Irrigatsiya va melioratsiya ishlari
Download 24.92 Kb.
|
Irrigatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amu-Qorako’l mashina-kanal
Irrigatsiya va melioratsiya ishlari O’zbekiston qishloq xo’jaligi va ayniqsa uning etakchi tarmog’i-paxtachilik sohasining tezkor rivojlanishidan manfaatdor bo’lgan sovet hukumati avval boshdan respublikada irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash va takomillashtirishga jiddiy e’tibor berib bordi. Shu maqsadda 1922 yildayoq respublikada irrigatsiya tizimini qayta tiklash va yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berildi. Xususan, O’zbekiston hukumati tarkibida suv va qishloq xo’jalagi Xalq Komissarligi, uning huzurida esa suv xo’jaligi bosh boshqarmasi, joylarda viloyat, tuman, uchastka suv qo’mitalari tashkil e ildi. Ularga davlat yordami ko’rsatib borildi. Jumladan, 1922 yilda irrigatsiya ishlariga 6 mln. oltin rubl hisobida mablag’ ajratildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad sug’oriladigan erlarni 2 yil ichida 2 mln. desyatinaga etkazish edi. Joylarda suv inshootlari qurilishi avj oldirib yuborildi. Yangi kanallar, ariqlar qurildi. Ko’plab yangi erlar o’zlashtirildi. Natijada 1924 yilga kelib sug’oriladigan erlar miqdori 2,4 mln. desyatinaga, shu jumladan, paxta ekiladigan maydon esa 500 ming desyatinaga etkazildi. Bu ishlar O’zbekiston SSR tuzilgach, yanada avj oldi. Urushgacha bo’lgan davrda respublikada Darg’om, Norpoy, Sovoy, Dalvarzin, Log’an, Katta Farg’ona kanallari, Kattaqo’rg’on suv ombori kabi ko’plab suv inshootlari qurildi. Dalvarzin, Sovoy, Uchqo’rg’on, Mirzacho’l, Chirchiq-Ohangaron vodiylarida, Zarafshon daryosi havzasida, shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryoda irrigatsiya tarmoqlari ancha yaxshilandi. 1929-1933 yillarda bu sohaga 234,9 mln. rubl sarflandi. 1939 yilda O’zbekiston KP(b) Markaziy Qo’mitasi va respublika hukumati xashar yo’li bilan Katta Farg’ona kanalini qurish to’g’risida qaror qabul qildi. O’sha yilning 1 avgustidan 160 ming kolxozchi kanal qurilishini boshlab yubordi. Uzunligi 270 kilometr bo’lgan bu kanal asosan qo’l mehnati bilan 45 kun ichida qurildi. Katta Farg’ona kanali Farg’ona vodiysining asosiy qon tomiri bo’lib qoldi. Vodiyda 60 ming gektar cho’lli erlar o’zlashtirilib, 500 ming gektar erni suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi. Shuningdek, ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda Shimoliy va Janubiy Farg’ona kanallari, Toshkent kanali, Kampirrovot suv to’g’oni, Qoraqalpog’istonda Qizketgan kanali, sig’imi 1 mln kub\ metr bo’lgan Kattaqo’rg’on suv ombori va ko’plab boshqa suv inshootlari barpo etildi. Buning natijasida 1937-1940 yillarda respublikada sug’oriladigan er maydonlari qo’shimcha 200 ming gektarga ko’paydi. Shunday qilib, Sovet hokimiyati qishloqda kollektivlashtirish siyosatini olib borishda qishloq ahliga nisbatan nechog’lik zug’um o’tkazmasin hamda ne-ne og’ir sinov-sinoatlarga duchor etmasin, biroq ular xalq irodasini, uning azmu qororini so’ndira olmadi. O’zbek xalqi fidoyilik bilan mehnat qilishda davom etdi. Markaziy Farg’ona, Qoraqalpoq ASSR, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham sug’oriladigan erlarni kengaytirish, irrigatsiya qurilishi ishlari keng ko’lamda olib borildi. Qoraqalpog’istonda yangi sholikorlik sovxozlari ishga tushdi. Buxoro viloyatida 1963 yilda Amu-Qorako’l mashina-kanali, 1965 yilda Amu- Buxoro mashina-kanali qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada Buxoro viloyatida 90 ming gektar er, jumladan 26 ming gektar yangi er maydonlari sug’oriladigan, Qizilqum sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq yaylovlarga suv boradigan bo’ldi. 1953-1963 yillarda Markaziy Farg’ona cho’llarida 72,4 ming gektar er o’zlashtirildi, 16 ta yangi kolxoz va 2 ta yangi sovxoz vujudga keldi. 50-60 yillarda Kosonsoy, Qamashi, Farg’ona, Pachkamar, Chorvoq, Quyimozor, Janubiy Surxon, Chimqo’rg’on, Toshkent, Ohangaron suv omborlari, suvdan tejab foydalanish maqsadida 545 km beton ariqlar qurildi. Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg’ona, Samarqand, Xorazm viloyatlarida, Qoraqalpog’iston ASSRda ham suv xo’jaligi, yangi erlar o’zlashtirish ishlari keng miqyosida olib borildi. 70- yillarda Amudaryo suvi hisobiga eng yirik Tuyamo’yin, Kampirovot daryosi bo’yida Andijon, Namangan viloyatida Chortoq va Eskar, Samarqand viloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloyatida Dexqonobod suv omborlari bunyod etildi. Katta Namangan, Parkent va boshqa kanallar qurildi. Shunday qilib, O’zbekiston hududida 1946-65 yillarda qariyib 600 ming gektar yangi sug’oriladigan erlar ishga tushirilgan bo’lsa, 1966-85 yillarda 1,6 million gektar yangi erlar o’zlashtirilib foydalanishga topshirildi. 1985 yilda 10 miliard kubometr suvni to’plovchi 23 suv ombori. 197 ming km uzunlikdagi kanallar, 900 ta sug’orish tarmog’i, 92 ming gidrouzellar ishlab turdi. O’zlashtirilgan qo’riq erlarda 160 sovxoz tashkil etildi. 7,7 mln kv m turar-joy, 37 ming o’rinli maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, 102 ming o’rinli umumta’lim maktablari barpo etildi. Qishloq xo’jaligining moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Xo’jaliklarni elektr energiyasi bilan ta’minlash, ularga traktorlar va boshqa qishloq xo’jalik mashinalari, mineral o’g’itlar etkazib berish ishlari ancha yaxshilandi. Masalan, 1985 yilda kolxoz va sovxozlarda 189 ming traktor, 37 ming paxta terish mashinasi va boshqa turdagi texnika vositalari bor edi. Download 24.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling