Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Bolaning ijtimoiylashuv jarayonida madaniyat,din va mahallaning o’rni


Download 1.94 Mb.
bet73/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

3.Bolaning ijtimoiylashuv jarayonida madaniyat,din va mahallaning o’rni.
Turli faoliyatlarda turli insonlar bilan muloqotga kirishish natijasida turli ijtimoiy ko’nikmalar hosil bo’la boshlaydi. Bolaning normal rivojlanishi uchun muloqotning ahamiyati juda kattadir. Bolaga global o’y, ekologik faktorlar: suv, xavo ifloslanishi hozirgi kunga kelib ko’r, soqov ya’ni nuqsonli bolalarning ko’payishi kuzatilmoqda. Ekologik faktorlar natijasida tayanch apparat buzilishini, shizofreniya qon kasalliklari kabi kasalliklarga olib kelmoqda.Lekin bolani ijtimoiylashtirishda protsessida bularni hammasini hisobga olish kerak ijtimoiiy faktorlarga: Mikrofaktorlar, makrofaktorlar, mezonfaktorlar kiradi.
Bolaning rivojlanishida sotsiumning ahamiyati juda kattadir. Bolaga eng yaqin bo’lgan sotsiymlar bular-oila turli xil guruhlar turli xil to’ garaklardir. Bola bir sotsiumdan ikkinchisiga o’tib yurishi mumkin. U faqatgina bu sotsiumdan o’ziga mos keladigan qulay sharoitni qidiradi va shu qidirish natijasida o’ziga ijtimoiy malaka yetishtirib boradi, bu orttirgan malaka salbiy yoki ijobiy bo’lishi mumkin.Bolaning sotsiumda rivojlanishiga ijtimoiy maqom shaxsining ta’siri juda katta bo’ladi.Ijtimoiy maqom tug’ma, orttirilgan bo’ladi.Tarbiya tarixiy vujudga kelgan ijtimoiy hodisa bo’lib, keyin xulqni boshqarish va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy qismlar - axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab yig’indisidir.Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchilarning shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi.
Tarbiya kishilik jamiyatning paydo bo’lishi bilan vujudga keldi, taraqqiy etdi, jamiyatning o’zgarishi bilan tarbiya xam o’zgarib bordi. A. Avloniy tarbiya xaqida gapirar ekan shunday degan edi: tarbiya bizlar uchun, yo hayot, yo momot, yo najot, yo halokat, yo sadoq at, yo falokat masalasidir. Rasuli akrom Nabiyi muxtaram salloloxu alayxuvasallam afandimiz: «Insonlarning qarami dinidadir, muruvvati aqlidandir, nasabi ahloqdandir, -demishlar».
Ma’lumki inson butun umri mobaynida o’zgarib, rivojlanib boradi. Lekin bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davridagi o’sish nihoyatda kuchli kechadi. Bola mana shu yillar mobaynida ham jismoniy ham ruhiy jihatdan o’sishi va o’zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga etadi, bunda ular harakteriga singdirilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib murakkab ijtimoiy munosabatlar jarayonida jamiyatda o’ziga munosib o’rin egallaydi. Shuning uchun ham L. I. Bojovich odam shaxs bo’lishi uchun u psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini bir butun inson deb his qilmog’i o’z xususiyat va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak degan edi.
Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi. Bir odam boshqasidan o’zini mijozi fe’l-atvori , qobiliyati, aqliy rivojlanishga darajasi, ehtiyoj va ko’rsatishlari bilan farq qiladi. Bular odamning shaxsiy, ruhiy xususiyatlari bo’lib, ana shu xususiyatlarining rivojlanishi ta’lim-tarbiya cho’qqisiga erishgandan so’ng, inson shaxs sifatida o’zini namoyon qila olishi mumkin. Ayni vaqtda odam atrof muhitda ro’y berayotgan voqea va hodisalarga nisbatan o’z nuqtai nazarga ham ega bo’lmog’i kerak. Bu ham shaxsni birini ikkinchisidan farqlantiradigan belgilardir.Shaxs ijtimoiy munosabatlarda ham namoyon bo’ladi. Aniqrog’i har bir odamning mehnatga,kishilarga, jamiyatga nisbatan munosabati ham turlicha ifodalanadi. Shaxsning axloqiy va faollik darajasiga xos sifatlari ham uni boshqalardan ajratib turadi.Shaxs xaqida gapirilganda, tabiiy holatda shunday savol tug’iladi. Har qanday odam shaxs bo’la oladimi ? Shaxs bo’lishi uchun nimalar qilish kerak? Bu savolga shunday javob berish mumkin. Insonning sotsial mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun eng avvalo, ijtimoiy hayot tartiblari va yaxshi tarbiya kerak bo’ladi. Ana shunday omillar ta’siri ostida inson rivojlanadi va shaxsga aylanadi.



Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling