Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
Tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi prinsipi
Download 1.94 Mb.
|
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Видимой мир в картинках »
- 2.Madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi.
Tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi prinsipi. Tarbiyaning tabiatga uyg`un bo`lishi- ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko’ra ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanish omillariga tayanadi. Tabiatning tarbiyaga uyg’un bo’lish prinsipi ilk bor slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning «Buyuk didaktika»5 (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan. Kamenskiy, inson tabiatining bir qismi va u tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo`ysunadi, deb hisoblanadi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o`simliklar va hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nisbatan ham o’z ta’sirini o`tkazib turadi. Kamenskiy nafaqat tarbiyaning umumiy qonunlariga, bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. U bolalar o`spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tafsifiga tayangan holda o’z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va quradi. Komenskiydan ancha ilgari sharq uyg’onish davri buyuk olimi va mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’z asarlarida tarbiyaning tabiyatta uyg`un bo’lishi haqida gapirgan edi. Masalan «uy ro’zg`or tutish» haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudod shuning uchun tabiatda alohida o’rin tutadi va uning qonunlariga ko`ra rivojlanadi. «Yolg`on xislatlarni qayta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki axloqli insonni tarbiyalamoqchi bo`lsa unda u uni har tamonlama o`rganishi, insonning tabiyati qoidalarini bilishi kerak. Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipi ko’pgina buyuk pedagoklar tomonidan o’z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari qurish asosi sifatida olingan edi. Masalan, Fransiya falsafachisi Jan Jak Russo bola tarbiyasi tabiat bilan uyg`un ravishda amalga oshirilishi kerak deb hisoblab, yozadi «bolalar katta bo`lishidan ilgari bola bo`lishi kerak». Shvetsar pedagogi Iogan Genrix Pestalotsi yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisobladiki, tarbiya maqsadi-inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg`un bo`lishi lozim. Nemis olimi va pedagogi Adolf Disterveg ham o`z ishlarida talim-tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarini etiborga olishi lozimligini ta’kidlaydi. Tarbiya bilan uyg`un bulishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o’z aksini topgan. K.D.Ushinskiy o’zining asosiy «inson tarbiya predmeti sifatida» degan psixalogik pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, tadbik qila olishi lozim. Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini o`rganish zaruriyatini asoslab berdi, uning asosi so’zlash qobiliyatini axloqiy estetik va diniy xislari, didaktikani o`rganishga o`tish mumkin.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanishi lozim: - bolalar yoshi xususiyatlarini etiborga olish; - bolalar jinsiy o`zgaruvchanligini e’tiborga olish; “Видимой мир в картинках», ya’ni «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» degan asar yozib, o’qish ishini rasmlar bilan olib borishni ilgari suradi. Bunda «Yoshlarning xulq qoidasi», «Yaxshi tashkil topgan maktablarning qonuni» degan bir qancha pedagogikaga doir ishlari berilgan. Komenskiy o’zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi to’g’risidagi tushunchani ilgari suradi. «Buyuk didaktika»da o’qitish tabiiylikka bo’ysunishi, o’qitish tabiat talabiga bo’ysunishi kerak, deydi. Bolaning aqliy va jismoniy o’sish jarayoni tabiatdagi o’sish jarayoniga o’xshagan bo’ladi. Fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. XXI asr vabosi deya atalishi terrorizmning tub – tubi ham jaholatga borib taqaladi ya’ni, qanchadan - qancha yoshlarning din niqobiga o’ralgan soxta aqidalarga uchishi barchasi ma’naviyat, ma’rifatning sayozligidan kelib chiqqan, buning oqibati esa qanchadan - qancha insonlarning hayotiga zomin bo’lishi muqarrardir. Prezidentimizning yuqori fikrlarida esa, bir so’z bilan aytganda tinchlik, xavfsizlik kabi g’oyalar ilgari surilgan. Jamiyatimizni tubdan yangilash maqsadini ko’zlab ishlab chiqilgan beshta tamoyil hayotga tadbiq etilayotgan hozirgi paytda ma’naviy – ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, jamiyatda milliy g’oyani shakllantirish, buning natijasida esa, erkin shaxsni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan bo’lib hisoblanadi. Inson taqdiri oilaga, oila ta’lim-tarbiyasiga bevosita bog’liq bo’lsa, o’z navbatida oiladagi o’zaro munosabatlarga atrof-muhitning ta’siri o’ta muhim. Zero, maqsadimiz "Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari" ekan bola tarbiyasiga jamiyatning ta’sirini oshirish lozim. Xuddi shunday o’qituvchi tarbiyalash qonuniyatiga bo’ysinadi. O’qitish jarayoni tabiatga o’xshab sekinlik bilan amalga oshadi. Tabiiylik prinsipida kishini tabiatning bir bo’lagi deb qarashi (xudo tomonidan bunyod etilmagan) tabiat qonunlari uning o’sishiga ta’sir etadi deyishi o’z davrida ilg’or sanaladi. Lekin kishi ijtimoiy borliq bo’lib, ijtimoiy qonun ta’sirida o’sadi. Komenskiy, tarbiyachi boladagi iste’dodni o’stirishi kerak. Agar bola pedagogik ta’sirsiz yashasa, bu iste’dod tasodifan o’sadi. Kishi dunyoga kelganda kishiga xos iste’dodga ega bo’ladi. Xuddi olmadagi urug’ga o’xshab ba’zida ko’proq, ba’zida kamroq bo’ladi. Komenskiy tarbiyaning tabiatga uyg’unlik masalasida hamma narsaning asosi 4 ta deydi. Masalan: Olam 4 narsadan yuzaga kelgan, ya’ni; yer, suv, havo, yorug’lik. Dunyoning rivojlanishi ham 4 qismga bo’linadi, bular: bahor, yoz, kuz, qish. Insonning rivojlanishi ham 4 davrga bo’linadi; go’daklik, bolalik, o’smirlik, yetuklik. Shuningdek ta’lim jarayoni ham 4 ga bo’linadi; maktabgacha tarbiya, boshlang’ich ta’lim, o’rta ta’lim, oliy ta’lim. Komenskiy yoshligidan boshlab bolada axloq va odob hosil qilish kerakligini aytadi. Mardlik, o’zini tuta bilish, chidamlilik, vaqt va vaziyat talab qilganida foyda yetkazishga tayyor bo’lib turish, burchni ado qilish kabi xislatlar fazilatdir. Shu asosiy fazilatlardan tashqari kamtarlik, mo’min-qobillik, kishilarga xayrixohlik, pokizalik, puxtalik, xushmuomalalik, kattalarni hurmatlash, mehnatsevarlik xislatlarni tarbiyalashni ham muhim vazifa, deb hisoblaydi. U quyidagilarni axloqiy tarbiya vositalari deb biladi: a) ota-ona, o’qituvchi, o’rtoqlarining namunasi; b) bolalarga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ular bilan suhbatlar o’tkazish; v) bolalarni yaxshi xulqqa o’rgatishda mashqlar o’tkazish, yalqovlik, o’ylamay ish qilishga, intizomsizlikka qarshi kurashish. Komenskiy intizomning katta ahamiyati borligini ko’rsatib, «Intizomsiz maktab bamisoli suvsiz tegirmondir» degan chex maqolini keltiradi. O’rta asr maktablarida kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga u qarshi chiqadi. Bolalarga insoniy muomalada bo’lishni tavsiya etadi. Intizom: o’qituvchining namuna ko’rsatishi, samimiy, ochiq xayrixohligi, o’qituvchining bolaga bo’lgan to’g’ri munosabati (agar u bolani sevsa, uning yaxshi bo’lishini istasa, darsi mazmunli bo’lsa, tushuntira olsa intizomlilik vujudga keladi), bolani ko’pchilik oldida, o’rtoqlari o’rtasida oqilona maqtash yoki qoralash intizomlilikka olib keladi. Ya.A.Komenskiy o’zining tabiatga uyg’un bo’lishi g’oyasini ifoda etib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini ta’kidlaydi. Ertalabki soatlar mashg’ulotlarni bajarish uchun juda qulay hisoblanadi. O’quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo’lishini ta’minlaydi. Demak, tabiat bilan uyg’unlik g’oyasi asta-sekinlik, ketma-ketlik va mustaqil faoliyat kabi ta’lim tamoyilining asosi hisoblanadi. O’zbek pedagogi Abdulla Avloniy ham (1878-1934 yillar) ta’lim va tarbiyani yo’lga qo’yishda tabiatga uyg’un bo’lishi g’oyasining davomchisi bo’lgan. O’zining “Turkiy guliston yohud axloq” nomli asarida bola shaxsining tabiiy mukammalligiga ishonch bildiradi. Abdulla Avloniy bola tabiatan go’zallik va mehribonlik bilan uyg’unlikda tug’iladi deb yozadi. Allomaning fikricha, ta’lim va tarbiyaning vazifasi bola shaxsining rivojlanishi uchun yordam beruvchi sharoitlarni yaratishdan iborat. Abdulla Avloniy bolani milliy madaniyat, vatanga muhabbat asosida tarbiyalash g’oyasining tarafdori bo’lgan, bu xususida allomaning asarlarida quyidagi fikrlar o’z ifodasini topgan: “.... odam tug’ilgan va o’sib ulg’aygan shaharni va shu shahar joylashgan mamlakatni bu odamning Vatani deb aytadilar. Biz turkistonliklar o’zimizning quyoshli diyorimizni jonimizdan ham ortiq yaxshi ko’rishimiz kabi arablar o’z Arabistonini, ... eskimoslar esa o’zlarining Shimolini yaxshi ko’radilar” deb yozadi. A.Avloniyning fikricha, xalqparvarlikka asoslangan ta’lim va tarbiya yoshlarga vatanparvarlik namunalarini ko’rsatishga undashi kerak. 2.Madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi. Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudod sifatida tug`iladi, shaxs bo’lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o’tadigan o’zini tutish ijtimoiy tajribani o’zlashtirib yetishadi. Antik jamiyatdagi faylasuf va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o’rtasidagi chuqur bog’liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga Sharq Uyg`onish davri mutafakirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy ham o’z asarlarida ham to`xtalganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyat orqali shaklanadi, har qanday madaniyat asosi, boyligi esa insondir. Madaniyat yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir. Madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (X1X asr) tomonidan ilgari surilgan. Uning fikricha bolani tarbiyalash jarayonida uning tug`ilgan joyi, shart-shariti, bir so’z bilan aytganda, uni o`rab turgan madaniy jihatlar e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Butun insoniyat har bir xalq va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog`onasida turadi. Agar bola o’z me’yorida rivojlangan bo’lsa, u o’sha jamiyat madaniyatini o’zlashtiradi, ya’ni jamiyat bilan integratsiyaga kirishadi. Shu bilan uning o’zi ham o’sha madaniyatning yaratuvchisiga aylanadi. Bu tamoyilga ko’ra bolalarning madaniyatini rivojlanishidagi chekinishlarni hisobga olish hamda ularning ijodkorligini oshirish talab etiladi. Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning "Tafakkur" jurnali bosh muharriri savollariga javoblari va bir guruh tarixchi olimlar bilan bo’lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining "Ma’naviy- ma’rifiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora tadbirlari to’g’risidagi" qarorida, shuningdek, “Yoshlar ittifoqi" tashabbus guruhi bilan uchrashuvida so’zlagan nutqida yoshlar ongida milliy g’oyani shakllantirish, ularning ma’naviyatini yuksaltirish, xalqimizning haqiqiy tarixini tiklash kabi masalalar ilgari surilgan. Zero, ta’lim – tarbiya tizimini sog’lom insonparvarlik yo’nalishida qayta tashkil etish, uni zamon talabalari darajasiga ko’tarish, barkamol, ma’naviy dunyosi boy, ahloqiy pok insonlarni tarbiyalash kechiktirib bo’lmaydigan davlat ahamiyatidagi vazifa bo’lib hisoblanadi. Fikrimizning yorqin dalili sifatida esa Prezidentimizning ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishning davlatimiz, jamiyatimiz uchun zarur ekanligini isbotlab bergan Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so’zlagan nutqini keltirishimiz mumkin. Unda farzand tarbiyasida oilaning, oilaga xos an’analar, qadriyatlar va urf-odatlarning bola tarbiyasidagi roli aniq ko’rsatib berilgan: "Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talabalarini anglaydi, his etadi"—deydi Prezidentimiz o’z nutqida. Bunda farzand tarbiyasida oilaning, ota – onaning, atrof-muhitning roli katta ekanligi tasdiqlangan. Darhaqiqat, oila insonga insoniyligini anglatadigan, uning kelajagiga mustaqil zamin yaratadigan muqaddas maskan, ta’lim tarbiya o’chog’idir. Prezidentimizning "Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir6" asarida esa bu haqda shunday deyilgan: "Yurtimizdagi har bir inson uchun Vatan tushunchasi, avvalo, oiladan boshlanadi. Shu bois oila mafkura tushunchalari chambarchas bog’liqdir. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling