Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
Vositalar — ijtimoiy pedagog tomonidan
Download 1.94 Mb.
|
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
Vositalar — ijtimoiy pedagog tomonidan kutilgan maqsadga erishish uchun
qoʻllanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o’z mohiyatiga ko’ra faoliyat usullari hisoblanmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o’yin, suhbat, disput, konferentsiya, trening va boshqalar)ga etishishi uchun qoʻllanilganida faoliyat usuliga aylanadi. Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib tasniflashadi: —ishontirish; —talab qilish; —hikoya; —suhbat va bahs; —jazolash va maqtash. Biroq, ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini qamrab oluvchi metodalar tasnifi quyidagilardan iborat buladi, deb hisoblaymiz: Shunday kdlib, ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy-pedagogik faoliyatning shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy-pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi. ‘Ijtimoiy pedagogik texnologiya” tushunchasi “ pedagogik texnologiya” va “ ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan. Pedagogik texnologiya ikki sohada o’z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar o’quv jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo’llash va ishlab chiqish, ikkinchisi, ijtimoiy fanlar sohasida. XX asrning 80-yillari o’rtalarida pedagogik amaliyotda Sh. A Amonashvili (ijtimoiy-shaxsiy texnologiya), V. P. Bespalko (dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi), S. N. Lisenkova (istiqbolli ta’lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V. A. Karakovskiy, N. E. Selivanova, N. I. Shurkova va boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlarini ilm aqli tomonidan tan olindi. “ Pedagogik texnologiyalar” o’quv fani kasbiy pedagoglarni tayyorlash dasturiga kiritildi. Hozirgi kunda “ pedagogik texnologiyalar” deganda, insoniyat va texnik zag’iralardan foydalanish orqali o’quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlari tizimini rejalashtirish metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondashuvning maqsadi barcha maqsadlarga erishish va kafolatlangan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishdir. Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko’zda tutadi. “ Ijtimoiy texnologiyalar” tushunchasi sotsiologiyada vujudga kelgan va ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining asosi bulgan natijalarni dasturlash imkoniyati bilan bog’liq. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling