Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Download 1.94 Mb.
bet6/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

2-savol bayoni:
Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob'ekti va predmeti.
Ijtimoiy pedagogika o’z nomiga ko’ra sotsium, ya'ni jamiyat bilan shug’ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda “Inson” tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya'ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta'sir, shuningdek ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg’armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta'siri nazarda tutiladi.
Ijtimoiy “autsayderlar”, ya'ni qariyalar, nogironlar, yolg’iz yashovchilar, iqtisodiy nochor axvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogikaning maqsadalaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta'sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas'uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantirish mumkinki, ushbu jarayonda oila, maktab va boshqa o’quv muassasalari yordamchilar sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Ijtimoiy pedagogika (lat.socium-jamiyat)ning asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o’rganishdan iborat. Demakki, uning ob'ekti ijtimoiy hayotiy tarbiyaviy jarayonlardir. Predmet esa, shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri qonuniyatlari, jumladan oilaning, birlashmalarning, jamqarmalarning tarbiyaviy ta'siri kabilar hisoblanadi. Demak, ijtimoiy pedagogikaning predmeti - bu shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, “og’ir guruhlarga aloqida e'tibor qaratadi. Bu guruqga taqdir taqozasi bilan og’ir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslar kiradi. Bular: narkomanlar, ishsizlar, fohishalar, jinoyatchilar, qamoqda o’tirib chiqqan kasallar, jinoiy guruhlarga va man etilgan diniy sektalarga o’zlari bilmagan holda kirib qolgan shaxslar va h.k kiradi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogika katta yoshdagi va qariyalarni; ishlab chiqarish jarayonlaridagi rahbar va xodimlarning o’zaro munosabatlari, ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaganlik, qolaversa dam olishga, ruhiy kasallangan, ta'lim olishdagi muommalar, tarbiyasi og’ir bolalar kabi muammolarni ham nazardan chetga qoldirmaydi.
Ijtimoiy qayotning turli javhalaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali pedagogik yordamga muxtojdirlar.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling