Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Download 1.94 Mb.
bet57/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

Insonparvarlik insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huqukliligi toʻgʻrisida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga koʻra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida gʻamxoʻrlik Insonparvarlikning asosiy masalasidir.

Prezidentimiz tomonidan ta’kidlangan umumbashariy qadriyatlarning zaminida albatta, birinchi o’rinda ta’lim-tarbiya yotadi. Insonda qachonki insonparvarlik g’oyalari ustun bo’lsa, siyosiy ongi yetuk bo’lsa, atrof-muhitga munosabati sog’lom bo’lsa, bir so’z bilan aytganda umumbashariy qadriyatlar ustun bo’lsagina bunday insonlar mavjud bo’lgan jamiyatni biz fuqarolik jamiyati deb atay olamiz. Shunday ekan, istiqbolimizni belgilaydigan ta’lim sohasini isloh qilish mamlakatimizdagi eng dolzarb muammolardan biri sifatida XX asr oxirlarida maydonga chiqdi. Aynan ana shu ta’lim sohasi kelajagimizni yaratadi. Prezidentimizning yuksak darajadagi insonparvarlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan qimmatli fikrlarini mazkur paragrafida ilmiy jihatdan o’rganib, tahlil qilishga harakat qilamiz.Barchamizga ma’lumki, respublikamiz milliy mustaqilligini qaror topshirish nihoyatda murakkab tarixiy va ijtimoiy siyosiy sharoiga to’g’ri keldi. Bu jarayonda esa mulkchilikning yagona davlat monopoliyasiga asoslangan shaklidan ko’p ukladli shakliga o’tish, shuningdek, huquqiy demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishni, o’z fikr va dunyoqarashiga ega bo’lgan kadrlarni tarbiyalash zamon talabi edi. Shunday ekan, ushbu jarayonda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, dunyoning rivojlangan davlatlari bilan ushbu sohada hamkorlikni kuchaytirish eng muhim vazifalardan biri bo’lib turardi. SHuning uchun ham ta’lim sohasiga davlatimiz alohida g’amxo’rlik qildi va qilmoqda. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, - "Yosh respublikamiz mustaqilligiga rahna solishi mumkin bo’lgan ichki va tashqi salbiy omillar fuqarolarning hushyor bo’lishlari, vatanparvarlik ruhi bilan nafas olishlari, harakat, faoliyat yo’nalish belgilari hayot – mamot masalani bo’lib turibdi. Bularning barchasi nafaqat iqtisodiy, siyosiy sohada, balki ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda, jumladan uning tarkibiy qismi bo’lgan ta’lim – tarbiya tizimida jiddiy islohatlar o’tkazishni va bunda inson shaxsi, o’z ichki salohiyotini eng ko’p darajada namoyon eta oladigan muhitni yaratishni talab etmoqda" 1 deydi.


Darhaqiqat, eng oliy qadriyat sifatida tan olingan inson, uning hayoti, havfsizligining ta’minlanishini masalalarining barcha – barchasi ma’rifatga borib taqaladi. Hayotda esa ma’rifatga hamisha jaholat to’siq bo’ladi. "Jaholat" so’zining o’zi ilm ma’rifatdan mahrumlik, qoloqlik, madaniyatsizlik, nodonlik, zulmat deya talqin etiladi. Dunyoni jaholat egallasa nafaqat aql, balki aqlni peshlaydigan ma’rifat, ma’naviyat, hurfikrlilik, inson ozodligi barcha- barchasi barham topadi. J. Piaje, K.Rodjers, V.Suxomlinskiy kabi olimlarning fikricha, insonning mohiyati faqatgina biologik va ijtimoiy jihatlardan iborat emas. U ma’naviy munosabatlar bilan to’la. Gumanistik tarbiyaning ideali ham tomonlama rivojlangan shaxsdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi faqatgina bolalarni sevish emas, ularga ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, do’stlari va atrofdagi insonlarni sevishni o’rgatishdan iboratdir. Insonparvarlik g’oyasi ijtimoiy pedagog uchun juda muhim, ayniqsa, rivojlanishida cheklanishlar paydo bo’lgan bolalar uchun bu tamoyil muhim ahamiyatga ega7.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling