Iroda borasidagi nazariyalar


www.scientificprogress.uz


Download 473.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.11.2023
Hajmi473.87 Kb.
#1788646
1   2   3
Bog'liq
iroda-borasidagi-nazariyalar

www.scientificprogress.uz
 
Page 1308
Xullas ko’zguga nazar solganimizda tashqi ko’rinishimizda qanday o’zgarish 
bo’lsa, aqliy faoliyatimizda ham xuddi shunday o’zgarish sodir boʻladi. Biz bu 
jarayonda har kuni o’z-o’zimizni ham jismonan, ham ruhan tarbiyalamog’imiz lozim.
Mana shu tarbiya jarayonida ham irodaning o’z ahamiyati, o’z o’rni bor. Bir 
so’z bilan aytganda ruhiy holatdan chiqishimiz, yangi hayot boshlashimiz, teran fikrlay 
olishimiz, qalban pok bo’lmog’imiz uchun hayotimizda bo’ladigan har kungi yangi 
o’zgarishlar-u mashaqqatlarni yengmog’imiz uchun bizdan juda katta iroda talab 
qilinadi. Ruhan sog’lom insongina o’zini hayotning past-u balandiga, og’ir-u yengiliga 
qiyinchilik bilan bo’lsada tarbiya qila oladi. Psixologik jihatdan insonda uchraydigan 
har bir termin, har bir harakat, har bir harakter bir biriga zanjil misol bog’liq. Ularni 
o’zgartirishni yoki alishtirishning imkoni yoʻq.
Ammo tarbiya qilishni, to’g’ri fikrlay olishimiz uchun harakat qilishimiz 
mumkin. Odamning irodaliligi turli situatsiyalarda turlicha namoyon boʻladi. Irodaviy 
harakatlarning sifatlari ikkiga boʻlinadi:
Irodaviy harakatlarga xos ijobiy sifatlar. 
Irodaviy harakatlarga xos salbiy sifatlar. Ijobiy irodaviy sifatlar o’z-o’zini tuta 
bilish, dadillik qat’iyat, chidam, toqat, mustaqillik kabilardan iborat. Irodaviy 
harakatlarni amalga oshirishda uchraydigan tashqi qarshiliklar odamning o’zi bilan 
emas, balki shu amalga oshirishdagi vaziyatlar bilan bog’liq boʻladi. Irodaning ana shu 
hislatlari amalda tug’ma ravishda berilmaydi. Odamda irodaviy sifatlarni tarkib 
toptirishda u mansub bo’lgan jamoaning jamoaning roli katta. Shuning uchun inson 
biror maqsad belgilashi va boshlagan ishini oxirigacha yetkazishi lozim. Ba’zida 
boshlagan ishimizni yakunlashimizga sabrimiz yetmaydi. Psixologik tomondan bu omil 
ham to’g’ridan to’g’ri irodaga borib taqaladi. Qisqa qilib aytganda insonda sodir 
bo’ladigan har qanday holat, jarayonlar va ularning boshlanish va tugash vaqti 
oralig’idagi hodisalar irodaning inson miya faoliyatiga ko’rsatgan ta’siri hisoblanadi.
Iroda ma’lum bir ko’rinishga ega bo’lmagan mavhum tushuncha hisoblanadi. 
Aynan shuning uchun ham uning ko’rinishi haqida hech bir manbada ma’lumot 
ko’rsatilmagan. Iroda kishi individlik jarayonida paydo bo’lib, shakllanib to umrining 
oxirigacha tarbiyalanib va tarbiyalab o’z faoliyatini yaqqol ko’rsatib turgan va barcha 
kishida mavjud bo’lgan tushuncha hisoblanadi. Iroda har kimda mohiyati va 
tushunishiga qarab har xil bo’lishi mumkin. Ammo har kimda har qanday kishida 
bo’ladi. Xoh u individ bo’lsin, xoh shaxs uning ahamiyati yo’q. Iroda tushunchasi 
eramizdan oldingi davrlarda insoniyatning paydo boʻlganligidan to hozirgacha o’z 
mohiyati va asoslariga ega bo’lib kelmoqda.
O’z davring donishmandlari iroda haqida turlicha fikrlar bildirishgan. Masalan:
Faylasuf Arastu iroda haqida shunday deydi; ‘’Iroda inson xulq - atvorini o’zgartirishda 
boshqarish imkoniyatiga ega bo’lgan eng kerakli omildir’’. Yoki bo’lmasa, F.Shiller 
“Iroda odamzodning farqli belgisidir, faqat aqlgina irodani boshqarish uchun abadiy 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 473.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling