Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY PEDAGOGIKA VA PEDAGOGIK SOTSIOLOGIYA FANINING PAYDO BO’LISHINING MADANIY-TARIXIY, IJTIMOIY HUQUQIY SHART-SHAROITLARI


Download 1.94 Mb.
bet9/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY PEDAGOGIKA VA PEDAGOGIK SOTSIOLOGIYA FANINING PAYDO BO’LISHINING MADANIY-TARIXIY, IJTIMOIY HUQUQIY SHART-SHAROITLARI.



Asosiy savollar:
1. Rahmdillilik va xayr-sahovat ijtimoiy pedagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an’anasi sifatida
2. O’zbekistonda xayr-sahovatning rivojlanish bosqichlari
3. O’zbekistonda “Ijtimoiy pedagog” kasbining paydo bo’lishi


KALIT SO’ZLAR: ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya, pedagog sotsiolagiyaning paydo bo’lishi, o’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy pedagogika faning taraqqiyot bosqichlari.


1. O’zbekistonda ijtimoyi pedagogika va pedagogik sotsialogiya faninig paydo bo’lishi.


Ijtimoiy pedagogika fani bundan 200 ming yil oldin ham mavjud bo’lgan. Fakat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo’lgan. Pedagogik sotsiologiya fanning ilk kurtaklari Evropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829- yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo’lib emas.
Hozirda pedagogik sotsiologiya fan sifatida kiritilgan.Pedagogik sotsiologiya fanining integratsiya tarmog’i sifatida. Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, professional pedagogika rivojlanib, takomillashib bormoqda. Ijtimoiy pedagogika shular jumlasidandir. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti pedagogika o’rganadigan jarayon va voqelik bo’lib, u masalani muayyan, o’ziga xos aspektda ko’radi. Uning o’ziga xosligi esa «ijtimoiy» degan so’zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning ob’ekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika o’z nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi. «Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan bog’liq jarayonlar ifodalangan, ammo ularning muloqoti va o’zaro aloqalari turli shakllarda bo’ladi.
Har bir insonning shaxsi ta’lim, ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. Natijada u ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo’lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy rolni o’zlashtirib oladi, o’zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy mulohaza qilib ko’radi, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shu tariqa shaxsning ijtimoiylashuvi yuz beradi.
Ijtimoiy pedagogika ma’naviy – ma’rifiy faoliyatning alohida sohasi sifatida uning ommaviyligi, barcha aholi o’rtasida milliy istiqlol g’oyalarini targ’ibot-tashviqotini keng olib borish imkoniyatini beradi..
Ijtimoiy pedagogika O’zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda xam uzoq va chuqur an’analarga ega. Shunga qaramay sovet davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e’tiborga olinmadi. Bunday muammolarni shaxsga, hamkorlik an’analariga, rahm – shavqatga, milliy an’analarga befarq bo’lish holatlari bilan izohlash mumkin. Bu ijtimoiy tarbiya sohasi mutaxassislari oldida turgan vazifalarni murakkablashtirib yuboradi. Shuning uchun ham ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yunalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shuning uchun xam ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy–pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy–pedagogik faoliyatining ilmiy – tadqiqot bazasini xam o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o’qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim olamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma’naviy – axloqiy og’ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.
Ijtimoiy pedagogikani fan sifatidagi xususiyatlarini anglash uchun uning tadqiqot ob’ekti xususiyatlarini o’rganmoq lozim. Shu sabab fanda tadqiqot ob’ekti va predmeti tushunchasi mavjud. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy pedagogika terminining o’ziga ahamiyat bermoq kerak. Bu termin ijtimoiy va pedagogika so’zlaridan tashkil topib ularni ma’nosini o’zida jamlayadi. Bu birlik fanda differentsatsiya va integratsiya hodisalari bilan birgalikda namoyon bo’ladi.
Yangi bilimlarni o’sishi ilmiy fikrlarni real hayotga tatbiq etilishi, yangi mualimmlarni yuzaga kelishi jamiyatni ilmga ehtiyojini yuzaga keltirish darajasi fanning differentsatsiyasi va maxsuslashtirish tendentsiyasi kuzatiladi. Chunonchi asosiy fan mustaqil rivojlanuvchi xususiy tarmoqlarga ajratiladi. Shuningdek bir qator muammolarni hal qilishda to’plam nuqtai nazardan bir ob’ektni o’rganuvchi mustaqil fan birligini o’zida namoyon qiluvchi integratsiya hodisasi kuzatiladi. Masalan: pedagogikani boshqa fanlar bilan aloqasida tadqiqotning mustaqil ob’ektlari alohida kuzatiladi: falsafa bilan birgalikda ta’lim falsafa psixologiya bilan o’zaro munosabatda psixolo-pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda.. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Pedagogikada keyingi vaqtda differentsiya hodisasi etarli darajada kuchaydi. Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, professional pedagogika rivojlanib, takomillashib bormoqda. Ijtimoiy pedagogika shular jumlasidandir.
Demak, pedagogika o’sib kelayotgan avlod tarbiyasi va ta’limi to’g’risidagi fan bo’lib, ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a’zosini tarbiyalash va unga ta’lim berish to’g’risidagi fandir.




Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling