Iqtisodiyotning globallashuv sharoitida bozor munosabatlarini amal qilishi


Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari


Download 118.47 Kb.
bet4/10
Sana29.04.2023
Hajmi118.47 Kb.
#1401011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Презентация1 (1)

Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari

  • Xususiy mulk, asosan, individual (bir shaxsga tegishli) mulk, oila mulki, jamoa mulki, shirkat mulki, qo‘shma mulk, hissadorlik mulki, diniy tashkilotlar mulki shakllarida amal qiladi.
  • Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiyotning ikkita bo'lagi paydo bo'ladi. Ular xususiy mulkchi- likning barcha shakllarini birlashtiruvchi nodavlat sektori va davlat tasarrufidagi mulkdan iborat davlat sektoridir. Bozor iqtisodiyoti tizimining samarali amal qilishi ko‘p jihatdan ana shu ikkita sektorning nisbatiga bogliq desa bo’ladi.
  • Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradi-ki, xususiy mulkchilik hukmron mavqega ega boigan holda, ya'ni tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish, asosan, iqtisodiyotning nodavlat sektorida mujassamlashganda, iqtisodiy taraqqiyot sur'atlari yuqori boiadi. Shuning uchun xususiy mulkchilikning ustuvorligi bozor iqtisodiyotining eng muhim va asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.

Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari

  • Iqtisodiy faoliyat erkinligi. Odamlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan bogliq bo'lgan faoliyati iqtisodiy faoliyat deb yuritiladi. Tovar va xizmatlarni yaratish, ayirboshlash va ulami iste’mol etishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin kechadi. Xususiy mulkchilik bu tizinuiing asosini tashkil etgani tufayli erkin xususiy tadbirkorlik butun jamiyat iqtisodiy faoliyatining asosini tashkil etadi.
  • Xo'jalik yurituvchi har qanday subyekt (alohida shaxs, oila, odamlar guruhi, yuridik shaxslar va h.k.) iqtisodiy faoliyatning o‘ziga ma'qul va manzur bo'lgan hamda davlat qonunchiligi bilan taqiqlanmagan turini tanlaydi.
  • Inson 0‘zining jismoniy va aqliy layoqatini o‘zi istagan soha (tovarlar ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, savdo-sotiq, tijorat, vositachilik va hokazoga yo'naltirishi, o'zining pul mablag'laridan o‘zi xohlagan maqsadlarda (biron-bir tovar ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, bank depozitlariga qo'yish, aksiyalar sotib olish va hokazo) foydalanish huquqiga ega.

Download 118.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling