Isaqova gulchehraning ona tilidan mustaqil ishi
GRAMMATIK KATEGORIYALARNING IFODALANISH
Download 63.5 Kb.
|
GRAMMATIKA VA MORFOLOGIYA
GRAMMATIK KATEGORIYALARNING IFODALANISH
USULLARI Grammatik kategoriyalar asosan ikki turli bo'ladi: sintetik va analitik. Sintetik usul (grekcha synthesis – qo'shish, birga yig'ish) bilan grammatik kategoriyani ifodalash aynan so'zning grammatik shaklida aks etadi. Masalan, so'zga kelishik, son va egalik qo'shimchalarini qo'shish yordamida shu so'zning shakli o'zgaradi. Bu qo'shimchalarni, odatda, affiksal morfemalar sifatida qaraladi. So'zning ko'plik shaklini -lar affiksal morfemasi yordamida (kitoblar, gullar, qalamlar kabi) egalik kategoriyasini –im, -i, -ing qo'shimchasi orqali (uning kitobi, sening kitobing, ularning kitobi kabi), kelishik qo'shimchalarining (-ni, -ning, -ga, -da kabilar) yig'indisi shu kategoriyani bildiradi. Bu kategoriyalarning ifodalanish usuli faqat so'zlarga turli qo'shimchalarni, ya'ni affiksal morfemalarni qo'shish yordamida amalga oshirilgan. Ularda boshqa yordamchi vositalar yoki so'zlar ishtirok etmagan. Shu sababli ularni sintetik usul bilan ifodalangan grammatik kategoriyalar deb ataladi. Analitik usul bilan ifodalangan grammatik kategoriyalarda yordamchi vositalar yoki so'zlar ishtirok etadi. Masalan, o'zbek tilida sifat darajalarining orttirma darajasi juda so'zi yordamida yasaladi: kuchli (oddiy daraja), kuchliroq (solishtirma daraja) – sintetik usul bilan juda kuchli (orttirma daraja) – analitik usul bilan ifodalangan. Fe'lning o'tgan zamon kategoriyasi o'zbek tilida sintetik (U keldi. Men bordim kabi) va analitik (U borib keldi. Men yozib oldim kabi) usulda ifodalanishi mumkin. Ingliz va nemis tillarida fe'llarning majhul nisbatini va turli o'tgan va kelasi zamon shakllarini ifodalash uchun analitik usuldagi grammatik kategoriyalar juda ko'p qo'llanadi: I have gone – Men bordim I have been given – Menga berishdi She will go – U boradi We shall be studying – Biz o'qiyotgan bo'lamiz Grammatik kategoriyalarda sintetik va analitik usullardan qaysinisi ko'proq ifodalanishiga ko'ra morfologik jihatdan sintetik va analitik tillar farqlanadi. Lekin bunday usullar o'rtasida aniq chegara yo'q. Sintetik va analitik usullar bir tilda mavjud bo'lsa ham, ulardan qaysi biri ko'proq qo'llanishiga qarab bir tilni analitik, boshqa birini sintetik til deb tasnif qilamiz. Shu jihatdan xitoy, koreys, vyetnam tillari sintetik, ingliz, fransuz, grek, bolgar tillari analitik tillar hisoblanadi. Download 63.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling