Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
Download 1.94 Mb.
|
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
Asosiy savollar:
Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligi. Kasbiy faoliyatning tuzilishi. Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyat subyekti sifatida: shaxsiy tavsif va kasbiy bilimdonlik. Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati sohalari. Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksiz ta’lim tizimda amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o`quv yurtlarida olib boriladi: o`rta kasbiy ta’lim muassasalari (litsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta’lim maktablari (Institut va universitetlar). O`rta kasbiy ta’lim muassasalarida kichik sinflar va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O`rta ma’lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga qiyin vaziyatlarni yengib o`tishga yordam beradi, bolalarning ishonishiga ko`maklashuvchi faoliyat turlarini tashkillashtiradi. Bolalarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning ota—onalari bilan xamkorlik qilish, o`z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o`qib borishdan iboratdir. O`rta kasbiy ta’lim bilim yurtini tugatgach ular oliy ta’lim muassasida o`z o`qishini davom ettirishi mumkin. Ijtimoiy pedagog - faqat o`qituvchigina emas, u bola qanday oʻqiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola xayotini, kechinmalarini xuddi o`zinikidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishiga yoʻllanmalar bera oladigan mutaxassis boʻlmogʻi kerak.SHuning uchun xaqiqiy pedagog faqat o`z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o`z ustida ishlaydigan inson boʻlishi muxim axamiyatga ega. Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o`quvchi inson moxiyatini anglaydi. O`z xayoti dovomida inson to`grisida xosil qilingan tushunchalar asosida mukammal shaxs va xaqiqiy fuqaro bo`lib yetishadi. Insonparvarlikka asoslangan ta’lim – ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funktsiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyoqarashi yaxlitligini ta’minlaydi. Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko`zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, koʻnikma va malaka, ularning insoniy dunyokarashini shakllantirishdan iborat. U boʻlajak fuqarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli soxalarida insonparvarlik g`oyasi va qadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo`lib xizmat qilsin. Ta’limda xayot tajribasiga ega boʻlish ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi: - ijtimoiy – shaxsiy xayot tajribasiga asoslangan muntazam davom etadigan jarayon xisoblanadi; - real vaziyatdan kelib chiqib, ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi; - mavjud amaldagi xolatga doim moslashish jarayoni xisoblanadi; - shaxslararo aloqalarni qamrab oladi; - shaxsning shakllanish jarayonini yoʻnaltiradi. Ijtimoii pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari — "Ijtimoiy pedagog" mutaxassisi "pedagog" so`zidan olingan bo`lib, avvalo o`qituvchi ma’nosini anglatadi. SHu bois mazkur lavozimning joriy etilganidan soʻng aynan o`qituvchilarning birinchi ijtimoiy pedagoglar bo`lgani ajablanarli emas. Ijtimoiy pedagoglarni qayta tayyorlash boʻyicha kurslar tinglovchilarinig aksariyat qismini xam o`qituvchilar tashkil etadi. Yana shuni ta’kidlamoq joizki, ijtimoiy pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi xam pedagogik oliy o`quv yurtlarida amalga oshiriladi. Darhaqiqat, pedagog va o`qituvchining kasbiy faoliyatida koʻpgina umumiyliklar mavjud. Bu ikkala kasbning xam ob’ekti bola, uning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishidir. Bu narsa ularning yaqinligini yana bir bor tasdiqlaydi. O`z navbatida mazkur mutaxassiliklarning kasbiy faoliyati ularning o`ziga xos xususiyatlarini aniqlashga imkon beruvchi bir qator tafovutlarga xam ega. O`qituvchi o`zining asosiy ta’lim berish vazifasini bajarar ekan, yosh avlodga bilim va jamiyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy madaniyat tajribasini o`rgatadi. Ushbu jarayonda bola tarbiyalanadi va shakllantiriladi. Ijtimoiy pedagogning diqqat markazida esa bolani jamiyatga moslashib ketishiga yordam berish turadi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat Pedagogik faoliyat-ta’lim va tarbiya orqali ijtimoiy-madaniy tajribani berishga yoʻnaltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari, o`quv rejalari, dasturlari bilan belgilanadi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat-bolaga ijtimoiylashuvi jarayonida (bolaning jamiyatga kirishi) yordam koʻrsatishga qaratilgan kasbiy faoliyat turidir. Bola bilan ish olib borishi mumkin bulgan turli xil ta’lim muassasalari, tashkilotlari, birlashmalari oʻz ishlarini ijtimoiy pedagoglar orqali amalga oshiradilar. Ijtimoiy pedagogik faoliyat xar doim aniq bir bolaga va uning ijtimoilashuviga, uni jamiyatga integratsiyalash jarayonida yuzaga keladigan muamolarini xal etishga yoʻnaltirilgan bo`ladi. Kasbiy faoliyat tuzilmasi — xar qanday faoliyat o`z tuzilmasiga egadir. Ular faoliyat elementlarining o`zaro bogʻliqligini va o`zaro shartlarini aniqlaydi. Ijtimoiy pedagog faoliyati tuzilmasi quyidagi komponentlardan iborat: sub’ekt (faoliyatni amalga oshiruvchi tomon), ob’ekt (faoliyat yoʻnaltirilgan tomon), maqsad (faoliyat orqali nimaga intilinadi), vazifa (faoliyat orqali nimalar amalga oshiriladi), vositalar (faoliyat qaysi usul yoki texnika yordamida amalga oshiriladi). Ob’ekt Sub’ekt Ijtimoiy pedagog faoliyati tuzilmasi komponentlari maqsad vazifa Kasbiy faoliyatning tuzilishi. Ijtimoiy pedagog faoliyatining ob’ekti jamiyatga moslashish jarayonidagi yordamga muxtoj bolalar va yoshlardir. Bu toifaga intellektual, ruxiy, ijtimoiy nuqsoni bor bolalar, shuningdek, jismoniy, ruxiy yoki aqliy shakllanishi buzilgan bolalarning katta qismi (ko`zi ojiz, kar—soqov, aqliy ojiz va bolalar tserebral falajligiga chalinganlar) kiritiladi. Ular jamiyatning aloxida mexriga muxtojdir. Agar bolaning jamiyatdagi shakllanishi normal kechsa unda ijtimoiy pedagog yordami zarur boʻlmaydi. Bordiyu, ota—onalar va maktab uning shakllanishi, tarbiyalanishi va ta’lim olishini ta’minlay olmasa u xolda ijtimoiy pedagog xizmati kerak bo`ladi. Ijtimoiy pedagog faoliyatining maqsadi bolaning ruxiy sogʻligi va xavfsizligi uchun sharoit yaratish, uning oilasi, maktabi va atrofidagi unga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi omillardan ogoxlantiruvchi va ularni yengib oʻtuvchi ijtimoiy, xuquqiy, ruxiy, tibbiy va pedagogik muammolarini kompleks ravishda xal etish maqsadida turli mutaxassislar (ruxiyatshunoslar, tibbiy xodimlar, ijtimoii xodimlar va yuristlar) xamda ma’muriy organlar va idoralarning (ta’lim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy ximoya soxasidagi) mazkur masalaga yoʻnaltirilgan sa’y—xarakatlarni muvofiklashtirib turishda vositachi boʻla olishi kerak. Ijtimoii pedagog faoliyatidagi muxim yoʻnalish — bu BMT Konventsiyasida e’lon qilingan bolaning yashashga, sogʻlom shakllanishiga, ta’lim olishiga, o`z qarashlarini erkin ifoda etishiga, kamsitishning xar qanday turidan ximoyalashga qaratilagan xuquqlarini ximoya qilishdir. Ijtimoii pedagog faoliyatidagi yana bir yunalish—bu bolani shakllanishiga koʻmaklashuvchi ijtimoiy loyixalar va dasturlar, xususiy tashabbuslarni ishlab chiqishda ishtirok etishdir. SHunday qilib, ijtimoiy pedagog faoliyatiga quyidagi vazifalarni biriktirish mumkin: . — tashxis qoʻyish — bashoratchilik — vositachilik — toʻgʻirlash va qayta tiklash — ximoyalash — ogoxlantirish va profilaktika — evristika (ijodiy fikrlash) Pedagogning barcha faoliyati vositalar yordamida amalga oshiriladi. Bular safiga maqsadga erishishda zarur bo`ladigan barcha xarakatlar, predmetlar, qurollar, usullar va texnologiyalarni kiritish mumkin. Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati sub’ekti sifatida: shaxsiy tavsif va kasbiy omilkorligi. Ijtimoiy pedagogning shaxsiy tavfsifnomasi koʻrib chiqiladigan boʻlsa, avvalo mazkur faoliyat sub’ektini — o`z soxasini mukammal biluvchi mutaxassisni belgilab olishimiz zarur bo`ladi. U bola xaqidagi ijtimoiy va boshqa qiyinchiliklarni chuqur farqlay biladi va unga yordamga kela oladi. U umum nazariy va maxsus bilimlarga, malaka va koʻnikmalarga, ma’lum darajadagi qobiliyatlarga ega bo`ladi. Xoʻsh ijtimoiy pedagog kim? Uning ruxiy surati va shaxsiy tavsifnomasi qanday, qaysi soxalar uning faoliyat doirasiga tegishli? U boshqa kasb egalaridan nimasi bilan farq qiladi? Kundalik xayotda biz kasb inson ongida, uning xatti— xarakatlarida va dunyoqarashida o`ziga xos iz qoldirishiga guvox boʻlamiz. Psixologiyada bu narsa "kasbiy mentallik" deb ataladi. Mentallik — bu insonning olamga munosabatini va uning kundalik xatti —xarakatlarini aks ettiruvchi ma’lum ijtimoiy—ruxiy qarashlar va qadriyatlar majmuidir. Mentallik o`zida individning ijtimoiy va madaniy tajribasini mujassamlashtirgan bo`lib, insonning qaysi ijtimoiy qatlamga, yoshga, jinsga, millatga va kasbga mansubligi bilan aniqlanadi. Psixologik tadqiqotlarda kasbiy mentallik ma’lum bir kasb egalariga xos bo`lgan xususiyat sifatida e’tirof etiladi. Xozirgi pedagogning muxim vazifalaridan biri milliy istiqlol g`oyasini bolalar va o`quvchilar ongida shakllantirish tadbirlari va mexanizmlarini ishlab chiqib, uni amalga oshirishdan iboratdir. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: ‘‘Endigi vazifamiz shundan iboratki, milliy istiqlol g`oyasi tushunchalari asosida keng jamoatchilik, ziyoliylar, ilm – fan va madaniyat namoyandalari, avvalo, ma’naviy – ma’rifiy soxa xodimlari milliy mafkurasini takomillashtirish, uning asosiy tamoyillarini odamlar qalbiga va ongiga singdirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga koʻtarish zarur’’. Mana shuning uchun xam yaratiladigan qo`llanmalar mazmunida milliy istiqlol g`oyasi asosiy o`rinni olishi lozim. Ijtimoiy pedagog faoliyatiga quyidagi vazifalarni biriktirish mumkin: Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling