Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
Quyidagi jadvalda qadimda qadrlangan insoniy xislatlar ifodalangan
Download 1.94 Mb.
|
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Avloniy nomidagi, N.G.Chernishevskiy nomidagi bolalar tajriba maktablari va boshka muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo’lib hisoblanadilar).
- «Inson yaxshi fikrlarga ega bo’lishi, faqat yaxshi so’zlar so’zlashi va savobli ishlar qilishi lozim»
Quyidagi jadvalda qadimda qadrlangan insoniy xislatlar ifodalangan:
O’rta asrlarda O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy –pedagogik g’oyalari. Pedagogika tarixining ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Ko’p ming asrlar mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi. Qadim zamonlardan buyon olamda insonning o’rni va roli, shaxsning ahloqiy shakllanishida madaniyat va dinning ahamiyati, barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar. Sharq uyg’onish davri (IX-XI asrlar) qomusiy olimlari Abu Nasr al Farobiy (873-950), Abu Rayxon Beruniy (973-1050), Abu Ali Ibn Sino (Avitsenna) (980-1037) shunday ijtimoiy pedagogik g’oyalarni aytib o’tganlarki, bolani Ayni go’daklik chog’idanoq tarbiyalashni boshlashning zarurati, shuningdek bolaning tarbiyasiga tabiat va atrof-muhitning ta’siri, bolaga kattalar, ayniqsa ota-onaning ta’siri va boshqa fikrlar kabidir. XV-XVI asrlarda Markaziy Osiyo tabiatshunos-faylasuflari, tarixchi, shoir va rassom-musavvirlari o’z ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor bilan qarab, tabiat sirlarini o’rganishga intilganlar. Bular qatorida Nuriddin Abdurahmon Jomiy (1414-1492), Jaloliddin Davoniy (1427-1502), Alisher Navoiy (1441-1501), Xusayn Voiz Koshifiy (1440-1505) o’z tadqiqotlarida inson aqli-tafakkuri, uning qobiliyati, insonning yuqori ahloqiy xislatlari, insoniylik g’oyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy qadriyat hisoblanadi. Shu jumladan, o’zbek tilining asoschisi ulug’ alloma, musiqachi, davlat arbobi, Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik g’oyalari yuksak darajada insonparvarliligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda ham yagona eng oliy mavjudod deb hisoblagan. Bolani esa oilaga quvonch ham baxt keltiruvchi muqaddas inson sifatida uyni yoritib yuboradi deb hisoblaydi. Inson o’z farzandinigina emas, balki kelajak avlod bo’lgan barcha bolalarni sevmog’i shart – deb yozadi shoir. Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni bizning o’zbek olim va allomalarimiz, ma’rifatparvarimiz, jadidchilik harakati yetakchilari, XX asr boshlarida yashab ijod qilgan Mahmudxo’ja Behbudiy (1874-1919), Munavvar Qori Abdurashidov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), Abduqodir shakuriy (1875-1943), Xamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) va boshqalarning asarlarida ham ko’plab keltirish mumkin. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishida XX asr 20-30-yillari alohida o’rin tutadi. Bu davrda A.Avloniy, A.Shokuriy, M.Qori Abdurashidov, X.X.Niyoziy, V.F.Lubentsova, N.P.Arxangelskiy, A.Sharafuddinov kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. Ular avvalo,ijtimoiy izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam ko’rsatish, ya’ni bu allomalar aynan ijtimoiy pedagoglar bo’lib, ular tashkil etgan maktablar, shuningdek, boshqa pedagoglar tajribalariga tayanganlar (Avloniy nomidagi, N.G.Chernishevskiy nomidagi bolalar tajriba maktablari va boshka muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo’lib hisoblanadilar). Biroq O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivoji amalga oshmadi. Bunda avvalo, yangi ittifoq sovet pedagogikasi va o’sha davr pedagogikasi o’rtasida ajralish yuzaga keldi. Uzoq yillar mobaynida o’zbek ma’rifatparvarlari-pedagoglari tomonidan to’plangan barcha bilimlar inkor etilgandi. Pedagogikada shunday shior keng tarqalgandi: “Olam zo’ravonlikdir, biz uni ildizi bilan qo’poramiz”. Marksist pedagoglar tomonidan, shu vaqtgacha bo’lgan barcha pedagogika sohasidagi oktyabr to’ntarishigacha bo’lgan asarlarni unutish talab etildi. 30-yillar oxirida sotsializm g’alaba qilganligi e’lon qilindi. Shu vaqtdan e’tiboran ijtimoy muammolar haqida sukut saqlash sharti mustahkamlandi. Bu muammolar alohida, engil hal etiladigan, “eskilik sarqiti” deb baholandi. Bu esa o’z o’rnida ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishiga yo’l bermadi. Ijtimoiy pedagogika fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng o’qitila boshlagan bo’lsa-da, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat-ijtimoiy ximoya ko’rinishida qadimiy ildizlarga ega. Ilk diniy-falsafiy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Go’ro’g’li) manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etishini ko’ramiz. Keyinchalik VI-VII asrlarda Markaziy Osiyo hududida islom dinining tarqalishi yangi ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni olib keldi va ular mintaqada oila va jamiyat tarbiyasi tizimiga ta’sir ko’rsatdi. Markaziy Osiyoning arab halifaligi tarkibiga kirishi madaniy almashuv, fikr va qarashlarning erkin kurashi, o’zaro munosabatlarning shakllanishiga olib keldi. Markaziy Osiyo hududida zardushtiylik dini hukmronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir etdi, ya’ni insonni birinchi o’ringa olib chiqdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi «Avesto» (olovga sig’inish) o’z erasining o’ziga xos qomusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardushtiy dinda ahloqiy me’yorlar asosi (ahloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. «Avesto» da «Inson yaxshi fikrlarga ega bo’lishi, faqat yaxshi so’zlar so’zlashi va savobli ishlar qilishi lozim» deb yozilgan (xulq-atvor). Zardushtiylik dinida uchlik asosga tayangan ahloqiy me’yorlar Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling