Iroda nazariyalari Reja: Iroda kuchi
Download 76.77 Kb.
|
Iroda nazariyalari 2
O’zini tuta bilish. Mana shu so’zning o’zidan ko’rinib turibdiki, o’zini tuta bilish – kishining o’z-o’zini qo’lga ola bilishidir. O’zini tuta bilish – kishining oldiga qo’ygan maqsadlarini amalga oshirishga qarshilik ko’rsatuvchi ichki holatini engishda ko’rinadigan kuchli irodadir. O’zini tuta bilish – toliqish hissini, og’riqni, qo’rqinchni, shuning kabilarni engishda ko’rinadi, o’zini tuta bilish ayni paytda keraksiz bo’lgan reflekslarga, odatlarga, mayllarga yo’l qo’ymaslikdir. Yu.A.Gagaringa murojaat qilib, uchish paytingizdagi ba’zi vaqtlarda qo’rqish hissi paydo bo’lganmi?– deb savol berilganda, kosmonavt shunday deb javob bergan:– «Albatta, hamma tirik odamlardagi kabi menda ham bo’lgan. Biroq, men kurkinch hissini tezda engib tashladim». Bu o’rinda Gagarin K.D.Ushinskiyning so’zini maqol qilib keltiradi: hech narsadan qo’rqmay o’zini havf-xatarga uradigan odam mard emas, balki eng kuchli qo’rqinch hissini enga oladigan hamda qo’rqinch hissiga bo’ysunmay, havf-xatar haqida o’ylay oladigan odam marddir». Bu juda to’g’ri aytilgan fikr – deydi Gagarin. Men g’ashlanish va bo’shashishdan hech qanday foyda yo’q ekanini bilar edim. Ana shuning uchun, garchi barcha havf-xatarni aniq bilsam ham, bunday narsalarni miyamga kiritmas edim». (Uchitelskaya gazeta, №108 ot 9 sentyabr, 1961 goda).
Qat’iyat. Ma’lum maqsadni amalga oshirishda, ko’pincha uzoq, vaqt davomida irodamizga aks ta’sir qiluvchi katta qarshiliklarni va qiyinchiliklarni engishga to’g’ri keladi. Ba’zi bir qarshilik va qiyinchiliklar go’yo engib bo’lmaydigandek bo’lib ko’rinadi. Bunday hollarda kishi ba’zan qabul qilingan qarordan voz kechadi. Qiyinchiliklardan cho’chib, o’z oldiga qo’yilgan maqsaddan qaytishi mumkin. Biroq, kishi bunday hollarda boshqacha harakat qilishi ham mumkin: maqsadga erishish uchun qilinadigan harakatlarning usulini o’zgartirishi, yangi yo’llarni o’ylab topishi mumkin. Kishi kerakli natijalarni qo’lga kiritish uchun o’zining butun kuch-quvvatini to’plab, barcha qarshilik va qiyinchiliklarga qaramay, ularga bardosh berib, qabul qilingan qarorga muvofiq, uzoq vaqt davomida harakat qilaverishi mumkin. Katta qarshiliklarni engib uzoq vaqt davomida biron maqsadning payiga tushishda ko’rinadigan bunday iroda kuchiga qat’iyat, matonat deb ataladi. Download 76.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling