Is-22/5 guruhi Bajardi: Xaydarov Abduxasan Umar o’g’li Tekshirdi: (Magistr) Jo’rayeva Shahlo
Futbol o’yininig asosiy qoidalari
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
(IS-22 5) Xaydarov Abduxasan Futbolning yaratilish tarixi
2. Futbol o’yininig asosiy qoidalari.
Futbol sport oʻyini, 2 darvoza (7,32×2,44 m) li maxsus maydon (90 —120 x 45 — 90) da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. Futbol toʻpining ogʻirligi 410—450 g, aylana diametrining uz. 68 —70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 min. (45 min. dan 2 boʻlim, 12—15 min. tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan boʻladi. Oʻyindan maqsad raqib darvozasiga toʻpni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qoʻldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qoʻl bilan oʻynashi mumkin (jarima maydonchasida). Futbolga oʻxshash oʻyinlar mil. av. Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848-y. da Buyuk Britaniyadagi Kembrij un-ti oʻqituvchilari Futbolning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857-y. da shu mamlakatdagi Sheffild sh. da ilk Futbol klubi tashkil etilgan. 1863-y. da Angliya F. uyushmasi tuzilib, Futbol qoidalari tasdiqlangan. 18-a. ning oxiri — 19-a. ning boshlarida Yevropa va Jan. Amerika davlatlarida ham Futbol uyushmalari tashkil kilindi. 1896-y. F. olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904-y. da xalkaro futbol federatsiyasi — FIFA tuziddi. F. Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa Futbol chilar bu oʻyinning jahonda ommaviylashishiga hissa qoʻshishdi. Oʻyin qoidalari Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (IFAB) tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, IFABning tarkibiga FIFA (4 ovoz), shuningdek, Angliya, Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya va Uels futbol assosiasiyalari vakillari kiradi. Rasmiy oʻyin qoidalarining eng soʻnggi ishlab chiqilgan nashri 2013-yil 1-iyun sanasi boʻlib, 17 ta qoidadan iborat: 1-qoida: Oʻyin maydoni 2-qoida: To ʻp (koptok) 3- qoida: Oʻyinchilar 4-qoida: Oʻyinchilarning kiyinishi 5-qoida: Hakam 6-qoida: B oshqa oʻyin qoidalari 7- qoida: Oʻyindan tashqari holat 8- qoida: Oʻyinchilarning qoidabuzarliklari va notoʻgʻri xatti-harakatlari 9-qoida: Erkin zarbalar 10-qoida: Penalti tepish 11- qoida: Toʻpni maydonga tushirish 12-qoida: Darvozaga gol zarbasi 13-qoida: Burchak zarbasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling