Iroda nazariyalari Reja: Iroda kuchi
IV. Irodaviy harakatlarning
Download 76.77 Kb.
|
Iroda nazariyalari 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iroda va boshqa psixik jarayonlar
IV. Irodaviy harakatlarning nerv-fiziologik asoslari
Odamning turli xildagi faoliyatlarida namoyon bo’ladigan u yoki bu irodaviy faollik dastavval nerv sistemasining holatiga va irodaviy harakatlarni amalga oshiradigan nerv-fiziologik mexanizmlarining ishiga bog’liqdir. «Odatda ixtiyoriy deb ataladigan barcha ongli harakatlar,– deydi Sechenov,– o’z mohiyati jihatidan aks ettirilgan harakatlardir». Bu degan so’z «barcha insoniy harakatlarning dastlabki sababi odamdan tashqarida, ya’ni tashqi muhitga bog’liqdir». (Izbranno’e filosofskie i psixologicheskie proizvedeniya. Gospoligizdat, 1947, str 148, 174) Irodaviy harakatlarning nerv-fiziologik asosida shartli reflekslar yotadi. I. P. Pavlov ta’limotiga ko’ra, irodaviy harakatlarning hamma mexanizmi yuksak nerv faoliyatining butun qonunlariga bo’ysunuvchi shartli bog’lanishlardan, ya’ni assotsiativ jarayonlardan iboratdir. Irodaviy harakatlar mexanizmlarida, asosiy rolni kinestezik qo’zg’atuvchilar tufayli, ya’ni muskullar harakati tufayli yuzaga keladigan mahsus shartli reflekslar o’ynaydi. Kinestezik hujayra va harakat analizatori turli-tuman qo’zg’atuvchilar bilan muvaqqat aloqa bog’lay olishligi I. P. Pavlov hamda uning hamkorlari tomonidan o’tkazilgan mahsus tajribalarda isbotlab berilgan. Iroda va boshqa psixik jarayonlar Ana shu yuqoridagi aytilganlardan ko’rinib turibdiki, iroda boshqa psixik jarayonlar bilan mahkam bog’liqdir. Irodaviy harakatlar biz idrok qilib turgan u yoki bu sharoitda yuzaga keladilar. Qarorga kelishda, harakatlarni rejalashtirishda (mo’ljallashda) va amalga oshirishda odam ayni shu sharoitni tushuna olishi kerak. Bu tushunish va binobarin, qilinadigan harakatlarning muvaffaqiyati juda ko’p jihatdan sharoitni idrok qilishning tezligi, to’laligi, aniqligi va to’g’riligiga bog’liq. Idrok ana shunday sifatlarga ega bo’lmagan paytda irodaviy harakatlar kechikishi, batamom amalga oshirilmasligi, o’zgarishi, xato bo’lishi mumkin. Irodaviy jarayonlarda xotira katta rol o’ynaydi. Kundalik hayotimizda juda ko’p irodaviy harakatlarimiz tahminan bir xil qiyofada takrorlanadilar. Biron maqsad qo’yishda, harakat usullarini tanlashda, qarorga kelishda va qilingan harakatlarga baho berishda kishi dastavval o’zining turmush tajribasi hamda bilimlariga asoslanadi. Biroq hamma irodaviy harakatlar ham faqat ilgarigi harakatlarning oddiy qaytarilishidan iborat emas. Sharoitning o’zgarib turishi davomida ehtiyoj va qiziqishlarga qarab, odam har doim yangi maqsadlar qo’yishiga hamda harakatning yangi usullarini qidirib topishiga to’g’ri keladi. Bu o’rinda irodaga xayol yordam qiladi. Irodaviy protsessning muhim tomoni biron maqsad qo’yishdir. Biz o’z harakatlarimiz qaratilgan maqsadni har xil aniqlikda tasavvur qilishimiz mumkin: ba’zan maqsadni shu qadar aniq, yorqin va jonli tasavvur qilamizki, go’yo kishi o’z harakatlaridan kelib chiqadigan natijani oldindan ko’rayotgandek bo’ladi; ba’zan esa maqsad noaniq va xira tasavvur qilinishi mumkin. Maqsad qanchalik aniq. bo’lsa, unga intilish ham shunchalik kuchli bo’ladi. Maqsadning aniq bo’lishi shu maqsadga etishish yo’lini qat’iyat bilan, uzil-kesil va ongli sur’atda tanlashga imkon beradi. Maqsadning aniqligi yana harakatning kuchli bo’lishiga, dadillik, sabot bilan ish ko’rishga va chidamli bo’lishga madad beradi. Kishining kuchli iroda ko’rsatishida uning o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini amalga oshirishga mo’ljallangan va amalga oshiradigan yo’l va vositalarni tasavvur qila olishi ham katta ahamiyatga ega. Bu yo’l va vositalarni kishi qanchalik aniq tasavvur qilsa, bu vositalardan birini shunchalik tez tanlab olib, ma’lum qarorga keladi va shunchalik zo’r ishonch bilan harakat qiladi. Download 76.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling