Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
Download 1.94 Mb.
|
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Эхтиёжларини қоплаш
Болаларни нормал ривожлашини
Болалар соғлиғини сақлаш Болаларни ижтимоий химояси Болалар соғлиғини сақлаш Эхтиёжларини қоплаш Болалар соғлиғини сақлаш 3.Vasiylik va xomiylikning me’yoriy va huquqiy xujatlar. O’z faoliyatida ijtimoiy pedagog bir qator vazifalarni hal qiladi: Bolaning ijtimoiy maqomini aniqlash; Tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanishi dasturini tuzish; Bola adaptatsiyasini, integratsiya, reabilitatsiya. Shu bilan birga , u o’z faoliyatida tashxis qo’yish, natijani oldindan bilish, reabilitatsion vositachilik va patronaj o’tkazish vazifalarini ham bajaradi. Ijtmioiy pedagogik faoliyati bolaning ijtimoiy maqomini aniqlashdan boshlanadi. Xujjatlarnii o’rgaish, suxbat, test o’tkazish yo’li bilan mavjud muommolarni aniqlanadi. Bola kasallanishini tashhisi qanchalik aniq qo’yilsa, unga berish mumkin bo’dgan yordam turini aniqlash shunchalik oson bo’ladi. Bolaning tarbiyasi jamoada kechadi, shuning uchun ijtimoiy pedagog bolalar jamoasini ham to’liq o’rganish lozim. Buning uchun ijtimmoiy pedagog tomonidan “bolani o’rganish varaqasi” hamda “ Bolaning individual xaritasi” to’ldiriladi. Ijtimoiy pedagogning keyingi vazifasi tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanishi dasturini tuzish, ya’ni bolalar uyining bitiruvchisi qanaqa bo’lishi kerakligini tasavvur etishdir. Buning uchun ijtimoiy pedagog tarbiyachi bilan birgalikda bolaning barcha xujjatlarin, uning muammolarini tahlil qiladi, vaziyatdan chiqish yo’llarini qidiradi. Bola dunyoga kelgach, inson tomonidan yaratilgan muhitga tushadi. Kattlarning ta’siri va shaxsiy faoliyat natijasida bolada shu muhitga mos keluvchi yurish turish reaktsiyasi paydo bo’ladi. Turli yosh davrlarida bolalar va o’smirlar mikroijtimoiy muhit o’zgarishlariga duch kelishadi va bu o’zgarishlar ularning yurish turishlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ijtimoiy pedagogning bolalar uyidagi faoliyati bolani ijtimoiy munosabatlariga qo’shish va uning boshqalar muomalasini kengaytirish, insoniy munosbatlarga kirishish qobilyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Ijtimoiy pedagog go’daklar uyi tarbiyachilari va boshqa xodimlar bilan yaqin haikorlik qilib, bolalardagi ijtimoiy bilishi lozim. Go’daklar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar o’z adaptatsion mexanizmlari bilan mashg’ulot o’tkazish uchun kamroq imkoniyatlarga egalar. Bundan tashqari, ularda ijtimoiy ko’nikish darajasi ham ancha past. Shuning uchun, o’zgalar sharoitlariga o’tish bu bolalar uchun qiyin omil hisoblanadi. Ustiga ustak, go’daklar uyi bolalari og’irlashgan biologik va ijtimoiy anamnezga egalar, ularning rivojlanishi va salomatltgi ko’rstakichlar har doim ham optimal darajada emas. Bu jihatlar ham markaziy nerv tizimi faoliyatining samaradorligini kamaytiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga funktsional tizimining ko’pgina tarkibiy qismlarinig sustligi xarakterli bo’lib, bu bolalrnring adaptatsiya mexanizmlari tizimida zo’riqish holatlarinig tez paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Go’daklar uyi bolalari esa ruxiy stress holatiga juda oson va tez tushadilar. Organizmning molashish imkoniyatlarining shakllanish bola ruhiyatining emotsional ijtimoiy va bilish sohasi bilan yaqin bog’liq hisoblanadi. Emotsional muvozanat va shu asosda shakllanadigan , anglash faoliyatining yuqori daarajasi engil va muvaqqali adaptatsiya ta’minlaydi. Bolani ijtimoiy adaptatsiya xalos etish kerak ekan, deb o’ylash noto’g’ri hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning adaptatsion imkoniyatlari maqsadga muvofiq shakllantirish va qildirishdir. Chunki bola o’z adaptatsion imkoniyatlarisiz o’zini turli ijtimoiy hodisalarda to’g’ri tuta olmaydi. Adaptatsion qobiliyatlarini mashq qildirish masalasi go’daklar uyida bolalar xayotini tashkil qilishning eng muhim masalalaridandir. Ijtimoiy pedagog bolaning yangi muhit sharoitlariga engil adaptatsion darajasiga moslashuviga intilishi va adaptatsiyaning og’ir buzilishlariga yo’l qo’ymaslik lozim. Ijtimoiy pedagog go’daklar uyida bolalar xayotini tashkil kilar ekan, unga sog’lomlashtirish ishining usullarini qo’shish harakat qilishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling