Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Suhbatning samarali kechishini ta’minlovchi shartlar


Download 1.94 Mb.
bet82/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

Suhbatning samarali kechishini ta’minlovchi shartlar:
1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash, savollar o’rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash; 2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; 3) suhbat ishtirokchilarining sonini aniqlashtirish; 4) suhbatdosh to’g’risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo’lish; 5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo’lish; 6) suhbatdoshning o’z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish; 7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; 8) olingan ma’lumotlarni o’z vaqtida tahlil qilish




Pedagogik tahlil. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo’llashdan ko’zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo’nalishlarda o’rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo’lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g’oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Suhbat metodi pedagogik kuzatish chog’ida ega bo’lingan ma’lumotlarni boyitish, vaziyatga to’g’ri baho berish, muammoning echimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini muammo echimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o’tkaziladi. Suhbat jarayonida o’quvchilarning imkoniyatlari to’la namoyon bilishga erishish muhim.
Anketa (frantsuzcha “tekshirish”) metodi yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to’plangan dalillar boyitiladi. Bu metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Savollarga javoblar, odatda, yozma ravishda olinadi. O’rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo’ladi: 1) ochiq turdagi savollar (erkin, batafsil javob berish uchun imkon yaratadigan savollar); 2) yopiq turdagi savollar (“ha”, “yo’q”, “qisman” yoki “ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar).
Anketa metodini qo’llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur.


Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling