aqliy mehnat natijalari kiradi.
  • Mulkchilik obyektlariga egalik qilish turli iqtisodiy tizimlarda turlicha bo'ladi. Rejali iqtisodiyot deb nomlanuvchi ma’muriy-buyruqbozlik tizimida mulkchilik obyektlariga, asosan, davlat egalik qiladi va xususiy mulkning ulushi juda ham kam bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa buning aksi, ya’ni mulkchilik obyektlarining aksariyat qismi xususiy mulkdorlar tasarrufida bo‘lib, davlat mulki iqtisodiyotning asosini tashkil etmaydi.

Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari

  • Xususiy mulk, asosan, individual (birshaxsga tegishli) mulk, oila mulki, jamoa mulki, shirkat mulki, qo‘shma mulk, hissadorlik mulki, diniy tashkilotlar mulki shakllarida amal qiladi.
  • Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiyotning ikkita bo'lagi paydo bo'ladi. Ular xususiy mulkchi- likning barcha shakllarini birlashtiruvchi nodavlat sektori va davlat tasarrufidagi mulkdan iborat davlat sektoridir. Bozor iqtisodiyoti tizimining samarali amal qilishi ko‘p jihatdan ana shu ikkita sektorning nisbatiga bogiiq desa boiadi.
  • Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradi-ki, xususiy mulkchilik hukmron mavqega ega boigan holda, ya'ni tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish, asosan, iqtisodiyotning nodavlat sektorida mujassamlashganda, iqtisodiy taraqqiyot sur'atlari yuqori boiadi. Shuning uchun xususiy mulkchilikning ustuvorligi bozor iqtisodiyotining eng muhim va asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.

Download 92.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling