Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Download 1.94 Mb.
bet95/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

Asosiy savollar

  1. Mustaqillik yillarida ijtimoiy-reabilitatsion muasassalarning tubdan yangilanishi.

  2. O’zbekistonda SOS – bolalar mahallasining faoliyati



KALIT SO‘ZLAR: Suhbat, Pedagogik tahlil, Hujjatlarni tahlil qilish, Pedagogik tajriba, Anketa (test), Intervyu, Pedagogik kuzatish, Bolalar ijodinio’rganish, Matematik statistika.


1.Reabilitatsiya ob’ektlari quyidagilar:
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar.
Tavakkal guruhidagi bolalarning eng tarqalgan toifasi bo’lib, ularning qiyin tarbiyalanishi ruhiy pedagogik sabablar bilan izohlanadi. Qarovsizlikning asosiy belgilari deb yetakchilik faoliyatidagi kamchiliklar, xulq-atvorda chetga og’ish, ijtimoiy adaptatsiya qiyinchiliklarini aytsak bo’ladi. Bu bolalar va o’smirlar faoliyatning to’la qonli sub’ekti bo’lmaganliklar uchun ularga asosiy yordamni pedagog, psixolog va ota-onalar ko’rsatishlari mumkin.
2. Voyaga etmagan huquqbuzarlar, yetim bolalar, xulq-atvorida chetga og’ish bo’lgan o’smirlar.
Bu toifaga avvlambor ijtimoiy adaptatsiyada, ijtimoiy rollarni egallashda yordam ko’rsatish lozim.
Reabilitatsiyaning asosiy sub’ekti ijtimoiy pedagog bo’lib, u yuqorida sanab o’tilga funktsiyalarni bajara olishi, o’smirlar va bolalarga psixologik yordam ko’rsata olishi lozim.
3. Psixosomatik va nerv-psixologik sog’ligi buzilgan va funktsional og’ishlarga ega bolalar:
surunkali somatik kasalliklar,
funktsional buzilishlar,
asab-ruhiy hastaliklar,
aqliy qoloqlik,
nogironlik.
Bu toifa bolalar avvalambor tibbiy va ruhiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. Uning sub’ektlari shifokorlar va psixologlar bo’lib, ular shuningdek pedagog va ijtimoiy ishchilar bilan hamkorlikda kompleks reabilitatsiyani ham o’tkazishlari mumkin.
2. Reabilitatsion yordam xarakteri:
kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o’tish,
jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o’tish,
tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o’tish,
anonim yordamdan shaxsiy yordamga o’tish.
Adaptatsiyadan farqli o’laroq reabilitatsiya tiklanish, faollashtirish sifatida tushuniladi. Reabilitatsiya jarayonida o’rnini to’ldiruvchi mexanizm mavjud nuqsonni yengib o’tish uchun qo’llanadi, adaptatsiya jarayonida esa u mavjud nuqsonga ko’nikish maqsadida qo’llanadi.
Demak, reabilitatsiya bu bolani jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy foydali mehnatga qaytarish maqsadidagi chora-tadbirlar tizimidir.
Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy.
Tibbiy reabilitatsiya bola organizmining u yoki bu yo’qotilgan funktsiyasini o’rnini to’ldirish yoki to’liq va qisman tiklashga qaratilgan bo’ladi.
Ruhiy reabilitatsiya o’smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo’lib, uning maqsadi deviant xulq-atvorli bola ongida uning hech kimga kerakmasligi haqidagi tasavvurni engib o’tishdir.
Kasbiy reabilitatsiya o’smirni biror-bir kasbga o’rgatish, u uchun engillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan iborat.
Maishiy reabilitatsiya o’smir uchun normal yashash sharoitlarini yaratishga qaratiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya deganda esa o’smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, unga tegishli bo’lgan moddiy mulklar, to’lovlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya – bola hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega shaxsiy xislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga yordam beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini o’zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy xarakterdagi chora-tadbirlardir.

3.Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya muassasalarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:


- bolalar va o’smirlarni nazoratsizliklarini oldini olish;
- voyaga etmaganlarning ijtimoiy dezadaptatsiyasilarining sabablari va manbalarini aniqlash;
- kasbiy, o’quv, ijtimoiy-madaniy, sog’lomlashtirish va boshqa komponentlardan tashkil topgan bolalar va reabilitatsiyasining individual dasturlarini amalga oshishini ta’minlash;
- uy sharoitlarida reabilitatsion chora-tadbirlarning uzluksizligini ta’minlash uchun dezadaptatsiya bo’lgan bolalar oilalari bilan hamkorlik qilish va tavsiyalar tayyorlash;
- nazoratsiz bolalar va o’smirlarning (18 yoshgacha) normal maishiy sharoitlarda vaqtinchalik yashashini ta’minlash (shu jumladan, ularga bepul ovqat tarqatish, tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko’rsatish va b.);
-oilada inqirozli vaziyatni bartaraf etish va bolaning o’z oilasiga qaytib kelishi uchun ruhiy, psixokorrektsion va boshqa yordam ko’rsatish;
- voyaga etmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish;
- boshqa muassasalar bilan hamkorlikda bolalarning keyingi tarbiyasining yanada optimal shakllarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bu vazifalar ko’lami muassasalar faoliyatini kadrlar bilan ta’minlanishi va muayyan sharoitlarga bog’liq ravishda o’zgarib turishi mumkin.
Muassasalar quyidagi voyaga yetmagan shaxslarga xizmat ko’rsatiladi:

  1. ijtimoiy reabilitatsiya, shoshilinch ijtimoiy psixokorrektsion va tibbiy-psixologik yordamga muhtojlarga;

  2. ota-onalari, tengdoshlari, pedagoglar va boshqalar bilan muloqotda qiyinchiliklarga duchor bo’layotganlarga

  3. turli sabablarga ko’ra deprivatsiyaga mayli borlarga;

  4. noxush oilalarda istiqomat qiluvchilarga;

  5. yetim bolalar va ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalar uchun (muassasada yashashga rozi bo’lmaganlarga).

Deviant xulq-atvorli o’smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi reabilitatsion markaz deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari:
nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi;
ota-onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga tushib qolgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam;
ijobiy ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan muomula qilish ko’nikmalarini shakllantirish;
ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funktsiyalarini bajarish;
shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi ruhiy va pedagogik qo’llab-quvvatlanish;
oilaga qaytib kelishga ruxsat;
normal rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash;
ishga jolashtirilishiga g’amxo’rlik qilishdan iborat.
Bu muassasalarda ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya uch asosiy bosqichdan iborat:

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling