Iroda haqida umumiy tushuncha Iroda kuchi Iroda muammosi Xulosa


Download 23.36 Kb.
bet2/2
Sana28.10.2023
Hajmi23.36 Kb.
#1731165
1   2
Bog'liq
Iroda haqida umumiy tushuncha Iroda kuchi Iroda muammosi Xulosa

Iroda kuchi. Iroda ma’lum kuchga ega bo‘ladi; ba’zi hollarda kishining irodasi kuchli sur’atda namoyon bo‘lsa, boshqa hollarda kuchsiz namoyon bo‘ladi. Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir. Iroda kuchining turli darajasi butun irodaviy jarayonlarda ko‘rinadi. Iroda kuchi, avvalo, intilishlarda ko‘rina boshlaydi; biz kuchli hamda kuchsiz intilishlarni, kuchli va kuchsiz xohishlarni farq qilamiz. Iroda kuchi yana tezlik bilan qarorga kela olishda va qarorning mustahkamligida ko‘rinadi. Yuksak g‘oyaviy tamoyillarga asoslangan ongli qat’iyat va sabotlilik kuchli iroda belgilaridandir; qat’iyatsizlik, ikkilanish, qabul qilingan qarorning bajara olishiga shubha bilan qarashlik va sabotsizlik kuchsiz iroda belgilaridandir. Iroda kuchi qat’iyatlikda ifodalanadi. Qat’iyat qarorning bajarilishiga to‘la ishonish va qarshilik hamda qiyinchiliklar qanchalik katta bo‘lmasin (yoki katta bo‘lib ko‘rinmasin) uni albatta amalga oshirishga otlanishdir. Jazm o‘z-o‘ziga buyruq berishdir. Vijdoniy burch talabi yoki yuksak maqsadni amalga oshirish tufayli odamning kerak bo‘lib qolgan paytda o‘lim bilan hayot o‘rtasidan birontasini darhol tanlab ola bilishida ko‘rinadigan jazm, kuchli iroda dalilidir. Bunday jazmning misoli sifatida Usmon Nosir, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriylarning mardona jasoratini ko‘rsatishimiz mumkin. Iroda kuchi qabul qilingan qarorni o‘z vaqtida bajarishda ko‘rinadi. Shuning uchun qarorni bajarmaslik yoki uning bajarilish muddatini doim «galdan-galga» qoldiraverish va boshlangan ishni oxirigacha yetkaza olmaslik kuchsiz irodaning alomatidir. Ammo berilgan qarorni bajarishning, qilingan ish-harakatning hammasi ham irodaning kuchli ekanidan darak beravermaydi. Iroda kuchi, asosan, irodaviy harakatlar yordami bilan qanday to‘siqlar yengilgani va buning bilan qanday natijalarga erishilganligi ila aniqlanadi. Biz irodaviy zo‘r berishlar vositasi bilan yengadigan qarshilik va qiyinchiliklar darajasi va xarakteri iroda kuchining obyektiv ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Agar kishi katta to‘sqinlik va qiyinchiliklarni, qarshi harakatlarni irodaviy zo‘r berish va irodaviy harakatlar yordami bilan yengib, katta muvaffaqiyatlarga erishar ekan, bunday holda biz shu kishining kuchli irodaga ega ekanligi va kuchli iroda ko‘rsatgani haqida gapira olamiz. Kishi irodasining kuchsizligi uning juda arzimas qarshiliklarni ham yenga olmasligida ko‘rinadi. Masalan, ba’zan kishi biron kerakli xatni yozishga yoki biron zarur ishni boshlashga o‘zini majbur eta olmaydi
Irodaning kuchsizligi, odatda, irodasizlik deb ataladi. Iroda kuchi, ayniqsa, o‘zini tuta bilishda, jasurlikda, qat’iyatda, matonatda va chidamlilikda namoyon bo‘ladi. O‘zini tuta bilish. Mana shu so‘zning o‘zidan ko‘rinib turibdiki, o‘zini tuta bilish – kishining o‘z-o‘zini qo‘lga ola bilishidir. O‘zini tuta bilish – kishining oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishga qarshilik ko‘rsatuvchi ichki holatini yengishda ko‘rinadigan kuchli irodadir. O‘zini tuta bilish – toliqish hissini, og‘riqni, qo‘rqinchni, shuning kabilarni yengishda ko‘rinadi, o‘zini tuta bilish ayni paytda keraksiz bo‘lgan reflekslarga, odatlarga, mayllarga yo‘l qo‘ymaslikdir. Yu. A. Gagaringa murojaat qilib: «Uchish paytingizdagi ba’zi vaqtlarda qo‘rqish hissi paydo bo‘lganmi?» deb savol berilganda, kosmonavt shunday deb javob bergan: «Albatta, hamma tirik odamlardagi kabi menda ham bo‘lgan. Biroq, men qo‘rqinch hissini tezda yengib tashladim». O‘zini tuta bilish va qo‘rqmaslik odamning qo‘rqinch hissini kechirmasligida emas, balki ongni yo‘qotib qo‘ymay, o‘z irodasining kuchi bilan bunday hissiyotlarni bosishi va batamom yo‘qotib yuborishidadir. Bu degan so‘z – o‘zini idora qila bilish degan ma’noni bildiradi. O‘zini tuta bilish – vazminlikka oid yuksak fazilatdir. Kishi o‘zini biron narsadan tiyish uchun ba’zan anchagina irodaviy zo‘r berishga, ya’ni iroda kuchini ishga solishga majbur bo‘ladi. Irodasi kuchli kishilar deganda, biz o‘zini mahkam tuta biladigan bosiq kishilarni tushunamiz. O‘zini tuta bilishning aksi deganda, biz ixtiyorsiz harakatlar tomonidan yengilib, ya’ni yo‘q qilib yuboriladigan irodani tushunamiz. Odamning bunday xususiyatini o‘ziga kuchi yetmaslik, o‘zini tiya olmaslik deb ataladi. O‘ziga kuchi yetmaslikning eng keskin ko‘rinishi beboshlik, pastkashlikdir. Bunday odam o‘zida beixtiyor tug‘iladigan salbiy tuyg‘ularga, instinktlarga berilib, o‘z nafsini tiya olmaydi. Bu hayvonlik holatiga tushib qolish demakdir. Dadillik – kishining hayot va omonligi uchun xavfli bo‘lgan qarshiliklarni yengishda ko‘rinadigan iroda kuchidir. Masalan, parashutchi har gal samolyotdan o‘zini tashlaganida dadillik qiladi. Dushmanning orqa tomoniga o‘tib olgan razvedkachilar ham dadillik namunasini ko‘rsatadilar. Dadillik o‘zini tuta bilish bilan mahkam bog‘liqdir. Dadil harakat qilish uchun, avvalo, o‘zini tuta bilish kerak. Dadillik bor joyda o‘zini bilish ham bor. Biron maqsadni amalga oshirishda hamisha dadillik ko‘rsatish mardlik va jasorat deb ataladi.
Har tomonlama rivojlangan ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish barcha davlatlarning maqsad va vazifasi taraqqiyot shartlaridan biri boʻlib kelgan. Lekin komillik uchun jismoniy baquvvat, aqliy yetuk va bilimli boʻlishning oʻzi yetarli emas ekan. Shaxsda uning muhim sifatlaridan boʻlgan irodani va irodaviy harakatlarni boshqara olish qobiliyatini shakllantirish ijtimoiy ahamiyatga molik muammo hisoblanadi. Juda koʻp buyuk shaxslar V. Vыsotskiy, iroda kuchi yetmaganligi sabab ichkilikka berilib ketishgan. Iroda muammosi falsafa va psixologiya fanlarining amaliy vazifalari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ilmiy nazariy jabhalari hisoblanadi. Iroda masalalari koʻp asrli tarixga ega boʻlib, psixologiya va falsafa fanining uchta asosiy kategoriyalaridan biri boʻlgan (aql, hissiyot, iroda). Iroda muammosi avvalo insonning amaliy hatti-harakatlarining vujudga kelishi masalalari doirasida oʻrganila boshlandi. Bunda insonnning oʻzidan chiqayotgan va uni harakatga undovchi kuchni izohlash uchun iroda tushunchasi ishlatila boshlangan. Ayniqsa bu harakatlar inson hohishiga bogʻliq boʻlmagan, hatto unga unga qarshi boʻlgan hollarda amalga oshirilishini oʻrganish zarurati tugʻildi. Bunday harakatlarga undovchi kuchni ruhning oʻziga xos xususiyati bilan izohlanib, uni iroda deb nomladilar. Lekin psixologiya tarixida iroda muammosiga qiziqishning keskin pasayib ketgan davrlari boʻlgan. Shuning uchun bu sohada olib borilgan tadqiqot natijalari bilan faxrlana olmaymiz. Chunki ruhiy jarayonlar, holatlar ichida nazariy, amaliy jihatdan eng kam oʻrganilgani bu iroda muammosidir. Zamonaviy psixologiyada qoʻllanilib kelinayotgan psixolgik aparatlarni tahlil qilgan professor M.G. Yaroshevskiy iroda tushunchasi 20-asr psixologiyasinging asosiy tushunchalarini ifodalovchi aparatlar ichiga kirmaydi deb koʻrsatadi. 20-asr boshlarida gʻarb olimlari chet ellarda ayniqsa, AQSh psixologlari tomonidan iroda muammosi bir muncha nazariy va eksperimental jihatdan oʻrganilgan, lekin 30- yillarga kelib unga boʻlgan qiziqish keskin yoʻqolgan. Psixologiya loʻgʻatini tuzuvchilar AQSh psixologiyasida “ iroda ” tushunchasi deyarli ishlatilmasligini taʼkidlashadi. Ular hatto bu tushunchaning mavjudligini shubha ostiga oladilar.
Iroda muammosiga qiziqishlarning bu xil o`zgarib turishiga sabab nimada? Qiziqishning pasayishiga sabab bo`lgan uch masalani ko`rsatish mumkin.
Metodologik yondoshuvlar (lotincha- метҳодос- tadqiqot yo`li, логос-ta’limot bo`lib, nazariy va amaliy faoliyatni o`rganish va tashkil etishning prinsip va usullar tizimi). Ruh haqida yangi metadalogiya yaratildimi? Yaratilayapti... shulardan materialistik , Freydizm inkor etildi....
Tadqiqot o`tkazishdagi metodik qiyinchiliklar va maxsus metodlarning kamligi iroda masalasini o`rganishga qiziqish yana o`tgan asrning 80 – yillardan biroz tahlana boshlandi. Lekin ko`pgina tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, hozirgi kunda ham b u sohada qilingan ishlar va natijalar etarli emas.Irodani o`rganishga bo`lgan qiziqishning pasayishiga yana bir sabab, “iroda” tushunchasining mazmun – mohiyatini belgilashdagi nazariy qiyinchiliklar bo`ldi.Masalan, iroda tushunchasiga hulq – atvor detirminasiyasi masalalari, hulqqa undovchi kuch, hatti – harakatlar tanlash va harakatlar qilishga qarorlar qabo`l qilish, maqsadlar quyish, ichki va tashqi to`siqlar engib o`tish, hatti – harakatlarni tartibga solish, kabi qator, masalalarni kiritishgan edi.
Professor V.I,Selivanovning ko`rsatishicha, iroda muammosini o`rganish sobiq ittifoqda ham etarli darajada bo`lmagan. 1938- yildan 1958- yilgacha, ya’ni 20 yil ichida , 40 ta ish e’lon qilingan xolos. Bir yilda 2 ta ish ko`rilgan. 1980 -1990 yillar oralig`ida ikkita markaziy jurnallarda 5 ta maqola chop etilgan. Shu yillarda umumiy psixologiyadan yoqlangan 200 ga yaqin dissirtasiyadan faqat to`rttasi iroda muammosiga bog`ishlangan.
Iroda muammosi falsafa va psixologiya tarixida turlicha talqin qilingan. Uning talqinidagi ziddiyat ayniqsa, determinizm va indeterminizmda yaqqol ko`zga tashlangan. Sobiq sovet psixologiyasi davrida psixologlar dialektik ta’limotga suyanib, irodaga inson yashaydigan ijtimoiy-tarixiy sharoit ta’sirida tarkib topadigan yuksak fazilat sifatida qaraydilar.
Irodaga motivasion yondashuv dastavval Aristotel asarlaridan boshlangan. Keyinchalik fransuz olimi Rene Dekart bu masalani atroflicha o`rganishga kirishgan. U Aristotel farqli ravishda irodani insonni xatti-haraktlarga undovchilar ruhning xohishi, deb qaraydi va uni reflektorga bog`liq bo`lmagan ruhiy hodisa, deb reflekktor haqidagi ta’limotni kengaytiradi. Irodaning asosiy vazifasi deb tushuntiradi Dekart- ehtiroslarni (his-hayojonlarni) jilovlab, tanlangan (belgilangan) xatti-harakatlarni bajarishdan iboratdir.Ehtiroslar deb ko`rsatadi Dekart tashqi narsalar ta’sirida tug`iladi, hohish esa bevosita ruh asosida paydo bo`ladi. Ya’ni ruhning mahsuli. Iroda ehtiroslarga qarshi kurashishi, vujudning ehtirosga qaratilgan harakatlarini tormozlab qo`yishi mumkin. R. Dekart aqlni irodaning quroli deb tushuntiradi va yaxshilik hamda yomonlik to`g`risida qat’iy hukmga ega ega bo`lgan ruhni kuchli ruh deb hisoblaydi. Yaxshilikka undovchi, shu yo`lda faol bo`lgan irodaviy harakatlarni kuchli ruhning namoyon bo`lishi deb qaraydi.
Psixologiyada etarli darajada qat’iy fikr qaror topgan bo`lib, iroda — bu insonning qo`yilgan maqsadlariga erishishga yo`naltirilgan ongli faolligidir. V.I.Selivanov irodani tadqiq etish negizida ba’zi xulosalarni chiqaradi:
a) Iroda — bu shaxsning o`z faoliyatini va tashqi olamdagi o`zini o`zi boshqarilish shakllarining anglanish tavsifidir;
b) Iroda — inson ongining bir tomoni bo`lib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir;
s) Iroda — bu amaliy ong, shaxsning o`zini ongli iroda qilishlikdir;
(d) Iroda — bu shaxsning hissiyoti va aql —zakovati bilan bog`liq bo`lgan xususiyatdir.
Tadqiqodchi V . A . Ivannikov irodani motivasiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi, shuningdek, harakat ma’nosining o`zgarishi hisobiga uni tormozlovchi yoki qo`shimcha turtki yaratuvchi imkoniyat, yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi yoki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqariluv esa harakatni "ixtiyoriy boshqariluv ko`rinishlarining bittasi sifatida" tushuniladi, bunda boshqariluv motivasiyaning ixtiyoriy o`zgarish orqali amalga oshirilishi ta’kidlanadi.
Irodaning birinchi eksperimental tadqiqotlari psixolog Narsis Ax nomi bilan bogʻlanadi. Lekin N.Axdan avval, K.Riger ismli psixolog tajribalar oʻtkazgan.Unda sinaluvchi 2 minut davomida maʼlum ogʻirlikdagi yukni qoʻllarini gorizontal holda toʻtib koʻtarib toʻrgan va uning harakatlari maxsus aparatlar kimogrif lentasida qayd etib turilgan. Shu tadqiqotga asoslanib Ax oʻzinig “Eksperimental asosida muntazam kuzatish usuli ” deb nomlangan metodini taklif qildi. Bu metodning mohiyati tashqi eksperimental jarayon taʼsirida vujudga kelgan kechinmalar ruhiy holatlar har gal maʼlum vaqt oraligʻida, tajriba oʻtishi bilanoq batafsil yozib berilgan va tahlil qilingan. Sinaluvchilar dastlabki koʻrsatma berilganidan boshlab stimulning namoyon boʻlishi va reaksiyaning vujudga kelishi oraligʻidagi oʻz kechinmalarini tasvirlab berib turgan. Tajribadan keyin esa suhbat davomida oʻzining butun holatlari haqida hisob bergan. 1910 yili A.Mishotva, N.Geryum ismli olimlarni 2 ta muqobil (Alternativ) stimullardan birini tanlash jarayonini oʻrganish boʻyicha oʻtkazganlar. Mana shu tajriba asosida tajribalar N. Ax bilan O.Zels degan psixologlar oʻrtasida ilmiy bahs ketgan. Bu bahsda Ax irodani toʻsiqlarni yengib oʻtishdan iborat jarayon degan fikrni himoya qilgan boʻlsa,
O.Zels iroda motivlar kurashidan iborat, ruhiy jarayon degan gʻoyani ilgari surdi.Oʻtgan asrning 20 –yillarida bir qator eksperimental tatqiqotlar oʻtkazildi. M.Lindvorskiy oʻtkazgan tajribada sinaluvchilar fan manfaʼati uchun ixtiyoriy ravishda yoqimsiz hidlarga chidab turish boʻyicha sinaluvdan oʻtganlar Xlor , 1932 yili X .Roraxerning turli metodlar yordamida oʻtkazgan eksperimental tadqiqotlari natijasi chop etildi. U maksimal samaradorlik boʻlgan metodikani muomalaga kiritdi. Uning bir variatnida sinaluvchi gorizantal oldinga oʻzatilgan qoʻyidagi yukni imkon qadar uzoq vaqt tutib turish topshirigʻini bajargan Sinaluvchilarning oʻz –oʻzlarini kuzatish orqali olingan natijalarni tahlil qilib Roraxer hissiyot va intellekt iroda kuchiga taʼsir etish, degan xulosaga kelgan.
S.L. Rubenshteyn irodaning tanlovchanlik funksiyasini tan olib, irodaviy ongni to`rt bosiqichini ko`rsatib o`tadi.
1. Maqsad qo`yish– xohish-istaklarni (aktuallashuvi) dolzarbligi.
2. Motivlar ko`rashi va muhokamasi.
3. Harakatga o`tishga qaror qabul qilish.
4. Qarordan harakatga o`tish.
Har qanday irodaviy harakat deb yozadi S.L. Rubenshteyn, o`zida ongli tanlov va qarorni aks ettiruvchi tanlovchanlik akti hisoblanadi. Bu fikrga hamohanglik N.I.Ivanov, V.Frankli, P.Ya.Galperin kabi tadqiqotchilar asarlarida ham uchraydi.
Ekstensiv metodlar asosida yakka sharoitda sub’ekt xulq-atvorini kuzatish metodi yotadi, bundan tashkari suhbat, intervyu, so`rov, anketa usullari kiradi. Ekstensiv metodlar ham o`z navbatida ikkiga ajraladi: umumiy tashqi tavsif metodlari va o`zaro baholash metodlari. Umumiy tashsi tavsif metodlari bilan baholashda 3 xil shart mavjud:
A) Irodaviy sifatlarni bir xil tushuncha bo`yicha baholash
B) Bir yoki bir necha kriteriyalar bo`yicha baholash;
S) Irodaviy sifatlar bir necha shaxslar tomonidan baholanadi; O`zaro baholash metodi sinaluvchilarning ( masalan sinf o`quvchilari) bir-birini baholashdan iborat metoddir.
E.S.Maxlax va I.A.Rappoport(1976)lar 15 balli testni maktabning yuqori sinf o`quvchilarida qo`lladilar. O`quvchilar o`zlarini 5 ta shkala bo`yicha baholadilar: intiluvchanlik, qat’iyatlilik, tirishqoqlik, dadillik va mardlik. Ushbu irodaviy jihatlarning tanlanishiga sabab ular o`rtasidagi korrelyasiyaning mavjudligidir.
Chidamlilikning rivojlanganlik darajasini eksperimental diagnostikasi.
Amerika psixologlari atronavtlardagi chidamlilikni o`rganish uchun «muzdek suv» ularda tajribasini qo`llashdi. Bunda astronavtlarning sovuq suv havzasida kiyimsiz holda qancha vaqt tura olishi o`rganildi.
"Iroda" deyilganda ko`pchilikning ko`z oldiga sportchilarning xatti-harakati, o`zini tutishi keladi. Shu o`rinda bolgar psixologi F.Genov tomonidan taklif etilgan sportchilarning irodaviy sifatlari klassifikasiyasi diqqatga sazovordir.Bu klassifikasiyaga sportning hamma turi uchun umumiy bo`lgan Z ta irodaviy sifat : intiluvchanlik, intizomlilik, ishonchlar kiritilgan.
Download 23.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling