Pedagogik kuzatuvni tashkil etishga qo’yiladigan shartlar: kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo’yish; kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; har bir holatning mohiyatini sinchiklab o’rganish; xulosa chiqarishga shoshilmaslik
Pedagogik tajriba (“eksperiment” lotincha – “tajriba qilib ko’rish”) metodidan muammo echimini topish imkoniyatlarini o’rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o’z in’ikosiga ega bo’la olishi va ularning samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Pedagogik tajribaning quyidagi turlari mavjud:
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Matematik statistika tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Muammo holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlar olib borishda Styudent, Ko’virlyag, Rokich, V.Bespalko va V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Karimov I.A. O’zbekistonninng o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. – Toshkent: O’zbekiston, 1992.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1997.
3. O’zRning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni G’G’ Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 2020.
4. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi nashriyoti, 1993.
5. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi G’ M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.
Do'stlaringiz bilan baham: |