Ilitilgan yer va ularning ahamiyati


Download 83.34 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi83.34 Kb.
#1163350
Bog'liq
2 ma\'ruza


ILITILGAN YER VA ULARNING AHAMIYATI


Ilitilgan yer – yon tomonlarida to’sig’i bo’lmagan sodda kichik hajmli vaqtinchali qurilma. Tuproq yuzasi va qoplama orasidagi masofa uncha baland bo’lmaganligi tufayli o’simliklarni parvarishlash ishlari, yopilgan qoplama olib qo’yilgan yoki biroz ochib qo’yilgan holda bajariladi. Ilitilgan yerning parniklardan asosiy farqi uni yon tomonlarida to’siqlari bo’lmasligidadir, parniklarda esa bor. Ilitilgan yer keng tarqalgan bo’lib, undan yerta bahor davri-da ko’p-roq foydalaniladi. Ulardan ochiq yerga nisbatan 10-25 kun oldin yertagi sabzavot hosilini olish va arzon ko’chat etishtirish mumkin.
Ilitilgan yer ikki asosiy: isitiladigan va isitilmaydigan guruhlarga bo’linadi. Ular usti himoyalangan, hamda himoyalanmagan bo’lishi mumkin.
Ilitilgan yer inshootlari yorug’lik o’tkazadigan va yorug’lik o’tkazmaydigan, ular alohida o’simlikni himoyalaydigan hamda o’simliklar guruhini himoyalay-digan bo’lishi mumkin. Nur o’tkazmaydigan qoplama harorat sezilarli darajada pasayganda 2-3 sutka davomida yopiladi, asosan tungi soatlarda, nur o’tkazadigan-laridan esa uzoq muddat davomida foydalaniladi. Nur o’tkazmaydigan va nur o’tkazadigan individual himoya qiladigan yopqichlar syermashaqqatli bo’lgani uchun sanoatlashgan sabzavotchilikda qo’llanilmaydi, ular faqat tomorqa xo’jalikla-rida foydalanadi.
Nur o’tkazmaydigan individual (yakka) yopqichlar sifatida ip bilan tiqilgan yoki sim bilan mahkamlangan oddiy yoki pyerforatsiya qilingan qog’oz, karton, tol-dan yasalgan qalpoqchalardan; to’nkarib yopilgan nur o’tkazadigan shisha bankalar, tagi kesib tashlangan polietilen butilkalar, turli shaklda simdan tayyorlangan sinchlar va reykalar ustiga tortib yopilgan plyonkala-rdan foydalaniladi. Guruh o’simliklar ustidagi sinchlar asosan, nur o’tkazadigan bo’ladi. Ular polimyer ma-tyeriallar va oynavand rom ko’rinishida bo’lishi mumkin. Oyna qoplangan romlar-ning qimmat va og’ir bo’lishi tufayli foydalanishdan chiqarildi. Hozirga vaqtda faqat kichik hajmli plyonkali yopqichlar qo’llanilmoqda. Guruh o’simliklarini ustini yopish sinchli va sinchsiz bo’ladi. Sinchsiz yopqichlarda tayanch tirkagi bo’l-maydi va ular to’g’ridan-to’g’ri o’simlik ustiga yopiladi yoki ular uchun tuproqdan hosil qilingan o’rkach (tuproq to’pi) tayanch vazifasini bajaradi, sinchli yopgich-larda sinch vazifasini simlar, plastmassa quvurlari, tol daraxtining novdala-ri, yog’ochlar yoki reykalar va boshqa matyeriallardan tayyorlangan sinchlar tayanch bo’lib xizmat qiladi. Ular sinchning chodirsimon (ikki nishabli) va yarimyoysimon (yarim yoysimon, tonnelsimon)larga bo’linadi.
Bizning mamlakatimizda ilitilgan yer turlaridan ekish jo’yaklari, vaqtin-chalik plyonkali tonnellar va ko’chatxonalar keng tarqalgan.
Ekish jo’yaklari poliz ekinlari seyalkasi SBU-2-4A moslamalari yordamida asosining kengligi 17 sm, chuqurligi 15 sm li jo’yak olib, bir yo’la eni 30-35 sm bo’lgan plyonkani to’shab chetlarini tuproq bilan bostirib ketadi. Nihollar hosil bo’lganidan so’ng plyonka har bir uyadagi o’simlik ustidan but (X) shaklida kesib chiqiladi. Biroz vaqt o’tganidan so’ng o’simliklar plyonka ostidan tashqariga chiqa-di, ildiz bo’yni atrofi tuproq bilan ko’mlanadi. Joyida qolgan plyonka mulcha vazifasini bajaradi.
Kichik hajmli plyonkali tonnellari arkasimon (yarim aylana) sinchli quril-ma bo’lib, ular diametri 4-5 mm va uzunligi 1,8-2 m bo’lgan simdan tayyorlangan yoysimon sinchlari bo’ladi. Tayanch yoylari 2-3 m masofada o’rnatilib, ularni uchla-ri 25-30 sm tuproqqa kiritilib mahkamlanadi. Yoylar ustidan 3-5 qator kanop ip tortib bog’lab qo’yiladi. Sinchlar ustiga tonnelning bor uzunligi bo’yicha eni 140-200 sm li plyonka yopiladi, plyonkani shamol ta’siridan saqlash uchun uni ustiga har 3-4 m da bittadan plyonkani bosib siqib turuvchi sim yoy o’rnatiladi. Plyonkani har ikki cheti tuproq bilan bostiriladi. Ayrim hollarda tonnel ichi-ni shamollatishni osonlashtirish maqsadida plyonkaning bir tomoni g’altakka (bobinaga) mahkamlanadi yoki biror og’ir matyerial bilan bostirib qo’yiladi. Plyonkaning har ikki tomoni yig’ilib yerga qoqilgan qoziqqa bog’lab qo’yiladi (2-rasm).

Eng ko’p tarqalgan tonnelning asosini kengligi 80-120 sm, balandligi 40-60 sm va uzunligi 50-60 m. Agar qo’shqatorli lentasimon qilib ekiladigan bo’linsa tonnel har ikki qator ustiga o’rnatiladi, ular orasidan sug’orish egati o’tadi. Sabzavot ekinlari etishtirilayotganda tonnellar oralig’idagi yo’lka kengligi–40-60 sm, poliz ekinlari etishtirilganda esa – 140-160 sm bo’ladi.
1 gektarga tonnel qurish uchun: 1000-1100 kg plyonka, 1300-1400 kg (6-7 ming yoy) sim, 250-300 dona qoziqlar, 20-30 kg kanop ip zarur bo’ladi. Poliz ekinlari-ni etishtirishda matyeriallarga talab 2 baravarga kamayadi.
Yil mobaynida plyonkali tonnel qurilmasidan bir necha ekinlarni etishti-rishda foydalanish mumkin. Qish faslining oxirlari – bahor faslining boshla-nishida ularni sovuqqa chidamli ko’kat sabzavotlar ustiga o’rnatiladi, keyinroq esa issiqsevar ekinlar ustiga ko’chiriladi.
Plyonkali tonnel qurilmalardan sovuq va issiq ko’chatxona sifatida foyda-lanib uni ostida ko’chat ham etishtiriladi. Buning uchun kengligi 1-1,5 m, chuqurligi sovuq ko’chatxona uchun 20 sm va issiq ko’chatxonaga – 45-60 sm chuqurlikda xan-dak (transheya) kavlanadi. Sovuq ko’chatxona xandaqiga 12-15 sm qalinlikda faqat tuproq aralashmasi, issiq ko’chatxonaga esa – avval 30-35 sm qalinlikda qizigan go’ng va uni ustiga 12-15 sm qalinlikda tuproq aralashmasi solinadi.
Download 83.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling