Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


II jahon urishi yillarida ijtimoiy –pedagogik faoliyat KALIT SO’ZLAR


Download 1.94 Mb.
bet19/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

5. II jahon urishi yillarida ijtimoiy –pedagogik faoliyat
KALIT SO’ZLAR: ijtimoiy pedagogika, manba, qomusiy, ijtimoiy –pedagogik g’oyalar, ijtimoiy pedagogik faoliyat

Avesto”va adabiy manbalarda ijtimoiy-pedagogik g’oyalar. Har bir fan aniq bir haqiqatdan “o’sib chiqadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatdan uzilgan holda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbai hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm-fan yutuqlariga asoslangan bo’lsa yanada samarali bo’ladi. Ijtimoiy pedagogikani fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o’zaro bog’liq.
Amaliy faoliyat – bu ijtimoiy pedagogning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.
Ijtimoiy pedagogika o’quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O’quv fani – bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalarida o’rganiladigan predmetdir.
O’zbekistonda fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o’quv fani sifatida ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi - o’ziga xos xususiyatga ega.
Qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida o’z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarini oldinga surganlar.
Eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda jahon dinlari orasida eng qadimgi din, Markaziy Osiyo hududida zardushtiylik dini hukmronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir etdi, ya’ni insonni birinchi o’ringa olib chiqdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga sig’inish) o’z erasining o’ziga xos qomusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardushtiy dinda ahloqiy me’yorlar asosi (ahloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto” da “Inson yaxshi fikrlarga ega bo’lishi, faqat yaxshi so’zlar so’zlashi va savobli ishlar qilishi lozim” deb yozilgan (xulq-atvor)1.
Avesto” ning katta qismi bo’lgan “yasna” larda inson kamolini ko’rsatuvchi ahloq-odob mezoni ana shu uchlikda humata (gumata) – yaxshi fikr, hukta (gukta)-yaxshi so’z va hvarta (gvarshta) – yaxshi ishlarda ifodalanadi “Men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman” (“Yasna”, 14), deyiladi.2
Avesto” tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so’zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Manna (“Ezgu fikr”) va Apo Mana (“Yovuz fikr”) ta’sir ko’rsatadi deydi. Barcha fikrlar, so’zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovuzlik yotadi. “Yaxshi fikr” deganda ilohiy qonun ruhidagi yaqin kishisiga mehribon bo’lish, muhtojlarga ko’maklashishga, yovuzlikka qarshi kurashishga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do’stlik, totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson o’z fikr-hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi. Chunki bunday holatda inson yaxshi niyatini yo’qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi.3
Zardushtiylik dinida uchlik asosga tayangan ahloqiy me’yorlar (jadval).

Qadimgi davrlardanoq shunday insoniy xislatlar qadrlangan. Inson bilimlarga ega bo’lishi (ya’ni, kasb-hunarga ega bo’lishi)adolatli bo’lishi (ya’ni, insoniy bo’lishi), shunday ahloqiy xislatlarga ega bo’lishi lozim ediki, ya’ni mehribon, kamtarin, jasur, chiroyli nutqqa ega, vatanparvar kuchli iroda va boshqalar sohibi bo’lishi zarur edi 4.





Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling