Is gazidan zaharlanish
Download 20.27 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAYONNOMASI Samarqand shahri Xo‘ja Axror Vali ko‘chasi 2023 yil 10 noyabr Qatnashdilar
- Tibbiy profilaktika ishi 217-guruh talabalarini
- "IS GAZIDAN ZAHARLANISH" yoki "TILSIZ YOV" dan EHTIYOT BO‘LING!
So‘zangaron Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi o‘qituvchilari bilan 2023 yil 10 noyabr kuni "IS GAZIDAN ZAHARLANISH" yoki "TILSIZ YOV" dan EHTIYOT BO‘LING! Mavzusida Tibbiy profilaktika 217-guruh talabalarini ogohlantirish va u haqida batafsil tushuncha berish borasidagi yig‘ilish BAYONNOMASI Samarqand shahri Xo‘ja Axror Vali ko‘chasi 2023 yil 10 noyabr Qatnashdilar: 1. Tibbiy profilaktika ishi bo‘lim mudiri-Kenjaev.B.B 2. Guruh rahbari- Farhodov.Y.F 3. 217-guruh talabalari KUN TARTIBIDA KO‘RILGAN MASALALAR: 1.So‘zangaron Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi Tibbiy profilaktika ishi 217-guruh talabalarini bilan 2023 yil "IS GAZIDAN ZAHARLANISH" yoki "TILSIZ YOV" dan EHTIYOT BO‘LING! Mavzusida Tibbiy profilaktika ishi 217- guruh talabalarini ogohlantirish va u haqida batafsil tushuncha berish borasidagi yig‘ilish yig‘ilishi to‘g‘risida. 2.Har xil masalalar ESHITILDI Ushbu masala yuzasidan kollej Tibbiy profilaktika ishi bo‘lim mudiri Kenjaev B.B so‘zga chiqib, "IS GAZIDAN ZAHARLANISH" yoki "TILSIZ YOV" dan EHTIYOT BO‘LING! Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil isitish vositalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi va insonlar is gazidan zaharlanishi ro‘y beradi. Is gazi nima? Is gazi rangsiz, hidsiz, ta’msiz zaharli gaz bo‘lib, tabiatda eng ko‘p tarqalgan zaharli gazlardan hisoblanadi. Xalqimiz orasida bu gazning "Tilsiz yov" deb nomlanishi bejiz emas, albatta. Is gazi asosan ko‘mir, tabiiy gaz va muqobil turdagi yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi. Ko‘pincha zaharlanish metan gazidan sodir bo‘ladi. Metan gazi ham hidsiz, ta’msiz va tiniq gaz bo‘lib biz siz bilan sezayatgan gazning hidi metan gaziga qo‘shilgan metilmerkaptan deb nomlangan kimyoviy moddaning hididir. Bu modda aholi iste’moli uchun yuborilgan metan gazidan saqlanish maqsadida qo‘shiladi. Metan gazi havodan yengil bo‘lib, nafas olish jarayonida organizmga so‘riladi. Is gazi o‘pkada gemoglobinga birikib karboksigemoglobinga aylanadi va butun organizmning, eng avvalo bosh miyani zaharlaydi. Is gazidan zaharlanish, is gazi to‘plangan xonadagi is gazining miqdoriga bog‘liq. Agarda xonadagi is gazining miqdori 0.08%,ya’ni juda kam miqdorda bo‘lganda ham, xonada o‘tirgan odamlarda bosh og‘rishi, ko‘z achib, yosh oqishi, tomoqning achishib qichishishi, quruq yo‘tal, betning qizarishi, nafas qisishi kuzatiladi. Agarda xonadagi is gazining miqdori 0.32% bo‘lganda, shu gazdan nafas olish mobaynida jabrlanganlarning boshini ikki chekka qismida kuchli og‘riq, quloqlarda shovqin, uyqu bosishi, mastga o‘xshab harakat qilish, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, hushdan ketish holatlari kuzatiladi. Bunday paytlarda zudlik bilan shoshilinch yordam ko‘rsatilmasa yarim soat ichida inson xalok bo‘lishi mumkin. Xonadagi gazning miqdori 1.2% va undan yuqori bo‘lgan hollarda, xonaga kirib kelgan kishi 2-3 marta nafas olishi bilan hushdan ketishi, ehtiyojsiz holatda hojat chiqishi, yurak va nafas olishning to‘xtashi natijasida 3 daqiqa ichida xalok bo‘lishi mumkin. Tez tibbiy yordam xodimlari kelgunga qadar ko‘riladigan chora tadbirlar: 1. Jabrlanganlarni zudlik bilan xonadan tashqariga chiqarish, xonadagi eshik va derazalarni ochib tashlash, xonadagi elektr tarmoqlariga tegmaslik, ya’ni chiroqlarni o‘chirib, yoqmaslik, yordam ko‘rsatayatgan shaxs zaharlangan xonaga kirishdan oldin o‘zini himoya qilish maqsadida namlangan sochiq bilan og‘zi- burnini yopib kirishi lozim. 2. Toza havoga chiqarilgan jabrlangan shaxsni yo‘qorigi kiyimlari yechib, quyosh nuriga qarata yotqizamiz . Chunki, quyosh nuri karboksigemoglobinni tezda parchalash xususiyatiga ega. 3. Bemorni burnini tovuq pari, murch, qalampir, nashatir spirti yoki sirka kislotasi bilan uni aksirtirish maqsadida ta’sir ko‘rsatamiz. Chunki, aksirtirish oqibatida o‘pkaga to‘plangan is gazi chiqib ketadi. 4. Jabrlangan shaxsning boshini muzday suvda namlangan ro‘molcha bilan o‘rab, uning peshona, chekka, bo‘yin va ko‘krak sohalarini muz bilan yoki qor bilan ishqalab chiqiladi. 5. Jabrlangan kishiga ko‘p miqdorda sut, qatiq, kofe, shirin choy ichirish zarur. 6. Is gazini organizmda neytrallash uchun 1 litr suvga 1 osh qoshiq chaynaya soda solib aralashtirib ichirish zarur. 7. Jabrlangan shaxsni hushiga keltirish maqsadida uning peshana, chekka, burun osti sohalariga nashatir spirti yoki sirka kislotasidan surtish zarur. Shu zahotiyoq respublikamizda tashkil etilgan 1050-qutqarish xizmatiga va 104-gaz xujaligi dispetcher xizmatiga xabar berish zarur. Is gazidan zaharlanishni oldini olish maqsadida xonadonlardagi isitish tizimlari va dudburonlarni tozalash, gaz plitalaridan xonadonlarni isitish maqsadida foydalanmaslik, gaz priborlarini texnik nazoratdan o‘tkazib turish, xonalarni doimo havosini almashtirish, iloji bo‘lsa xonadonlardagi is gazini aniqlaydigan datchiklar o‘rnatish va oddiy yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur. Download 20.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling