Ijtimoiy – madaniy maqom – ta’lim darajasi, yurish –turish madaniyati, an’analarini saqlab qolish va o’tkazish vazifasi, qiziqishlarning keng doirasi, rivojlangan ma’naviy extiyojlar dam olish va maishiy hayotning birgalikdagi shakllari bilan tavsiflanadi.
Oilaning ijtimoiy moslashuvi bo’yicha tadqiqot o’tkazish uchun ijtimoiy pedagogika va uning hususiyatlarini bilish, ularga baho berish lozim. A. Q. Munavaraqorining fikricha oilaning tarbiyaviy funksiyasining darajasi uning uch yo’nalishda bo’luvchi tuzulmasiga bog;liq.
Bu yo’nalishlar demografik: ko’p bolalik, kam bolalik, ikki yoki uch avlodning birgalikda yashashi, ota-onalarning ikkalasining ham bo’lishi, oila a’zolarining ta’lim olganliklari darajasi, bolalarni tarbiyalashda vazifalarni taqsimlash, oila tarbiyasining o’ziga hosligi, shuningdek, oilaning milliy hususiyatlarini o’z ichiga oladi.
3.Ijtimoiy pedagogning oila bilan ish yurutishi. Ijtimoiy pedagog faoliyati oilani o’rganishdan boshlanadi. Oiladagi munosabatlarni o’rganish pedagogga oilada bolaning holatini tasavvur qilishga imkon beradi. Oilani o’rgangandan keyin, ijtimoiy pedagog oilada yangi munosabatlarni o’rnatish vazifasi turadi. Bu muammoni oilani turli klublar, maslahatlar maishiy birlashmalar, bog’, tarmoqdagi ishlarga jalb qilish yo’li bilan hal qilish mumkin.
Bolaning oilada tutgan roli haqida tasavvurga ega bo’lgandan so’ng ijtimoiy pedagog oila bilan birgalikda u uchun reablitatsion dastur variantlarini ishlab chiqadi.
Ijtimoiy pedagog tomonidan “oila xaritasi” ni tuzish ham mumkin. Unda oilaning har bir a’zosining tasnifi, tug’ulgan sanasi beriladi. Shuningdek, oila maqomi yashash sharoitlari, qo’shnichilik oilaning diniy va milliy munosibligi aniqlanadi.
“Xarita” ning ilovasida “oilada bola tarbiyasini o’rganish” deb nomlangan qism ham mavjud bo’lib, unda ota-onalar bola bilan qancha va qanday vaqt o’tkazishadi, ularning umumiy ishlari nimalardan iboratligi, ota-onalar o’z farzandlari haqida nimalar bilishlari haqidagi malumotlar o’z aksini topadi. Masalan, bola nimaga qiziqadi, nimalarni o’qiydi, kimlar bilan do’stlashgan, uning sog’lig’i qanaqa va hakozo. Shuningdek bu jarayonda bolalarning ham ota-onalari haqoda nima bilishlari ham juda muhumdir.
Bundan tashqari ijtimoiy pedagog oiladagi barcha munosabatlar kattalarning o’zaro munosabati, kattalar va bolalar o’rtasidagi munosabatlarni inobatga olishi muhim hisoblanadi. Oilada hamkorlik mavjud yoki barcha munosabatlar kattalarning buyrug’i asosida quriladimi? Agar bola birinchi sinfga qatnay boshlasa, ijtimoiy pedagog bolaning holatini kimga qanday murojat qilishi, unga nima yoqish-yoqmasligini aniqlashi lozim. Ijtimoiy pedagog birinchi navbatda muvofaqiyatsiz oilalar bilan to’qnash keladi. Bularga bola doimiy ota-onalar janjalida yashaydigan, ota-onasi giyohvand oilalar kiradi. Zamonaviy sharoitlar muvofaqiyatsiz oilalar qatoriga ishsiz oilalarni ham kiritib qo’ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |