Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
) ijgimoiy pedagogikaning nazariy asoslari ishlab chiqilgan. Bu uning fan sifatida paydo bo’lishiga olib kelgan; 2)
Download 1.94 Mb.
|
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
1) ijgimoiy pedagogikaning nazariy asoslari ishlab chiqilgan.
Bu uning fan sifatida paydo bo’lishiga olib kelgan; 2) ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat vujudga kelgan. Bu yerda ijtimoiy pedagogik ta’lim, tarbiya maqsadi va xarakteri, ta’siri haqida gap bormoqda; 3) ijtimoiy pedagogika faoliyat doirasining kengayishi ro’y bergan. “Nochor” va tanlab olingan bolalar bilan bir qatorda, katta yoshdagilar bilan ham ijtimoiy-pedagogik faoliyat boshlangan. Shuni aytib o’tish joizki, ijtimoiy pedagogika fani rivojlanishining barcha yo’nalishlarini uning eng asosiy vazifasi — bolalarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish g’oyasi birlashtiradi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika sohasining pedagog faoliyati bilan bog’liqdir. Pedagogikaning har bir yangi ilmiy sohasi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar uning mezon va tushunchalari tizimida o’z aksini topadi. Ma’lumki, pedagogika boshqa fanlar tushunchalarini o’zlashtiradi va ulardan keng foydalaniladi, masalan «shaxs», «rivojlanish», «faoliyat», «sotsializatsiya» (ijtimoilashuv), «jamiyat». Uning asl mezonlari «ta’lim», «tarbiya» va «o’qitish» hisoblanadi. Hozirgi kunda shuningdek umum qabul qilingan «pedagogik faoliyat» mezoni ham kiradi. Ijtimoiy pedagogika asl mezonlariga «ijtimoiy pedagogik faoliyat», «ijtimoiy ta’lim» va «ijtimoiy tarbiya» kiradi.
4.O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikani tiklash va uni yangi bosqichga ko’tarish uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish, bu sohadagi ilmiy bilimlar va milliy tadbirlarni rivojlantirish bu jarayon davomida yuzaga keladigan muammo va qiyinchiliklarni tahlil qilish ham katta ro’l o’ynaydi. Ayni vaqtda ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar amaliy faoliyati bir– biriga juda yaqin, bu yaqinlik vazifasiga ko’ra, mazmuniga ko’ra va ish metodiga koʻra yuz beradi, ular hech qachon biri ikkinchisini kesib o’tmaydi. Prezidentimiz Islom Karimov «Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» kitobining kirish qismida ta`kidlaganidek, milliy davlatchilikka doimo xavf bo’lgan, bor va bo’ladi. Bu xavf–xatarini bartaraf etish uchun ma`naviy–ma`rifiy faoliyatni yangi bosqichga ko’tarish, milliy istiqlol gʻoyasini joriy etish masalasida ijtimoiy pedagogik yondashuvidan keng foydalanish:differenstiastiyalashgan psixologik–pedagogik dasturni, yangi darslik va qoʻllanmalarni yaratish zarur. Jamiyat dunyo hamjamiyatining dinamik o’zgarishi munosabati bilan o’qitish, tarbiyalash, targ’ibot va tashviqot ishlarini uzviy ravishda qoʻshish, ya`ni ma`naviy–mafkuraviy, ma`rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur sharoit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bilib, tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyishda xaqiqiy jo’shqinlik kasb etadi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika sohasining pedagog faoliyati bilan bogʻliqdir. Shuning uchun ijtimoiy pedagoglar pedagogika universitstlarida yetishib chiqadilar. Ijtimoiy pedagog pedagoglik sohasida asosiy bog’liqliklaridan biri-soha ob`ekti bolalardir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining markazida esa normal ijtimoiy faoliyatdan chetlashgan-bolalarni jamiyatdagi tengdoshlari qatoriga qaytarish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining ob`ekti ijtimoiylashtirishga maqsad bilgan bolalar, ularga aqliy, pedagogik psixologik, sotsial axloqiy normalardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan va jismoniy, aqliy,psixik tomondan biz ilishga yoʻl quyiladigan bolalar ular hammasi jamiyatining alohida yordamiga muhtojdir. Ijtimoiy pedagog -faqat oʻqituvchi emas, bola qanday o’qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola hayotini,kechinmalarini xuddi o’zinikidagidek tushunadigan va uning ma`naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo’llanmalar bera oladigan mutaxassis bo’lmog’i kerak.Shuning uchun xaqiqiy pedagog faqat o’z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqat qila oladigan, oz ustida ishlaydigan inson bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarining rivojlanish tarixi juda yaqin. Eng avvalo, ularni odamlarga alohida g’amxorlik va e`tibor talab etadigan madaniy–tarixiy an`ana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda rahm–shavqat, «xayriya», «yordam» kabi tushunchalar juda koʻp ishlatiladi. Ammo ularning aniq ifodalangan oʻziga xos jihatlari ham bor, mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan institut sifatida namayon bo’ldi.Masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy himoyalash sohasida rivoj topdi, ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida ta`kidlanganidek, ta`lim tizimida va yoshlar ishlari boʻyicha qo’mita muassasalarida rivojlandi. Ijtimoiy pedagogik va ijtimoiy xodimlar faoliyati asta-sekin kengayib, biri ikkinchisini takidlab bordi. Ishlarini uzviy ravishda qoʻshish, ya`ni ma`naviy–mafkuraviy, ma`rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur sharoit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma boʻlib, tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyishda xaqiqiy joʻshkinlik kasb etadi. Individning sotsiumga kirishii murakkab jarayon hisoblanadi. Bir tomondan, individga hamjamiyatlar a`zosi sifatida faoliyat koʻrsatish imkonini beradigan muayyan qardiyatlar tizimini (normalar, namunalar, bilimlar, tasavvurlarni) izlashtirib olishni oz ichiga oladi. Ikkinchi tomondan, shaxsning oʻz ijtimoiy tajribasini orttirishi va oʻzini faol qaror toptirishini oʻz ichiga oladi. Ijtimoiylashuvning samaradorligini (odamning ijtimoiy jarayonlarga toʻla – toʻkis qoʻshilganligini) bildiruvchi eng muhim koʻrsatkichlar ijtimoiy faollik va harakatchanlikdir. Ijtimoiy faollik–shaxsning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda qatnashishi, ularga ta`sir koʻrsatish imkoniyatining muvjuldigidir. Totalitar tizim sharoitida ijtimoiy tizimning har qanday joyida odam ijtimoiy jarayonlarga ta`sir koʻrsata olmas, ularni oʻzgartirish yoʻlida ijtimoiy faollik koʻrsata olmas edi. Bu xol odamning jamiyatdagi oʻz oʻrnini belgilab olishi jarayoni koʻpincha uning realistaklari va intelektual qobiliyatlariga bogʻliq boʻlmasliligiga bogʻliq boʻlmasliligiga olib borar edi. Binobarin, shaxsning sotsial roli uning ijtimoiy jarayonlar hamda ularni oʻzgartirish imkoniyatlari xaqidagi tasavvurlariga adekvat emas edi. Individning sotsiumga kirishishi iborat murakkab jarayon hisoblanadi. Bir tomondan, individga hamjamiyatlar a`zosi sifatida faoliyat korsatish imkonini beradigan muayyan qardiyatlar tizimini (normalar, namunalar, bilimlar,tasavvurlarni) izlashtirib olishni oʻz ichiga oladi. Ikkinchi tomandan, - shaxsning oʻz ijtimoiy tajribasini orttirishi va oʻzini faol qaror toptirishini oʻz ichiga oladi. Ijtimoiylashuvining samaradorligini (odamning ijtimoiy jarayonlarga toʻla–toʻkis qoʻshilganligini) bildiruvchi eng muhim koʻrsatkichlar ijtimoiy faollik va harakatchanlikdir. Ijtimoiy faollik–shaxsning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda qatnashishi, ularga ta`sir koʻrsatish imkoniyatining muvjudigidir.
Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi. Uning kuzatuv markazida pedagogikada oʻrganiladigan barcha jarayonlar namoyon bo’ladi. Ijtimoiy pedagogika alohida fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida bolaning ijtimoiy muhitda rivojlanishi (sotsiumda rivojlanishi) bilan shugʻullanadi. Nazorat savollari: 1. Ijtimoiy pedagogikani rivojlanishini necha bosqichga bo’lib o’rganiladi? 2. Bolaning ijtimoiylashuvi deganda nimani tushunasiz? 3.Ijtimoiy pedagogikani nima uchun o’rganish lozim? 4. Bolaning ijtimoiylashuvi deganda nimani tushunasiz? 5. Ijtimoiy pedagogika funktsiyallari nimalardan iborat? 6. XIX asrda ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo’nalishlari nimalardan iborat? Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling