Irodani an`anaviy va zamonaviy talqini reja
Download 46.96 Kb.
|
GATOVA01
IRODANI AN`ANAVIY VA ZAMONAVIY TALQINI Reja: 1).Iroda to’g’risida umumiy tushuncha 2)Iroda va o’zlikni anglash 3)Irodani o’rganishning yangi qirralari Iroda – arabcha xohish, istak, maqsad degan ma’noni bildiradi. U shaxsning ma’lum maqsadni amalga oshirish yo’lidagi o’z xatti-harakatlarini (faoliyatda, muomalada, xulq-atvorda) ongli ravishda yo’naltirib turish, shu yo’ldagi qat’iyatliligi, mavjud to’siqlarni yenga olishga qodir bo’lgan psixologik qobiliyatidir. Iroda inson faoliyati, muomalasi va xulq-atvorining muhim xususiyati, uning turmush mazmunini belgilab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Irodasi mustahkam, kuchli odamda maqsad bilan faoliyat, xulq-atvor izchilligi kuzatiladi. SHaxs oldiga qo’yilgan maqsadga erishishga nisbatan ishonch tuyg’usi irodaning kuch-quvvati va bosh mezonidir. Zero, qat’iy ishonch maqsadga erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni yengishga ham jismonan, ham ruhan asos yaratadi. Falsafa va psixologiya fanlarida turlicha ta’limotlar mavjudligi sababli irodani Ollohga va shaxsga taalluqli deb ham talqin qiladilar. Xuddi shu bois, Olloh irodasi va bandaning irodasi degan so’z birikmalari, tushunchalar vujudga kelgan. Ayrim ta’limotlarda Olloh irodasi tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlarining o’ziga xos me’yori va muvozanatini belgilovchi kuch sifatida tavsiflanadi. Ammo har bir jamiyat taraqqiyoti, uning ilg’or g’oyalarini turmushda amalga oshirish ko’p jihatdan mazkur jamiyat a’zolarining irodasiga bog’liq holda ro’yobga chiqadi. Ilmiy falsafiy va psixologik nuqtai nazardan, xalq va millat irodasini shakllantirishga ajdodlarimiz qadimdan muhim e’tibor qaratganlar. Hamisha iroda bilan e’tiqod uyg’unlikda tavsif qilingan. CHunki bu ikki tushuncha muayyan qarashlar, ta’limotlar e’tiqodlarning g’oyaviy-ma’naviy asosi hisoblanadi. Ma’lumki, e’tiqodning zaif yoki mustahkamligi, umuminsoniy va milliy manfaatlarga mos kelishi (mutanosibligi) yoki mos kelmasligi (nomutanosibligi) ham irodaning mustahkam, puxta, kuchli shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Iroda erkinligi – insonning biror ishni, faoliyatni bajarishga qaratilgan, yo’naltirilgan ongli intilishi hisoblanadi. Falsafa va psixologiyada ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida iroda erkinligi definitsasi atrofida, dunyoviy va diniy ta’limotlar o’rtasida ana shu asosda bahs-munozara hukm surib kelmoqda. Masalan, fatalizm namoyandalari shaxsning barcha xatti-harakatlarini faqat tashqi kuchlar belgilaydi, deb ta’kidlasalar, volyuntarizm ta’limotining vakillari esa odam xatti-harakatlarida mutlaq erkin, bunday erkinlik esa tashqi kuchlarga hech qanday bog’liq emas, degan xulosaviy qarashni olg’a suradilar. Diniy ta’limotlarda esa, umuman erkni, shu jumladan, iroda erkini Xudo belgilaydi, odamning qismati, taqdiri Yaratuvchining irodasiga bog’liq, u oldindan belgilab qo’yilgan, deyiladi. SHuningdek, ayrim diniy ta’limotlarda boshqacharoq talqin ham mavjud bo’lib, ularda inson iroda erkinligiga egadir, u o’z gunohlari uchun javobgardir, degan g’oya ilgari suriladi. • Iroda erkinligi – insonning biror ishni, faoliyatni bajarishga qaratilgan, yo’naltirilgan ongli intilishi hisoblanadi. Falsafa va psixologiyada ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida iroda erkinligi definitsasi atrofida, dunyoviy va diniy ta’limotlar o’rtasida ana shu asosda bahs-munozara hukm surib kelmoqda. Masalan, fatalizm namoyandalari shaxsning barcha xatti-harakatlarini faqat tashqi kuchlar belgilaydi, deb ta’kidlasalar, volyuntarizm ta’limotining vakillari esa odam xatti-harakatlarida mutlaq erkin, bunday erkinlik esa tashqi kuchlarga hech qanday bog’liq emas, degan xulosaviy qarashni olg’a suradilar. Diniy ta’limotlarda esa, umuman erkni, shu jumladan, iroda erkini Xudo belgilaydi, odamning qismati, taqdiri Yaratuvchining irodasiga bog’liq, u oldindan belgilab qo’yilgan, deyiladi. SHuningdek, ayrim diniy ta’limotlarda boshqacharoq talqin ham mavjud bo’lib, ularda inson iroda erkinligiga egadir, u o’z gunohlari uchun javobgardir, degan g’oya ilgari suriladi. Iroda -sub’ektning ichki sharoitlari (ehtiyojlari, qiziqishlari, xohishlari, istaklari, mayllari, bilimlari va boshqalar) orqali aks ettirilgan ob’ektiv olam uning turli maqsadlarni o’z oldiga qo’yish, qaror qabul qilish, erkin harakatni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi. Bu borada fikr yuritilganda, odamning istaklariga binoan tanlab olinadigan iroda emas, balki ob’ektiv zaruriyatga muvofiq adekvat tarzda saralangan irodagina erkindir. • Iroda -sub’ektning ichki sharoitlari (ehtiyojlari, qiziqishlari, xohishlari, istaklari, mayllari, bilimlari va boshqalar) orqali aks ettirilgan ob’ektiv olam uning turli maqsadlarni o’z oldiga qo’yish, qaror qabul qilish, erkin harakatni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi. Bu borada fikr yuritilganda, odamning istaklariga binoan tanlab olinadigan iroda emas, balki ob’ektiv zaruriyatga muvofiq adekvat tarzda saralangan irodagina erkindir. • Har qanday harakat yoki faoliyatning irodaviy xususiyati shundan iboratki, muayyan shaxs aynan iroda orqali mavqega erishish uchun tashqi yoki ichki to’siqlarni, qiyinchiliklarni yengib o’tish lozim. Kuchli irodali insonning dastlabki omili ma’lum maqsadni oldiga qo’yib, avvalo uni anglab yetishdan, faoliyatni (ish-amallarni) amalga oshirish maqsadga muvofiq omilkor usullarni tanlab olishdan iborat. Muayyan bir ishning iroda erkinligi asosida gavdalanishi uchun hal qiluvchi narsa ushbu ish yuzasidan qabul qilingan qarorning bajarilishidir. Iroda erkinligini insonga tabiat baxsh etgan emas, balki u ijtimoiy tajribalarda, ijtimoiylashuv jarayonida sub’ekt tomonidan o’zlashtiriladi. Psixologiya fanida yaratilgan qonuniyatlarga asoslangan holda, nazariyalar, kontseptsiyalar mohiyatiga suyanib iroda kategoriyasiga taalluqli motivatsion, regulyativ, vaqt erkinligi kabi yondashuvlar, mexanizmlar, ixtiyorsiz (shuursiz) va ixtiyoriy (shuurli) xatti-harakatlar, qaror qilish shakllari, xususiyatlari; shaxsning shakllanishida irodaviy sifatlarning roli; faoliyat, xulq-atvor, muomala muvaffaqiyatini ta’minlashda iroda funktsiyasining o’ziga xosligi; iroda to’g’risidagi buyuk ajdodlarimizning ta’limotlari, masalan, tasavvuf ta’limotining iroda tarkib topishidagi ahamiyati mushohadasi; komil inson nazariyasi;1-Prezident Islom Karimov asarlaridagi barkamol shaxs to’g’risidagi g’oyalar; davlatimizning “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ta’lim to’g’risida “Qonun” hujjatlari; ““Men” kontseptsiyasi – o’zini o’zi namoyon etish hamda boshqarish (regulyatsiya) imkoniyati ekanligi”2, ushbu monografiyamiz metodologiyasi va yoki izlanish negizi funktsiyasini bajaradi. • Psixologiya fanida yaratilgan qonuniyatlarga asoslangan holda, nazariyalar, kontseptsiyalar mohiyatiga suyanib iroda kategoriyasiga taalluqli motivatsion, regulyativ, vaqt erkinligi kabi yondashuvlar, mexanizmlar, ixtiyorsiz (shuursiz) va ixtiyoriy (shuurli) xatti-harakatlar, qaror qilish shakllari, xususiyatlari; shaxsning shakllanishida irodaviy sifatlarning roli; faoliyat, xulq-atvor, muomala muvaffaqiyatini ta’minlashda iroda funktsiyasining o’ziga xosligi; iroda to’g’risidagi buyuk ajdodlarimizning ta’limotlari, masalan, tasavvuf ta’limotining iroda tarkib topishidagi ahamiyati mushohadasi; komil inson nazariyasi;1-Prezident Islom Karimov asarlaridagi barkamol shaxs to’g’risidagi g’oyalar; davlatimizning “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ta’lim to’g’risida “Qonun” hujjatlari; ““Men” kontseptsiyasi – o’zini o’zi namoyon etish hamda boshqarish (regulyatsiya) imkoniyati ekanligi”2, ushbu monografiyamiz metodologiyasi va yoki izlanish negizi funktsiyasini bajaradi. • Suningdek, psixologiyada irodaga ko’pfunktsional kategoriya sifatida yangicha yondashuv, original kontseptsiyaning mohiyati yoritib berilganligi; irodani shakllanish jarayonining ichki va tashqi omillari tavsifi yaratilganligi; iroda tuzilishi (ierarxiyasi) yuzasidan o’ziga xos mulohazalar, mushohadalar bildirilganligi; irodaga oid yondashuvlar tahlili muayyan belgi va alomatlarga binoan umumlashtirilganligi; irodaning patologik holatlari eksperimental materiallar asosida izohlanganligi; iroda shakllanishining gender munosabatlari, jabhalari talqin qilinganligi; iroda shakllanishida psixikaning shakllari (faoliyat, fe’l-atvor, muomala) o’ziga xos ta’sirchan, harakatlantiruvchi kuch ekanligi dalillanganligi; atrof-muhit, ichki va tashqi omillarni shakllanish jarayonidagi roli qiyosiy tahlil qilinganligi va boshqalar ushbu monografiyaning ilmiy-nazariy yangiligi hisoblanadi. Ijtimoiy turmushda shaxsning irodaviy faoliyati (o’ziga xos tuzilishga ega bo’lganligi tufayli) o’z oldiga qo’ygan anglangan, ya’ni inson o’zi tushungan maqsadlarni bajarishdan, amalga oshirishdan, ro’yobga chiqarishdan iborat sodda shakldagi (oddiy) harakatlarning shunchaki majmuasidan tuzilgan emas, albatta. Xuddi shu boisdan zo’r berishni (ruhiy jihatdan) taqozo, talab etmaydigan ish-harakatlari (masalan, shkafdan choynakni olish, sochiqni qoziqqa ilish, kosani tokchaga qo’yish va boshqalar) bilan irodaviy faoliyat tarkiblari o’rtasida ham miqdor, ham sifat jihatdan keskin farq mavjud. Odamning irodaviy faoliyati o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda shaxs o’z oldiga qo’ygan va uning uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o’zi uchun kamroq qiymatga ega bo’lgan xatti-harakat motivlarini bo’ysundiradi. • Ijtimoiy turmushda shaxsning irodaviy faoliyati (o’ziga xos tuzilishga ega bo’lganligi tufayli) o’z oldiga qo’ygan anglangan, ya’ni inson o’zi tushungan maqsadlarni bajarishdan, amalga oshirishdan, ro’yobga chiqarishdan iborat sodda shakldagi (oddiy) harakatlarning shunchaki majmuasidan tuzilgan emas, albatta. Xuddi shu boisdan zo’r berishni (ruhiy jihatdan) taqozo, talab etmaydigan ish-harakatlari (masalan, shkafdan choynakni olish, sochiqni qoziqqa ilish, kosani tokchaga qo’yish va boshqalar) bilan irodaviy faoliyat tarkiblari o’rtasida ham miqdor, ham sifat jihatdan keskin farq mavjud. Odamning irodaviy faoliyati o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda shaxs o’z oldiga qo’ygan va uning uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o’zi uchun kamroq qiymatga ega bo’lgan xatti-harakat motivlarini bo’ysundiradi. • Qolaversa, ustuvor (etakchi, dominant) motivlar (ichki turtkilar) qo’shimcha ko’makchi motivlarni muayyan yo’nalishga yo’naltirib, ularni umumiy (yaxlit) maqsadga xizmat qildiradi. IRODA VA O’ZLIGINI ANGLASH • IRODA VA O’ZLIGINI ANGLASH Psixologik tahlillarga qaraganda, ijtimoiy turmushda taraqqiyotni keltirib chiqaruvchi omillar va printsiplar to’g’risidagi ta’limotlarga nisbatan munosabatlar o’zgarib borishi turlicha metodologik muammolarni yuzaga keltiradi. Bizningcha, har qaysi muammo taraqqiyotni amalga oshiruvchi, harakatlantiruvchi kuchning mohiyati va mazmuni bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning ijtimoiy turmushda tutgan o’rni, biosfera bilan noosfera aloqasi, ularda batartib (tekis harakat) va betartib (xaos, xaotik) harakatlanish ehtimoli mavjudligi haqidagi mulohazalar tobora avj olib bormoqda. Zamonaviy psixologiyada uning moddiy asoslari yuzasidan fikr yuritilganda biosfera va noosferada harakatlar batartib amalga oshadi, buning natijasida qonuniyatlar voqelik, holat va hodisalarni bevosita boshqarib, ya’ni regulyatsiya qiladi, deb tushuntiriladi. Biroq biosferada ham, noosferada ham betartib (xaos, xaotik) harakat hukm surishi mumkinligi to’g’risidagi omillarga, negadir e’tibor susaygan. Buning natijasida ob’ektiv va sub’ektiv sabablar oqibatni keltirib chiqarishi tan olingan, lekin oqibat sababning yuksak motivi sifatida ro’yobga chiqishi psixologiyaning tadqiqot predmetiga, hatto kiritilmagan. Fazoviy aloqalar (psixosfera) nafaqat stixiyalarni yuzaga keltirish bilan tavsiflanadi, balki tabiatga, insoniyatga ijobiy ta’sir etuvchi zarrachalar, moddalar, nurlarni yoyish imkoniyatiga ega. Yer kurrasiga ba’zi bir kasalliklar (infark, insulьt, rak) tarqalishining bosh omili hisoblanadi, ikkinchi tomondan, miya, tana a’zolari tarkibiga mos zarrachalarning idrok maydoniga muvaqqat to’planishi tufayli tez fikrlash, ilhomlanish vujudga kelishini dalillash mumkin bo’ladi. Olamni larzaga keltirayotgan stixiyalar to’g’risida ham manfiy fikr bilan birga, xaotik harakatlarni ma’lum yo’nalishda, muayyan fazoda va vaqtda muvaqqat hukm surishi ehtimolini izohlash mumkin. Ba’zi bir favquloddagi hodisalar, holatlar, kechinmalar, omadsizliklar kabi voqelikni tushuntirishda ikkiyoqlama stimulyator tarkibini dadillik, xayolparishonlik, frustratsiya, eyforiya qamrab olishi, bir tomondan, insonda quvonch tuyg’usini, ikkinchi tomondan, omadsizlik, baxtsizlikni keltiradi.Sun’iy kuchaytirgich yoki susaytirgich ta’sirini ilmiy asosda tushuntirish umumiy psixologiya fani javob bera olmaydigan hodisalar qariyb yo’q ekanligini bildiradi. o Olamni larzaga keltirayotgan stixiyalar to’g’risida ham manfiy fikr bilan birga, xaotik harakatlarni ma’lum yo’nalishda, muayyan fazoda va vaqtda muvaqqat hukm surishi ehtimolini izohlash mumkin. Ba’zi bir favquloddagi hodisalar, holatlar, kechinmalar, omadsizliklar kabi voqelikni tushuntirishda ikkiyoqlama stimulyator tarkibini dadillik, xayolparishonlik, frustratsiya, eyforiya qamrab olishi, bir tomondan, insonda quvonch tuyg’usini, ikkinchi tomondan, omadsizlik, baxtsizlikni keltiradi.Sun’iy kuchaytirgich yoki susaytirgich ta’sirini ilmiy asosda tushuntirish umumiy psixologiya fani javob bera olmaydigan hodisalar qariyb yo’q ekanligini bildiradi. o Psixologiyada ishlab chiqarish kuchlari bilan ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasidagi mutanosiblik taraqqiyotni belgilaydi, degan g’oya fanning metodologik asosi sifatida bir necha yillar to’liq tan olinib kelindi. Bizningcha, o’zaro muvofiqlik taraqqiyotni emas, balki barqarorlikni (stabillashuvni) keltirib chiqaradi, xolos. Binobarin, barqarorlashuv rivojlanishni bildirib kelmasdan, balki uning bir tekis, maromida kechayotganligini anglatadi. Shuning uchun bu psixologik hodisa umumiy taraqqiyotni emas, balki mo’l-ko’lchilikni, serobchilikni bildiradi. Ikkinchi tomondan, ishchilar sinfiga berilgan yuksak ijtimoiy-psixologik baho ham taraqqiyotning harakatlantiruvchisi (ya’ni mexanizmi) to’g’risidagi masalaga adekvat javob bera olmaydi. Darhaqiqat, ishchilar sinfi uyushgan, ilg’or bo’lishiga qaramasdan, bu makro guruh ijtimoiy hayotda mo’l-ko’lchilikni yaratish bilan cheklangandir. Lekin bu sinf yangilikni vujudga keltirish, kashfiyot qilish bilan qariyb shug’ullangan emas, shuning uchun qator zaifliklar guruhiy xususiyatdir. Bizningcha, taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi asosiy omil – bu mikro yoki mize guruhdagi shaxslar (olimlar, salohiyatli davlat arboblari) bo’lib, biosfera va noosferaning insoniyat uchun noma’lum, yangi qirralarini ochishga qodirdirlar. Hozirgi davrda inson omili komil inson ta’limotining bosh maqsadiga apylangani uchun uning xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari, xosiyatlari, sifatlari, ichki imkoniyatlari, gender farqlari, iste’dod alomatlari odamda qancha erta ro’yobga chiqarilsa, taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi super shaxslarni shakllantirish shunchalik tezlashadi. Psixolog E.G’ozievning kontseptsiyasiga binoan, inson kamoloti quyidagi bosqichlarni bosib o’tishi joiz: “Murtaklik – odam – inson – shaxs – sub’ekt – komil inson”3. Olimning ta’kidlashicha, murtaklik – bu embrional davr, odam (falsafiy individ), inson (qatorga qo’shilish davri), shaxs (jismoniy, ijtimoiy, ma’naviy mezon bo’yicha), sub’ekt (shaxsiy g’oya, maqsadga intilish, uzluksiz motivlar kurashi xususiyat darajasida ekanligi), komil inson (jismoniy, axloqiy, aqliy yuksak ko’rsatkichlari; o’ta onglilik, antitsipatsiya, refleksiya; “Men” bilan “Biz”ning o’rin almashishi qat’iyligi va boshqalar) o’ziga xoslikka ega bo’lgan betakror, alloma, daho zot ifodasidir. Bizningcha, inson komillik sari qancha tezkor harakat qilsa, u kamolotni shunchalik ertaroq egallaydi, natijada taraqqiyotni jadallashtirishga o’zining munosib hissasini qo’shadi. SHuni ta’kidlab o’tishimiz kerakki, komillik shaxs qurshab turgan voqelikni adekvat aks ettirish imkoniyatida, faol, mustaqil faoliyatida, psixika shakllari takomillashib borishida, individuallikni namoyon etish orqali, rivojlanishdan ilgarilab ketish natijasida asta-sekin shakllana boradi. Ko’p funktsiyali ijtimoiy turmushda faoliyat, muomala, xulq-atvor maqsadga muvofiq takomillashishida irodaviy sifatlar, xatti-harakatlar, irodaviy zo’r berish hal qiluvchi psixologik ahamiyat kasb etadi. o Hozirgi davrda inson omili komil inson ta’limotining bosh maqsadiga apylangani uchun uning xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari, xosiyatlari, sifatlari, ichki imkoniyatlari, gender farqlari, iste’dod alomatlari odamda qancha erta ro’yobga chiqarilsa, taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi super shaxslarni shakllantirish shunchalik tezlashadi. Psixolog E.G’ozievning kontseptsiyasiga binoan, inson kamoloti quyidagi bosqichlarni bosib o’tishi joiz: “Murtaklik – odam – inson – shaxs – sub’ekt – komil inson”3. Olimning ta’kidlashicha, murtaklik – bu embrional davr, odam (falsafiy individ), inson (qatorga qo’shilish davri), shaxs (jismoniy, ijtimoiy, ma’naviy mezon bo’yicha), sub’ekt (shaxsiy g’oya, maqsadga intilish, uzluksiz motivlar kurashi xususiyat darajasida ekanligi), komil inson (jismoniy, axloqiy, aqliy yuksak ko’rsatkichlari; o’ta onglilik, antitsipatsiya, refleksiya; “Men” bilan “Biz”ning o’rin almashishi qat’iyligi va boshqalar) o’ziga xoslikka ega bo’lgan betakror, alloma, daho zot ifodasidir. Bizningcha, inson komillik sari qancha tezkor harakat qilsa, u kamolotni shunchalik ertaroq egallaydi, natijada taraqqiyotni jadallashtirishga o’zining munosib hissasini qo’shadi. SHuni ta’kidlab o’tishimiz kerakki, komillik shaxs qurshab turgan voqelikni adekvat aks ettirish imkoniyatida, faol, mustaqil faoliyatida, psixika shakllari takomillashib borishida, individuallikni namoyon etish orqali, rivojlanishdan ilgarilab ketish natijasida asta-sekin shakllana boradi. Ko’p funktsiyali ijtimoiy turmushda faoliyat, muomala, xulq-atvor maqsadga muvofiq takomillashishida irodaviy sifatlar, xatti-harakatlar, irodaviy zo’r berish hal qiluvchi psixologik ahamiyat kasb etadi. Psixologiya fanida o’zini o’zi anglash bilan iroda o’rtasidagi munosabat XX asrda ham XXI asrda ham psixologlarning diqqat markazida turgan. CHunki har ikkala umumpsixologik tushunchalar uzluksiz ravishda bir-birini taqozo qiladi, o’zaro munosabatlar esa ikkiyoqlama tarzda amalga oshib turadi. SHuni eslash o’rinliki, har ikkala definitsa ong bilan bevosita bog’liq holda vujudga keladi, o’zaro ta’sir natijasida faoliyatda, xulq-atvorda va muomala jarayonida takomillashadi. Anglanmagan hodisaga munosabat bildirish qanchalik murakkab psixologik voqelik bo’lsa, diqqatni ob’ektga to’plash, masala yechimini topish uchun omilkor xatti-harakatlarni tanlash ham xuddi shunday kognitiv qonuniyatlarni, mexanizmlarni, zaruriy sharoitlarni talab etadi. Ma’lumki, har xil mohiyatga, tuzilishga, negizga ega bo’lishdan qat’i nazar insondan zo’riqishni, jiddiylik, muammoli vaziyatni bartaraf etish strategiyasi va taktikasi ustida ijodiy fikr yuritishni maqsadga aylantiradi o Psixologiya fanida o’zini o’zi anglash bilan iroda o’rtasidagi munosabat XX asrda ham XXI asrda ham psixologlarning diqqat markazida turgan. CHunki har ikkala umumpsixologik tushunchalar uzluksiz ravishda bir-birini taqozo qiladi, o’zaro munosabatlar esa ikkiyoqlama tarzda amalga oshib turadi. SHuni eslash o’rinliki, har ikkala definitsa ong bilan bevosita bog’liq holda vujudga keladi, o’zaro ta’sir natijasida faoliyatda, xulq-atvorda va muomala jarayonida takomillashadi. Anglanmagan hodisaga munosabat bildirish qanchalik murakkab psixologik voqelik bo’lsa, diqqatni ob’ektga to’plash, masala yechimini topish uchun omilkor xatti-harakatlarni tanlash ham xuddi shunday kognitiv qonuniyatlarni, mexanizmlarni, zaruriy sharoitlarni talab etadi. Ma’lumki, har xil mohiyatga, tuzilishga, negizga ega bo’lishdan qat’i nazar insondan zo’riqishni, jiddiylik, muammoli vaziyatni bartaraf etish strategiyasi va taktikasi ustida ijodiy fikr yuritishni maqsadga aylantiradi Irodaviy faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: o Irodaviy faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: o 1) irodaviy harakatlarni shaxs doimo ularning sub’ekti sifatida amalga oshiradi; o 2) irodaviy akt, harakat shaxs tomonidan to’la-to’kis mas’ullikni olgan ish, amal, akt sifatida ichdan (ruhiy dunyosida) kechiriladi; o 3) irodaviy faoliyat tufayli inson ko’p jihatdan o’zini o’zi shaxs sifatida anglaydi (o’zlikni anglash bosqichi yuzaga keladi); o 4) irodaviy faoliyat ta’sirida shaxs o’zining hayot yo’lini hamda taqdirini o’zi belgilashi shart ekanligini tushunib yetadi. Iroda funktsiyalari: 1)Faollashtiruvchi 2)Tormozlovchi IRODANI O’RGANISHNING YANGI QIRRALARI IRODANI O’RGANISHNING YANGI QIRRALARI Inson u yoki bu xususiyatlarga ega bo’lgan qaror qabul qilib, zaruriy xatti-harakat (amal)ni amalga oshirishni tushunib (anglab) tursa-da, lekin aksariyat hollarda uni bajarishga unchalik shoshilmaydi. Hatto mutaxassis psixologlar har doim ham odamlar hal qilinishi ko’ndalang turgan ehtiyojlarini qoniqtirishga, shaxsiy qarorlari va rejalarini ro’yobga chiqarish uchun hech qanday chora va tadbirlarni qo’llashni istamasliklari yoki xohishlari yo’qligini, uning sabablarini tushuntira olmaydilar.Bu borada shunday psixologik fenomenal holatni ta’kidlab o’tish joizki, insonlar allaqachon zaruriy bilimlarni egallagan bo’lsalar-da, turmushga nisbatan shaxsiy qarashlari va e’tiqodlariga itoat etgan holda yashasalar-da, lekin ular o’z oldilarida turgan topshiriq (ish yoki vazifa)larni yechish (bajarish)ga har xil sur’atda kirishadilar, bunda ayrim qiyinchiliklarga duch kelsalar-da, ularning ayrimlari o’z harakatlarini birdaniga tugatadilar, boshqalari esa ikki baravar shijoat (kuch-quvvat) bilan urinishni davom ettiradilar. Bunday psixologik holatlarning barchasini psixika xususiyatlari bilan bog’lashga harakat qiladilar, natijada iroda to’g’risida turlicha fikr va mulohazalar vujudga keladi. Modomiki shunday ekan, bizningcha, iroda – bu shaxsning o’z xulq-atvori, faoliyati va muomalasini ongli tarzda boshqarishi bo’lib, maqsadga yo’naltirilgan harakat va xulq-atvorni amalga oshirish jarayonida tashqi, ichki qiyinchiliklarni yengish uquvida ifodalanadi. Irodaning asosiy vazifasi – o’z xulqini boshqarish, o’z faolligini ongli idora qilishdir, qachonki mo’’tadil turmush sharoitida to’siqlar vujudga kelsa, faqat shundagina uning funktsional jabhasi ishga tushadi. Iroda o’z mohiyatiga ko’ra, qachonki inson o’z mayllarini boshqarishga qobil bo’lsa, u yoki bu tarzda unga shaxsiy munosabatini bildira olsa, faqat shundagina vujudga kelishi mumkin.Agarda, shaxs o’zining mayllaridan (xohishlaridan) yuqoriroq darajaga ko’tarilish uchun inson ulardan chetlashish (begonalashish) imkoniga ega bo’lishi mumkin, chunki u sub’ekt sifatida o’zini o’zi anglash, ustunlikka erishish uchun ular o’rtasida tanlov o’tkazishga tayyor holda turishi kerak. Ko’rinib turibdiki, irodaning mohiyati, vujudga kelishi, bajaradiganfunktsiyasi murakkabligi uchun unga ta’rif berish ham shunchalik mushkuldir. S.L.Rubinshteynning ta’biricha, “Iroda – bu ichki va tashqi to’siqlarni yengish bilan bog’liq kechadigan, shaxsning o’z xulq-atvori, faoliyati va muomalasini boshqarishdir”5. Bizningcha, insonning bu qobiliyati sub’ektning o’z xulqi va psixologik hodisalarni, o’zini determinatsiya hamda regulyatsiya qilishda namoyon bo’ladi. Irodaning asosiy vazifasi – o’z xulqini boshqarish, o’z faolligini ongli idora qilishdir, qachonki mo’’tadil turmush sharoitida to’siqlar vujudga kelsa, faqat shundagina uning funktsional jabhasi ishga tushadi. Iroda o’z mohiyatiga ko’ra, qachonki inson o’z mayllarini boshqarishga qobil bo’lsa, u yoki bu tarzda unga shaxsiy munosabatini bildira olsa, faqat shundagina vujudga kelishi mumkin.Agarda, shaxs o’zining mayllaridan (xohishlaridan) yuqoriroq darajaga ko’tarilish uchun inson ulardan chetlashish (begonalashish) imkoniga ega bo’lishi mumkin, chunki u sub’ekt sifatida o’zini o’zi anglash, ustunlikka erishish uchun ular o’rtasida tanlov o’tkazishga tayyor holda turishi kerak. Ko’rinib turibdiki, irodaning mohiyati, vujudga kelishi, bajaradiganfunktsiyasi murakkabligi uchun unga ta’rif berish ham shunchalik mushkuldir. S.L.Rubinshteynning ta’biricha, “Iroda – bu ichki va tashqi to’siqlarni yengish bilan bog’liq kechadigan, shaxsning o’z xulq-atvori, faoliyati va muomalasini boshqarishdir”5. Bizningcha, insonning bu qobiliyati sub’ektning o’z xulqi va psixologik hodisalarni, o’zini determinatsiya hamda regulyatsiya qilishda namoyon bo’ladi. Hozirgi davrda psixologiya fanida iroda to’g’risida bir xil nazariya mavjud emas, lekin shunga qaramasdan, ko’pchilik olimlar tomonidan uning terminologik aniqligi, bir xil ma’no kasb etishligi mezonlari bo’yicha iroda to’g’risida yaxlit ta’limot yaratishga harakat qilinmoqda. Ta’limot yaratish uchun esa ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot (tarixiylik printsipiga asoslangan holda) bosqichlariga filogenetik hamda ontogenetik nuqtai nazardan yondashish maqsadga muvofiq. Xuddi shu bois, irodani tarixiy bosqichlarga asoslanib o’rganishni bir necha davrlarga ajratish mumkin, jumladan: Ta’limot yaratish uchun esa ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot (tarixiylik printsipiga asoslangan holda) bosqichlariga filogenetik hamda ontogenetik nuqtai nazardan yondashish maqsadga muvofiq. Xuddi shu bois, irodani tarixiy bosqichlarga asoslanib o’rganishni bir necha davrlarga ajratish mumkin, jumladan: 1) shaxs xohishiga zid tarzda sub’ekt aqlini qo’zg’atuvchi, harakatlarni amalga oshiruvchi mexanizm sifatida irodani tushunish bilan bog’liq davr; falsafa fanining idealistik oqimi (oldingi asrlarda) sifatida volyuntarizmning vujudga kelishi bilan aloqador bosqich; 2) irodani motivlar kurashi bilan bog’lashga va uni tanlash muammolarini izohlashga harakat qilingan palla; 3) maqsadga erishish uzluksiz jarayonida shaxs uchraydigan minimal qiyinchiliklar va to’siqlarni bartaraf etish mexanizmi sifatida irodaga yondashishni boshlanish fazasi kabilar. Hozirgi davrda (XXI asrda) irodaning tabiati va muammolari to’g’risida jahon psixologiyasi fanida bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar yordami bilan kurashuvchi ikkita oqim mavjud. Mazkur oqimlardan birisi irodani motivlar va motivatsiyalar bilan almashtiradi, ularning namoyandalari uchun ayniylashtirish hech qanday jiddiy nuqsonlarga olib kelmaydi, go’yoki ular ayni bir narsa deb ta’kidlaydilar. Bu yo’nalish namoyandalarining qarashlariga mutanosib (mos tarzda) yondashilsa, “irodaga qarshi” deyilsa, demak “xohishga qarshi” ham deganidir. SHuni unutmaslik kerakki, xohish har xil kuchga (kuchlanishga) egadir. Bu holga binoan, “xohish kuchi” “iroda kuchi”ning almashtiruvchisiga aylanib qoladi. Bu bilan ehtiyoj kechinmasining kuchi to’g’risidagi tasavvur irodaviy jismoniy va psixik zo’riqish (tanglik) bo’yicha mulohazani almashtirish hodisasi yuzaga keltirilganga o’xshaydi. SHaxs faoliyati va xulqini regulyatsiya qilish (boshqarish)ning ongli hamda motivatsion usuli sifatida (tariqasida) iroda gavdalanadi, namoyon bo’ladi. Hozirgi davrda (XXI asrda) irodaning tabiati va muammolari to’g’risida jahon psixologiyasi fanida bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar yordami bilan kurashuvchi ikkita oqim mavjud. Mazkur oqimlardan birisi irodani motivlar va motivatsiyalar bilan almashtiradi, ularning namoyandalari uchun ayniylashtirish hech qanday jiddiy nuqsonlarga olib kelmaydi, go’yoki ular ayni bir narsa deb ta’kidlaydilar. Bu yo’nalish namoyandalarining qarashlariga mutanosib (mos tarzda) yondashilsa, “irodaga qarshi” deyilsa, demak “xohishga qarshi” ham deganidir. SHuni unutmaslik kerakki, xohish har xil kuchga (kuchlanishga) egadir. Bu holga binoan, “xohish kuchi” “iroda kuchi”ning almashtiruvchisiga aylanib qoladi. Bu bilan ehtiyoj kechinmasining kuchi to’g’risidagi tasavvur irodaviy jismoniy va psixik zo’riqish (tanglik) bo’yicha mulohazani almashtirish hodisasi yuzaga keltirilganga o’xshaydi. SHaxs faoliyati va xulqini regulyatsiya qilish (boshqarish)ning ongli hamda motivatsion usuli sifatida (tariqasida) iroda gavdalanadi, namoyon bo’ladi. Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi; v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo. Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi. Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi. Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.[1][3] Imagine conducting an experiment measuring the physiological responses of emotion. In each of four rooms, you have someone watching a movie: In the first, the person is viewing a horror show; in the second, an anger- provoking film; in the third, a sexually arousing film; in the fourth, an ut¬terly boring movie. From the control center you monitor each person's physiological responses, measuring perspiration, breathing, and heart rates. Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi. Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi.[1] Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. Chunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi. [2][3] Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «Yuragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi. Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi. Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv-fiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: «Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak». Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol ko‘rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, biron yoqimli ko‘ydan lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasligi mumkin. Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni tug‘diradi. Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab hisni tashkil qiladi.[2] Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi. Chunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.
Download 46.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling