Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
Download 1.94 Mb.
|
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
Maxalla – (arabcha «maxalla» - joy, oʻrin, makon) – Oʻzbekistonning muayyan tarixiy sharoitlarida, asrlar davomida shakllanib, faoliyat koʻrsatayotgan, axoli yashaydigan ma’muriy-hududiy birlik, uyushma. Maxalla oʻzini-oʻzi boshqaruv tizimining muxim milliy ijtimoiy organi boʻlib, u Oʻzbekistondagi ijtimoiy xayot tarzining maxalliy koʻrinishdagi shakli xamdir. 9
Maxallalar 1917-yilgacha boʻlgan davrda juda keng ish olib borib, maxalliy axolini birlashtiruvchi, uyushtiruvchi tashkiliy tuzilma bulib kelgan. Maxalla oʻzbek xalqining kundalik ijtimoiy xayotini va turmushini tashkil qilishda izlab topgan va asrlar davomida takomillashtirib kelgan xayotiy amalidir. Ammo shunga qaramasdan, shurolar davrida xukmron tuzum va mafkura maxallalarni rasman tan olmadi. Biroq axolining chukur noroziligiga sabab boʻlmaslik uchun maxallalarni taqiqlab xam qoʻya olmadi, uni jamiyatni boshqarish tizimiga kiritmadi. Maxalla oʻz moxiyati, faoliyati mazmuni va shakllari bilan sharkona fikrlash, ish kurish tarzi kabi xalkimizning uziga xos fazialatlarini aks ettiradi. Maxallalar axolini axil-totuv yashashga, sidqi dildan mexnat qilishga, kasb oʻrganishga, shular orqali xayot kechirishni yengillashtirishga chaqiradi. Maxalla va maxalliy boshqaruv sosiologiyasida 2 ta muxim masalaga e’tibor bermoq lozim. Bular: 1. xokimiyat Maxalliy organlari. 2. Fuqarolarning uzini-uzi boshkarish organlari. 1. M
1) qonunchilikni, huquq-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash. 2) Xududlarni iqqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish1. 3) Maxalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, maxalliy soliqlar, yigimlarni belgilash, byudjetdan tashkari jamgarmalarni xosil qilish. Maxalliy xokimiyat organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 9- 104-moddalariga muvofik viloyatlar, tumanlar va shaxarlarda xamkorlik boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari xokimiyatning vakillik organlaridir. Ular davlat va fukarolarning manfaatlarini koʻzlab va vakolatlariga taalluqli masalalarni xal etadilar. 1993 yil 2 sentyabrda «Maxalliy davlat xokimiyati toʻgʻrisida» qonun qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasining 100-moddasiga binoan maxalliy xokmiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi: Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling