Toshkent iqtisodiy regioni. U Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududlaridan iboratdir. Bu regionga respublikani 3.5% maydoni va 18.5% aholisi to’g’ri keladi.Bu region o’rta hisobda Mamlakat milliy daromadini 25.9% va 32.5% sanoat mahsuloti ishlab chiqaradi.
Ishlab chiqarish potentsiali bo’yicha ikkinchi o’rin Farg’ona iqtisodiy regioniga to’g’ri keladi. Bu region Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarini o’z ichiga oladi va 19.2 ming m2territoriyaga egadir, yoki 4.3% respublika hududini egallaydi. Unda aholini 27.6% yashaydi. Bu region O’zbekiston milliy daromadining 26 %ini, sanoat mahsulotini 31.5% ini, 36.8% qishloq xo’jalik mahsulotini, 28.3% tovar oborotini ishlab chiqaradi.
Markaziy iqtisodiy region o’z ichiga Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarini o’z ichiga oladi. Bu region hudud jihatdan eng katta va kengdir. U respublikaning 37% hududini egallaydi, aholi soni jihatidan 19.9%, milliy daromadini 18.6%, sanoat mahsulotini – 14.6%, qishloq xo’jalik yalpi mahsulotini – 20.8% ini ishlab chiqaradi.
Janubiy iqtisodiy region - Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan iboratdir. U respublikaning 11% hududini va 15.8% aholisini tashkil qiladi. Bu regionda qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, chorvachilik rivojlangan. Unda respublika qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini 19.4%, sanoat mahsulotini 12.4% ini, milliy daromadini 14% shu region etishtiradi.
Mirzacho’l iqtisodiy regioni o’z ichiga Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini oladi. U respublika hududini 5.7%ini, aholisini 6.6%ini oladi. Bu regionda o’rta hisobda respublikaning 6.1% milliy daromadi, 2.7% sanoat mahsuloti va 8.6% qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini etishtiriladi.
Orolbo’yi iqtisodiy regioni. Unga Qoraqalpog’iston avtonom respublikasi va Xorazm viloyati kiradi. Bu regionda respublikani 38.4% hududi va 11.5% aholisi joylashgan. Bu region respublika sanoat mahsulotini 6.3%ini, qishloq xo’jaligi mahsulotini 12.5% ini etishtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |