Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Download 1.94 Mb.
bet84/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

Bolalar ijodini o’rganishda 1) fan olimpiadalari; 2) tanlovlar; 3) maktab ko’rgazmalari; 4) festivallar; 5) musobaqalar va h.z.larning natijalarini tahlil qilish, samaradorligini baholash orqali shaxsning muayyan ma’naviy-axloqiy sifatlar va amaliy faoliyat ko’nikmalariga egaliklari baholanadi


Test metodi respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo’yicha o’zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko’nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o’z mohiyatiga ko’ra quyidagi savollardan iborat bo’ladi: 1) ochiq turdagi savollar (batafsil javob berish imkonini beradigan savollar); 2) yopiq turdagi savollar (“ha” yoki “yo’q”, “ijobiy” yoki “salbiy” tarzdagi javoblarga asoslanadigan savollar); 3) to’g’ri javob variantlari qayd etilgan savollar (to’g’ri deb topilgan javob varianti belgilanadi).
Bolalar ijodini o’rganish metodi o’quvchilarning muayyan yo’nalishlardagi layoqati, qobiliyati, ma’lum fan sohalari bo’yichaBKM darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Uni qo’llashda o’quvchilarning ijodiy ishlari – kundalik, insho, yozma ish, referat va hisobotlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Metod ma’lum o’quvchiga xos bo’lgan individual imkoniyatni ko’ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Pedagogik kuzatish. Uni qo’llash jarayonida ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiya ishlari jarayonini o’rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba- avvali va yakunida qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, o’quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.




Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling