Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy barqarorlik
Download 136.27 Kb.
|
19-mavzu. Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy barqarorl
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologik nazariya.
Jamg‘arish nazariyasi. Bu nazariya iqtisodiy siklni ishlab chiqarish vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiqarish hajmi bilan bog‘laydi. Kunlik va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari hamda investitsion tovarlar ishlab chiqarish sikllari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi.
Kunlik iste’mol tovarlari doimiy iste’mol qilinishi sababli, ularni iste’mol qilish hajmi o‘zgargan taqdirda ham iqtisodiy faollikda uncha katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar domiy ravishda emas, balki iste’molchi daromadi ko‘paygan taqdirda sotib olinadi. SHu sababli, bunday tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni uzluksiz davom ettirish talabi esa investitsion tovarlarni doimiy ishlab chiqarish zarur qilib quyadi. Iste’mol o‘sib borishi bilan investitsion tovarlarga talab ham ortadi. Bunda ishlab chiqarish tarkibida nomutanosibliklar yuz beradi, ya’ni kundalik va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari hamda investitsion tovarlarni ishlab chiqarish o‘rtasida nisbatlar buziladi. Inqirozning sababi ana shu nisbatlarning buzilishidir. Lekin ko‘pchilik iqtisodchilar etarli darajada iste’mol qilmaslik inqirozning sababi emas, balki uning oqibatidir, deb ta’kidlaydilar. Ya’ni iste’molchilar daromadlarini ko‘proq jamg‘arishga ajratganlari uchun emas, balki to‘lov qobiliyatining etarli emasligi, ya’ni xarid qilish uchun pulning etishmasligidan bunday inqiroz kelib chiqadi. Psixologik nazariya. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tushuntirishda psixologik nazariyalar ham o‘z o‘rniga ega. Psixologik nazariya tarafdorlari (J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xayek va boshqalarni kirtish mumkin.) fikricha, insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga ob’ektiv iqtisodiy omillar: foiz me’yori, pul oqimi, foyda va boshqalar ta’sir ko‘rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro‘y beradi. Kredit tizimining rivojlanishi talab va ishlab chiqarishning o‘sishi odamlarning ruhiyatini ko‘taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilarda likvidligi yuqori bo‘lgan pul jamg‘arishga moyillik ortib borishi o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi62. Biroq iqtisodiy fanda ularning faqat bir nechta turlari aniq bo‘lib qisqa, o‘rta va uzoq muddatli sikllarni ajratish qabul qilingan. Mazkur sikllarning barchasi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, uzoq muddatli sikllar oqimida o‘rta va qisqa muddatli, o‘rta muddatli sikllar to‘lqinida esa bir nechta qisqa muddatli sikllar mavjud bo‘ladi. Ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan asosiy turlari 19-jadvalda ifodalangan.
Download 136.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling