O‘quvchilarning o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar
-Jahon mamlakatlarining boshqaruv shakllari, davlat tuzilishi, malakatlarning
joylashgan o‘rni, iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra turlari haqida tushunadi;
-Jahon tabiiy resurslarining noekis tarqalganligi, ulardan foydalanish,
zaxiralari haqida tushunchalar shakllanadi;
-Jahon xo‘jaligi va uning tarmoqlari, jahon xo‘jaligiga fan-texnika
inqilobining ta’sirini biladi;
-O‘zbekiston iqtisodiyotining tuzilishi, uning sanoat tarmoqlari, qishloq
xo‘jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari to‘g’risida bilimlar shakllanadi;
-O‘zbekistonning iqtisodiy geografik rayonlashtirishning ilmiy-nazariy va
amaliy ahamiyatini tushunadi, O‘zbekistonningiqtisodiy geografik rayonlari haqida
bilimlarga ega bo‘ladi;
-Geografik qobiqning tarkibiy qismlarini, uning vertikal va gorizontal
tuzilishini tushunadi;
-Dunyo okeani va uning qismlari, xususiyatlarini biladi;
-Materiklarning asosiy xususiyatlari, o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi,
relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari, aholisi, tabiiy geografik o‘lkalari
haqida bilimlarga ega bo‘ladi;
-O‘rta Osiyoning geografik o‘rni, chegaralari, aholisi, siyosiy xaritasi, iqlimi,
ichki suvlari, tuproqlari, o‘simliklari, hayvonot dunyosi, tabiat zonalari, tabiiy
geografik rayonlashtirilishini biladi;
-Xaritalar,
ularning
turlari,
shartli
belgilarini
biladi.
Xaritalardan
foydalanishda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi;
-O‘zbekistonning geografik o‘rni, geologik tuzilishi, relyefi, iqlimi, suvlari,
tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosi, tabiiy geografik rayonlashtirilishi, tabiiy
geografik okruglari haqida bilimlar shakllanadi;
-Yerning ichki tuzilishi va uning asosiy o‘lchamlari: og’irligi, shakli,
o‘lchamlarini,Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishining geografik
oqibatlarini biladi;
-Geotizmlar, ularning pog’onasimonligi, tabiiy va antropogen landshaftlar
haqida bilimlar shakllanadi;
-Tabiiy ryesurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish
bo‘yicha xulosalar chiqara oladi;
-Dunyodagi geosiyosiy jarayonlarni tushunadi, ularning O‘zbekistonga
ta’sirini baholay oladi.
16
Do'stlaringiz bilan baham: |