Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Download 1.94 Mb.
bet97/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023


5.Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar. Deviant xulq-atvorga ega o’smirlar bilan ishlashning reabilitatsiya dasturlarini tuzishda quyidagilar inobatga olinadi:


1. Voyaga yetmagan bolaning ijobiy xislatlariga suyanish. Ijtimoiy pedagog deviant xulq-atvorga ega bolani qoralay olmaydi. U uchun muvaffaqiyat vaziyatini yaratish orqali uning xulq-atvorida ijobiy xislatlarni topish kerak va ijtimoiy pedagog faoliyatini shunga muvofiq tashkil qilish lozim.
2. Hayotiy intilishlarni shakllantirish. Odatda maktabdagi surunkali muvaffaqiyatsizliklardan so’ng o’smirlar umidsizlikka tushishadi, o’z kuchlariga ishonch yo’qoladi. Bunday o’smir uchun keyingi kasbiy o’z-o’zini anglab olish muhim bo’lib, bu holatda ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi kasbiy o’z-o’zini anglab olish muhimi bo’lib bu holatda ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi kasbini aniqlashga qaratiladi.
3. Uning keyingi kasbiy taqdiri bilan bog’liq faoliyatdan tashqari deviant xulq-atvorli bolani u uchun ahamiyatli bo’lgan ijtimoiy faoliyatga jalb qilish ham lozimdir. Bu murakkab vazifa hisoblanadi, chunki odatda bu holatda nafaqat u yoki bu faoliyat turiga nisbatan o’zgarishni, balki bolalar jamoasi bilan ham munosabatlarning normallashuvini talab qiladi. Amaliyotning guvohlik berishicha, qiyin tarbiyalanadigan bolalarda boshqa o’quvchilarga qaraganda bo’sh vaqti to’rt marta ziyoddir.
4. O’smir bilan o’zaro munosabatlarga hurmat bilan qarash. Dezadaptatsiya bo’lgan bolalarda yaxshi muomalaning yo’qligi sababli har qanday tarbiyaviy ta’sir voyaga etmagan bola tomonidan qattiq qarshilikka duch keladi. Bunday bolalar bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogdan sabr-matonat talab qilinadi.
Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida mutaxassis quyidagi vazifalarni bajaradi:
dezadaptatsiya boshlangunga qadar o’smirda bo’lgan ijobiy hislatlarni tiklash;
o’smirda u yoki ijtimoiy foydali faoliyatga kirishish orqali salbiy hislatlarini to’g’rilash, intilishni shakllantirish, o’smirning o’z-o’zini belgilab olishdagi ehtiyojini faollashtirish;
o’smir faoliyatining ijobiy motivatsiyasini faollashtirish.



Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling